• I. “A” guruhi – ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarishga ixtisoslashuvi.
  • II. «B» guru h i – iste’mol buyumlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
  • 1.2. Sanoat tarmoqlarining joylashuviga ta’sir etuvchi omillar. S
  • II. BOB. SURXONDARYO SANOAT TARMOQLARINING RIVOJLANISH HOLATI. 2.1. Surxondaryo viloyati sanoat tarmoqlari rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar.
  • Iste’molchi ( ishchi k uchi b ilan birgali k da ) omili.
  • Surxondaryo viloyati aholisining tabiiy va migratsion harakati
  • Viloyat bo’yicha
  • Tojikiston Respublikasi
  • «tabiyot fanlari» fakultеti «gеografiya va uni o’qitish mеtodikasi» kafеdrasi




    Download 416 Kb.
    bet2/22
    Sana10.04.2017
    Hajmi416 Kb.
    #3759
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22

    Sanoat – moddiy ishlab chiqarishning eng yirik va texnik tomondan eng takomillashgan tarmog’i. Bu o’zi uchun va mamlakat iqtisodiyotining boshqa sohalari uchun mehnat qurollari tayyorlaydigan, shuningdek, xom ashyo, yoqilg’i, energiya olish, yog’och tayyorlash mavjud sanoat va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bilan shug’ullanuvchi korxonalar (zavod, fabrika, kon, elektr stantsiyalari) majmuidir.


    Sanoat geografisi asoschilaridan biri hisoblangan A.T.Xrushchyov ta’biri bilan aytganda: «Sanoat – moddiy ishlab chiqarishning asosiy va yetakchi tarmog’i bo’lib, o’z ichiga tabiiy resurslarni qazib olish va xom ashyolarni qayta ishlash jarayonlarini qamrab oladi. Sanoat moddiy ishlab chiqarishning boshqa tarmoqlari qayta ishlash jarayonida yetakchi o’rin tutishi, mashinalar majmuiga egaligi, uzluksiz ishlab chiqarish jarayoni mavjudligi, ishlab chiqarishning mujassamlashuvi, ixtisoslashuv, kooperatsiya va kombinattsiyalashuv kabi ko’rinishlarining mavjudligi va joylashuviga ko’ra farq qiladi».

    Shuningdek, sanoatning muhim xususiyatlaridan biri, qishloq xo’jaligi darajasida tabiiy omillarga bog’liq emasligidadir. Sanoat tarmoqlarida asosan qishloq xo’jaligida mavjud bo’lgan davriylik bilan bog’liqligi ham sezilarli emas. Faqat sanoatning qishloq xo’jalik mahsulotlarini birlamchi qayta ishlovchi tarmoqlarda baliq ovlash, yog’och kesish kabi sohalarida oz ko’rinishda bog’liqlik bor. Sanoatda inson texnologik jarayonlarga ta’sir ko’rsata olsa, bu holat qishloq xo’jaligida sanoatdagi kabi darajaga ko’zga tashlanmaydi. Bunday farqlarni moddiy ishlab chiqarishning boshqa tarmoqlariga nisbatan ham ko’rish mumkin. Albatta, bu tabiiy xol. Yaratilgan mahsulot muomilada bo’lsa, qurilish sohasida yaratilgan mahsulot esa o’zining qo’zg’almasligi bilan farqlanadi. Bunday holatlarni transport, aloqa, savdo kabi moddiy ishlab chiqarishning boshqa sohalarida xam ko’rish mumkin.

    Sanoatning vujudga kelishi va rivojlanishi mehnat taqsimotining o’sishi, ishlab chiqarishni differentsiyallash va ixtisoslashtirish bilan bog’liq.

    XVIII asr oxirlarida qishloq xo’jaligi va unga yondosh tarmoqlarning rivojlanishi asta sekin sanoatning paydo bulishiga olib qeldi. Yevropaning rivojlangan davlatlarida, ayniqsa, Angliyada shakllana boshlagan bu jarayon sanoat inqilobi nomini oldi va butun dunyoda yangi texnik davrni boshlab berdi.

    Yevropa (yun. Yeigore, osuriy tilida „ereb“ - gʻarb) - qitʼa, Yevrosiyo materigining gʻarbiy qismi. Maydoni 10507 ming km2; 730 ming km2 ni orollar tashkil etadi. Qitʼa Shimoliy yarim sharda joylashgan, Osiyo bilan chegarasi shartli ravishda Ural togʻlarining sharqiy etagi, Emba daryosi, Kaspiy dengizi, Kumamanich botigʻi orqali va Don daryosining quyilish joyidan oʻtkazilgan.
    Sanoat rivojlanishida aholining qishloq xo’jaligida band bo’lgan qismlari asta –sekin sanoat tarmoqlarida faoliyat ko’rsatadi.
    Aholi - Yer yuzida yoki uning muayyan hududi, qitʼa, mamlakat, tuman, shaharida istiqomat qiluvchi odam (inson) lar majmui. Aholini tadqiq etish bilan maxsus fan - Demografiya shugʻullanadi.aholi oʻrtasida sodir boʻlayotgan jarayonlar biologik, geografik, ijtimoiy-iqtisodiy omillar taʼsirining natijasidir.
    Sanoat korxonalari joylashgan xududlar asta-sekin korxonalar yiriklashuvi natijasida shaharlarga, vaqt o’tishi bilan sanoat rayonlariga aylana berdi.

    Foydalanish, o’simlik va hayvonot resurslarini ishlatish, sanoat va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bilan bog’liq ishlab chiqarish vazifalarini bajaradi. Ishlab chiqariladigan maxsuloti ishlatadigan xom ashyosi, ishlab chiqarish texnologiyasi kabi belgilariga ko’ra sanoat tarmoqlari bir necha guruxlarga ajratiladi. Bu birinchi o’rinda undiruvchi sanoat tarmoqlari va qayta ishlovchi sanoat tarmoqlari. Undiruvchi sanoatga tog’-kon sanoatining barcha yunalishlari, GESlar, o’rmon, baliq va boshqa dengiz mahsulotlari ovlash kabilar kiradi. Qayta ishlovchi sanoat tarmoqlariga tog’ –kon va o’rmon, yogochsozlik tarmoqlaridan boshqa barchasini o’z ichiga oladi. SHuningdek, ishlab chiqariladigan mahsulotlarning iqtisodiy ahamiyati va takror ishlab chiqarish jarayonidagi roli jihatidan ham sanoat tarmoqlari guruhlashtiriladi.

    I. “A” guruhi – ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarishga ixtisoslashuvi.

    Bu guruhga mashinasozlik, metallurgiya majmualari va ximiya sanoatining ba’zi tarmoqlari kiradi.

    Metallurgiya (yun. metallurgeo -yerdan qazib chiqaraman) - rudalardan yoki tarkibida metall boʻlgan moddalardan metallar ajratib olish va metall qotishmalarga tegishli xossalar "berish" haqidagi fan; sanoat tarmogʻi.
    O’z navbatida “A” guruhi ikki guruhchaga ajraladi:



    1. Mehnat vositalari ishlab chiqarish.

    2. Mehnat buyumlari ishlab chiqarish.

    II. «B» guruhi – iste’mol buyumlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

    Engil va oziq-ovqat sanoati tarmoqlari ushbu guruhda asos bulib xizmat qiladi. Bu ham ikki guruhchaga bo’linadi:



    1. SHaxsiy iste’mol buyumlari ishlab chiqarish.

    2. Jamoa iste’mol buyumlari ishlab chiqarish.

    Sanoatda bu ikki guruh orasida o’ziga xos ichki mutanosiblik

    mavjud. Yuqorida ko’rib o’tilganidek «A» guruhining asosini og’ir, «B» guruhini esa yengil va oziq –ovqat sanoati tashkil qiladi. Sanoat tarixiga nazar tashlasak, biz avvalo industrial davr darakchisi sifatida qishloq xo’jaligi mahsulotlariga ishlov berish maqsadida vujudga kelgan tarmoq bo’lib yengil sanoat ko’zga tashlanadi. Hozirda dunyoda ilg’or mamlakatlar sifatida tanilgan davlatlar xam industriallashtirish yengil sanoat rivojlanishi orqali erishilgan. Faqatgina sobiq SSSR, Osiyo va Afrika qit’asining ba’zi davlatlarida bu jarayon og’ir sanoat rivojlanishi bilan erishishga harakat qilindi.

    Afrika - kattaligi va aholi soni boʻyicha dunyoning ikkinchi qitʼasi.
    Asosan iqtisodiyot yuksalishi uchun «A» guruh o’rni beqiyos. Og’ir sanoat rivojlanishi bilan o’ziga xos tarzda yengil sanoat rivojlanishiga turtki bo’lib xizmat qiladi. «A» guruxining yetakchi o’rinda borishi «B» guruhining rivojlanishi uchun ham manfaatli imkoniyatlar yaratadi, chunki yengil va oziq–ovqat sanoatiga tobora ko’proq mablag’ ajratila boshlandi. Yana shunisi xarakterliki, og’ir sanoat iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarishni ko’paytirmoqda. Dunyo mamlakatlari sanoatida bu ikki guruh nisbatini ko’rib chiqar ekanmiz, quyidagi xolatni kuzatamiz. Rivojlangan davlatlarga «A» va «B» guruhlarining biron bir ko’rinishi mavjud resurslarga qarab rivojlanayotgan davlatlarda ustun nisbatda mavjud.



    1.2. Sanoat tarmoqlarining joylashuviga ta’sir etuvchi omillar.

    Sanoat tarmoqlari rivojlanishi asosan tarmoqning taraqqiyoti uchun omillar mavjud bo’lgan hududlarda joylashtirilishi bilan bog’liqdir.

    Joylashtirish sanoat ob’ektlarining aniq xom ashyo, yoqilg’i, energiya, mehnat resurslari va tayyor mahsulot iste’molchilar to’plangan hududlarga bog’liqligi tushuniladi. Bundan ko’rinib turibdiki, joylashtirish tushunchasi ishlab chiqarishni xududiy tashkil etish jarayonining bir qismi sifatida namoyon bo’ladi.

    Sanoat hududiy tashkil etishning samaradorligini aniqlashda ikki xil qonuniyatlar xisobga olinadi:


    1. Tarmoqlarning hududiy ajralishiga ta’sir ko’rsatadigan qonunlar.

    2. O’zaro aloqador tarmoqlarning muayyan hududda uyg’unlashuviga sabab bo’luvchi qonuniyatlar.

    Agarda biror bir hududda transport tarmoqlaridan xom ashyo, yoqilg’i energetika kabi omillardan unumli foydalanadigan korxonalar mavjud bo’lsa va bu korxonalar bir-biri bilan ishlab chiqaradigan mahsuloti asosida birlashsa, katta samaraga erishish mumkin. Bu asosda o’sha hudud o’ziga xos mahsulot turi ishlab chiqaradi va hududiy geografik mehnat taqsimotida ishtirok etadi. SHu asosda ushbu hudud uchun ma’lum tarmoqqa ixtisoslashuvi yuz beradi.

    Yuqorida ko’rsatilgan qonuniyatlar sanoatni hududiy tashkil etishda har bir davrda o’ziga xos namoyon bo’lgan geografik mehnat taqsimoti, yoki turli tarmoqlardagi o’zaro aloqadorlik natijasi bo’lgan ishlab chiqarishni hududiy integratsiyasi kabi jarayonlar hozirgi bozor iqtisodiyoti davrida yangi ko’rinishga ega bo’lmoqda. Mavjud cheklangan resurslardan iloji boricha samarali foydalnish zarur bo’lgan yangi iqtisodiy munosabatlar sharoitida tobora takomillashgan ishlab chiqarish manbalarini tashkil etish shu kunning dolzarb talabi bo’lib bormoqda. Sanoatni hududiy tashkil etish, o’sha hududda mavjud bo’lgan tabiiy, moddiy va mehnat resurslar bilan qay darajada ta’minlanganligiga, ishlab chiqarishni ijtimoiy tashkil etish shakllarining rivojlanish darajasiga sanoat, shaxarlar va aloqa yullarining tarixan tarkib topgan joylashuviga hududning iqtisodiy jihatdan o’zlashtirilganlik darajasi kabi omillarga bog’liq. SHunday omillar borki, ular sanoat korxonalarining joylashishiga tug’ridan –tug’ri ta’sir ko’rsatadi. Bular xom ashyo, yoqilg’i- energetika, suv, ishchi kuchi, transport va iste’mol omillaridir. Bu iqtisodiy georafiq moxiyatiga ko’ra, bir-biridan farq qilishiga qaramay, bular bir-biri bilan chambarchas bogliq. Agar xom ashyo, yoqilgi-energetika, suv omillarini ko’rib chiqsak, uning ko’lami hudduda mavjud omillarning zaxiralariga qarab fikr yuritilsa, ishchi kuchi va iste’molchi omillari aholining ushbu qismi egallagan hududning katta-kichikligiga qarab aniqlanadi. Transport omili esa yuqorida qursatilgan omillar orasida o’zaro aloqalar uchun xizmat qiladi. Bundan qelib chiqib, shartli ravishda xom ashyo, yoqilgi-energetika, suv, ishchi kuchi va iste’molchi omillarini joylashtirish, transport omilini esa masofa omili deb atash mumkin. Sanoat tarmoqlarini joylashtirishda ishtirok etadigan omillarni tasniflashda olimlar o’ziga xos turli variantlarni taqlif etishgan. A.T.Xrushchev tasniflashning uch xil ko’rinishini taklif etadi. Bular:



    1. Iqtisodiy texnik kursatkichlarga ko’ra;

    2. Xom ashyo, yoqilg’i-energetika, mehnat iste’molchi omillarining sanoatni joylashishiga ta’siriga ko’ra;

    3. Joylashtirish va masofa omillarining tarmoqlariga ta’siri:

    1. Materialni (xom ashyoni) ko’p talab qiladigan tarmoqlar.

    2. Energiyani ko’p talab qiladigan tarmoqlar.

    1. Mexnat resurslarini ko’p talab qiladigan tarmoqlar.

    Materialni (xom ashyoni) ko’p talab qiladigan tarmoqlar xom ashyo va maxsulot ishlab chiqarish uchun ketadigan asosiy materiallarni ko’p sarflashi bilan ajralib turadi. Ko’pgina tarmoqlarda xom ashyo salmog’i tayyor maxsulotga qaraganda ortiqroq bo’ladi. Bularga metallurgiya majmui, mashinasozlik, o’rmon va yog’ochsozlik sanoati kabilar kiradi.

    Energiyani ko’p talab qiladigan tarmoqlar mahsulot ishlab chiqarishda elektr, yoqilg’i, issiqlik ko’p iste’mol qilishi bilan ajralib turadi. Bularga rangli metallurgiyaning alyuminiy va titan ishlab chiqarish sanoatlari, ximiya sanoatining kimyoviy tolalar, sintetik kauchuk ishlab chiqarish kabi tarmoqlar kiradi.

    Kimyo, ximiya - moddalarning tuzilishi va oʻzgarishini oʻrganadigan fan. Kimyo boshqa fanlar qatori inson faoliyatining mahsuli sifatida vujudga kelib, tabiiy ehtiyojlarni qondirish, zaruriy mahsulotlar ishlab chiqarish, biridan ikkinchisini xrsil qilish va, nihoyat, turli hodisalar sirlarini bilish maqsadida roʻyobga chiqdi.
    Alyuminiy (Aluminium), A1 -Mendeleyev davriy sistemasining III guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 13, atom massasi 26,9815; Aluminiy lot. alumen (achchiqgosh) so‘zidan kelib chiqqan. Tabi-atda bitta barqaror izotop holida (AG‘ 100%) uchraydi, bir necha sun’iy radio-aktiv izotoplari bor, ular orasida eng ahamiyatlisi A12’ (yarim yemirilish dav-ri 7,4-105 y.).

    Mexnat resurslariga ishlab chiqarish mahsulot birligiga to’g’ri keladigan ishchi kuchi sarfiga ko’ra aniqlanadi. Ishchi kuchi to’plangan hududlarda joylashtirish zarur bo’lgan tarmoqlarga mashinasozlik, yengil sanoat, kimyo sanoatiinng ba’zi tarmoqlari bu guruhga misol bo’la oladi.

    Hozirgi davrda O’zbekistonda, shu jumladan, o’rganayotgan ob’ektimiz bo’lgan Surxondaryo viloyatida prezidentimiz I.A.Karimov «Qulay iqlim sharoiti, ulkan mineral xom ashyo zaxiralari, strategik materiallar va qishloq xo’jaligi xom ashyosining qatta zaxiralari xaqli su’ratda O’zbekiston mintaqa va dunyoning eng boy mamlakatlari qatoriga olib chiqadi…» deb ta’kidlashlariga qaramay, mavjud omillardan samarali foydalanish darajasi unchalik yuqori emas.

    Iqlim tushunchasi oʻz ichiga muayyan hududda uzoq vaqt davomida yigʻilgan harorat, namlik, atmosfera bosimi, shamol, yogʻin va boshqa meteorologik parametrlar statistikalarini oladi. Ushbu parametrlarning uzoq vaqt emas, balki muayyan vaqtdagi holatlariga ob-havo deyiladi.
    Iqlim, xom ashyo, yoqilg’i-energetika, mehnat resurslari, iste’molchi omillariga ega bo’lgan Surxondaryo viloyatida asosan yengil sanoat ba’zi tarmoqlari rivojlanganligi bunga yaqqol misol bo’ladi. Yuqorida sanab o’tilgan omillar yordamida viloyatda rangli metallurgiya, kimyo vaneft kimyosi, yokilgi- energetika sanoatalrini barpo etish, mashinasozlik, yengil va ozik-ovkat sanoatlarini yanada rivojlantirish uchun viloyat imkoniyatlariga mos tushadigan regional sanoatsiyosatini utkazish maksadga muvofik buladi.



    II. BOB. SURXONDARYO SANOAT TARMOQLARINING RIVOJLANISH HOLATI.

    2.1. Surxondaryo viloyati sanoat tarmoqlari rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar.

    Surxondaryo viloyati sanoati past darajada rivojlanganligiga qaramay, uning taraqqiy etishi uchun katta imkoniyatlar (omillar) mavjud. Bular quyidagilar:

    1. Xom ashyo omili.

    Surxondaryo viloyati sanoati mahsulotlarining 78?n ortig’i yengil va oziq-ovqat tarmoqlarida yaratiladi. Bunga asosan mazkur mintaqaning qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirishga ixtisoslashganligi sabab bo’lgan. 2012 yil ma’lumotlariga ko’ra viloyat YaHMning 40,4 foizi qishloq xo’jaligi xissasiga to’g’ri keladi. Viloyat qishloq xo’jaligi ko’rsatkichlari bo’yicha respublikada 7 o’rinni egallaydi va u bu turdagi mahsulotlarning 8,1 foizini beradi.

    So’nggi yillarda qishloq xo’jaligida zamonaviy ilmiy-texnika yutuqlaridan foydalangan holda yangi serhosil navlar yaratish, mintaqa tabiiy sharoitiga to’g’ri keluvchi intensiv usullardan foydalanish asosida ushbu sohani rivojlantirishga harakat qilinmoqda.

    Nav - seleksiya natijasida yaratilgan, muayyan morfologik, fiziologik va xoʻjalik belgi hamda xususiyatlari turgʻun va nasldan oʻtib boradigan, bir turga mansub oʻsimliklar majmui; madaniy oʻsimliklar uchun eng kichik tasnif birligi.
    Viloyat tumanlari orasida Denov, Jarqo’rg’on, Qumqo’rg’on, Oltinsoy, SHerobod tumanlari qishloq xo’jalik rayonlari hisoblanib, ushbu hududlarda qishloq xo’jalik yalpi mahsulotining yarmiga yaqini yaratiladi

    (45,7 %).

    Mintaqa qishloq xo’jaligi tarmoqlarining tahlili shuni ko’rsatdiki, bu yerda qishloq xo’jalik mahsulotlarining taxminan 70 foizi tekislik, 18 foizi adir va 12 foizi tog’li zonada yaratilmoqda. Xususiy mulkchilikning rivojlanishi qishloq xo’jaligida fermer xo’jaliklari salmog’i oshib borishiga sabab bo’lmoqda. Qishloq xo’jaligi tarmoqlarida yaratilgan mahsulotlarning katta qismi Surxondaryo yengil va oziq-ovqat sanoat tarmoqlari uchun xom-ashyo bo’lib xizmat qiladi. Bu yerda og’ir sanoat tarmoqlarini rivojlantirish uchun asos bo’lib xizmat qila oladigan turli resurslar ham mavjud. Bular orasida mineral resurs xom-ashyosi katta ahamiyatga ega.

    Surxondaryo viloyatida yoqilg’i-energetika resurslari, polimetallar, tabiiy tuzlar va qurilish materiallari xom ashyolari mavjud. Viloyat neft va gaz konlari 1950 yillardan boshlab ishga tushirilgan. Amudaryo, Xotinrabot, Xaudag, Kakaydi va Tolli konlaridan neft , Lalmikordan esa neft va gaz qazib olinadi.

    Neft (turkcha neft, fors, neft), qoramoy - suyuq yonuvchi qazilma boylik, organik birikmalarning , asosan, uglevodorodlarning murakkab aralashmasidan iborat modda. Yer yuzasidan, asosan, 1,2-2,0 km chukurlikdagi yer osti gumbazlarining gʻovak yoki seryoriq togʻ jinslari (qum, qumtosh, ohaktoshlar)da joylashgan.
    Amudaryo - Oʻrta Osiyo hududidagi eng uzun daryo. Yunonlar Oks deb ataganlar. Mahalliy xalq orasida daryo Jayhun nomi bilan mashhur. Daryo uzunligi 2400 km, daryo deltasi 534 739 km². Amudaryo hozirgi Tojikistonning Pomir togʻi etaklaridagi Panj va Vaxsh daryolarining birlashuvidan boshlanib Oʻzbekiston, Afgʻoniston va Turkmaniston hududlaridan oʻtadi va tobora qurib borayotgan Orol dengiziga quyiladi.
    Bundan tashqari, hozirgi kunda Qorsaqli, Oqtov, Qo’shtor, Jayraxona kabi neft konlarini ishga tushirilish mo’ljallanmoqda. «O’zbekneft va gaz» milliy xolding kompaniyasining geologik tekshiruvlari natijasiga ko’ra bu mintaqada 774 mln.
    Geologiya (geo... va ...logiya) - Yer poʻsti va Yerning tuzilishi, tarkibi, harakatlari va rivojlanish tarixi haqidagi fanlar majmui. G.ning dastlabki davri uzoq oʻtmishdan boshlanib togʻ jinslari, minerallar, rudalar haqidagi maʼlumotlar bilan bogʻliq. G.
    shartli yoqilg’i borligi aniqlangan. 2006 yil neft va gaz sohasidagi hamkorlik bo’yicha «O’zbekneftь va gaz» MXK va «Petronas CHarigali Oversiz» (Malayziya) kompaniyalari orasida imzolangan memorandumga ko’ra Boysun gaz sarmoya blokida tekshirish va baholash ishlari yakunlanish bosqichida turibdi.
    Boysun - Surxondaryo viloyatidagi shahar (1975-yildan), Boysun tumani markazi. Boysundan Termizgacha boʻlgan masofa 145 kilometr, eng yaqin temiryoʻl stansiyasi Elbayongacha - 72 kilometr. Ketmonchopti togʻining janubiy yon bagʻrida, Hangaronsoy boʻyida, dengiz sathidan qariyb 1240 metr balandlikda.

    Respublikamizdagi asosiy toshko’mir konlari hisoblangan SHarg’un (Sariosiyo tumanida) va To’da (Boysun tumanida) ko’mir konlarida mustaqilligimizning ilk yillarida 200 ming tonnagacha toshko’mir qazib chiqarilgan edi. Keyingi yillarga kelib bu ko’rsatkich keskin pasayib ketdi. 2002 yilda hukumatimiz tomonidan 2010 yilgacha ko’mir sanoatini rivojlantirish dasturi qabul qilingan va unga binoan respublikamizda toshko’mir qazib chiqarishni 110 ming tonnaga yetkazish rejalashtirilgan.

    Dastur - 1) biron-bir faoliyat, ishning mazmuni va rejasi; 2) siyosiy partiyalar, tashkilotlar, alohida arboblar faoliyatining asosiy qoidalari va maqsadlari bayoni; 3) oʻquv fani mazmunining qisqacha izohi; 4) teatr, konsertlar va b.
    Bunda ish jarayonini intensivlashtirish natijasida ko’mir tannarxini 25 %ga arzonlashtirish alohida ta’kidlangan.

    Hisor tog’ etaklarida kembriygacha bo’lgan geologik davrning gneys va slanets yotqiziqlari ustida joylashgan SHarg’un ko’miri yuqori kalloriyali, ammo qatlamlari yupqa bo’lib, o’rtacha qalinligi 2,5 m, ayrim joylarda 12 m.gacha yetadi. Ko’mir qatlamlari baland va qiya yonbag’irlarda joylashganligi sababli ularni o’zlashtirish ancha murakkab. Boysun koni ko’miri yuqori sifatli bo’lib, yura davri yotqiziqlari ustida joylashgan. Ishlab chiqarish sharoitlari SHarg’un koniga nisbatan birmuncha qulay. SHarg’un ko’mir koni asosida 1963 yil Markaziy Osiyoda birinchi marta ko’mir-briket fabrikasi barpo etilgan.

    Markaziy Osiyo Markaziy Osiyo - Osiyo materigining ichki qismidagi tabiiy oblast. Maydoni 6 mln. km². Shim. va gʻarbiy chekkasi Mongoliya, XXR bilan RF oʻrtasidagi davlat chegarasigacha boʻlib, sharqi Katta Xingan, jan.
    So’nggi yillarda bu korxonada turli iqtisodiy sabablarga ko’ra mahsulot ishlab chiqarish to’xtatilgan. 2008-2012 yillarda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi bo’yicha 2009 yil 4- kvartalidan boshlab Boysun ko’mir konidan 25 ming t., SHarg’un ko’mir konidan esa 400 ming t. ko’mir qazib olish uchun harakat qilinmoqda.

    Hisor tog’larining janubi-sharqiy yonbag’irlarida (Uzun tumani) 1990 yillarning oxirlarida tarkibida qo’rg’oshin, ruh va boshqa qimmatbaho elementlarga boy bo’lgan Xonjiza polimetall koni topilgan. Bu polimetall koni o’z zahirasiga ko’ra dunyodagi eng yirik konlardan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Bu yerda geologik tekshiruvlar natijasida 1,5 mln. tonna ruh, 700 ming tonna qalay, 180 ming tonna mis va 2,3 ming tonna kumush borligi aniqlangan. Hozirda, jahon bozoridagi ushbu metallar bahosidan kelib chiqqan holda mazkur kon zahiralari 4 mlrd. AQSH dollari miqdorida baholanmoqda.

    Metallar (yun. metalleuo - qaziyman, yerdan qazib olaman) - oddiy sharoitda yuqori elektr oʻtkazuvchanligi, issiq oʻtkazuvchanligi, elektr oʻtkazuvchanligi, elektr magnit toʻlqinlarini yaxshi qaytarishi, plastikligi kabi oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan oddiy moddalar. M.
    Kumush (lot. Argentum - oq kukun), Ag - Mendeleyev davriy sistemasining I guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 47, atom massasi 107,87. Kumush 2 tabiiy barqaror izotop - IO7Ag (51,35%) va IO9Ag (48,65%) dan iborat.
    Dollar (ing . dollar, nem. "Taler" soʻzidan) - 1) Amerika Qoʻshma Shtatlari pul birligi. 1786 y.dan muomalaga (kumush D.) kiritilgan. 1 D. = 100 sent. Xalqaro ifodasi USD. AQSH D. xalqaro hisob-kitoblarda keng qoʻllaniladi.

    2006 yil avgust oyidan boshlab «Xonjiza» polimetall konini ishga tushirish Olmaliq tog’ kon metallurgiya kombinati ixtiyoriga berildi.

    Olmaliq - Toshkent viloyatidagi shahar (1951 yildan). Olmaliqsoy boʻyida, Qurama togʻlarining shim. yon bagʻrida, 600–650 m balandlikda. Toshkent shahridan 60 km jan.-sharkda, Ohangaron daryosining chap sohilida.
    Kondan foydalanish bilan bog’liq barcha ishlar ushbu kombinat tomonidan chet el sarmoyasisiz bajarilishi ko’rsatib o’tildi. 2008-2012 yillar oralig’ida ushbu konni ishga tushirish, 3-4 yildan keyin esa kombinat uchun ruh, qo’rg’oshin va mis kontsentratlari birlamchi ishlab chiqarish tarmog’ini tashkil etish ishlarini boshlash rejalashtirilmoqda. Bu kon va ma’danni birlamchi qayta ishlovchi korxonaning ishga tushirilishi Uzun va Sariosiyo tumanlarida aholi bandligining oshishiga, ularning IGO’ni yaxshilashga yordam beradi.

    Viloyatning yana bir asosiy mineral resurslaridan biri bu kimyoviy tuzlardir. Surxondaryoda fosforit, kaliy va osh tuzlarining katta zahirasi mavjud. Ushbu qazilma resurslar asosida kimyo sanoatini rivojlantirish uchun imkoniyatlar katta bo’lsada, faqatgina Ko’hitang tog’ yonbag’irlarida joylashgan Xo’jaikon tuz konigina xo’jalik ehtiyojlarida foydalanilmoqda. Asosan qishloq xo’jaligiga ixtisoslashgan mintaqada mahalliy xom ashyo asosida soha uchun zarur bo’lgan kimyoviy o’g’itlar ishlab chiqarish imkoniyati borligiga qaramay, kimyo sanoati korxonalarini tashkil etish viloyatning asosiy muammolaridan biri hisoblanadi.

    SHuningdek, viloyat hududida marmar, granit, dolomit,kvarts qumi, ohaktosh, keramzit kabi qurilish materiallari xom ashyolari kelajakda qurilish materiallari sanoatining rivojlanishiga asos buladi. Bu borada hozirda ushbu soha bo’yicha amalga oshirilayotgan loyihalar mavjud resurslarni to’liq o’zlashtirishni o’zida qamrab olmagan. SHerobod tumanida granit, gabbro, ohaktosh, tsementni qayta ishlash, Boysun, Uzun, SHo’rchi kabi tumanlarda g’isht ishlab chiqarish yo’lga qo’yilmoqda. Viloyatda marmarga ishlov berish, oyna ishlab chiqarish va boshqa soha tamoqlarining rivojlantirish imkoniyatlari bor[6].

    2.Iste’molchi (ishchi kuchi bilan birgalikda) omili.

    Surxondaryo viloyati aholisi va uning o’ziga xos xususiyatlari bilan respublika viloyatlari orasida ajralib turadi. O’tgan har bir tarixiy davr viloyat aholisining tarkibi, uning joylashuvi, aholining hayot tarziga o’ziga xos ta’sir ko’rsatib kelgan. Viloyatda 2012 yil ma’lumotlariga ko’ra 2279,2 ming kishi bo’lib, respublika aholisining 7,4 %ni tashkil etadi. Agar 1990 yil viloyat aholisining respublika aholisi salmog’ida 6,3 %ni tashkil etganligini e’tiborga olsak, viloyat aholisining tabiiy o’sish darajasi ancha yuqori ekanligini bilish qiyin emas.

    O’zbekistonda aholining tabiiy ko’payish darajasi yuqori ko’rsatkichga ega bo’lib, bu holat barcha viloyatlarda kuzatiladi. Mintaqalar miqyosida tabiiy ko’payish darajasini tahlil qilinganda, iqtisodiyotida qishloq xo’jaligi ustun bo’lgan viloyatlarda ushbu ko’rsatkichning yuqoriligi qayd etiladi. Jumladan, Surxondaryo viloyati aholisining tabiiy o’sish darajasi ham respublika o’rtacha ko’rsatkichidan yuqori bo’lib, bu borada respublikada 2 o’rinni egallaydi.

    Surxondaryo viloyati aholisi tabiiy ko’payishining yuqori ekanligiga aholi orasida azaldan, barcha o’zbek oilalarida bo’lgani kabi ko’p farzandlilik udumlarining saqlanib qolganligi, aholining kasb-kori, yashash tarzi va boshqa holatlar ham ta’sir ko’rsatadi (1-jadval).




    Surxondaryo viloyati aholisining tabiiy va migratsion harakati

    (2012 yil, promilleda)

    1-jadval




    SHahar va tumanlar nomi

    Tabiiy harakat

    Mexanik harakat

    tug’ilish

    o’lim

    tabiiy

    ko’payish



    kelgan

    lar


    ketgan

    lar


    migratsiya

    qoldig’i





    Viloyat

    bo’yicha

    23,7

    3,9

    19,8

    5,4

    5,6

    -2,4




    Termiz sh.

    20,9

    4,5

    16,4

    8,1

    3,9

    4,2




    tumanlar:



















    1

    Angor

    26,3

    4,3

    22,0

    7,4

    6,3

    1,1

    2

    Bandixon

    24,8

    3,1

    21,7

    10,0

    9,1

    0,9

    3

    Boysun

    28,0

    4,4

    23,6

    9,2

    4,1

    5,1

    4

    Denov

    23,6

    4,1

    19,5

    3,1

    3,8

    -0,7

    5

    Jarqo’rg’on

    24,3

    4,2

    20,1

    4,1

    5,5

    -1,4

    6

    Muzrabot

    23,4

    3,4

    20,0

    9,2

    9,4

    -0,2

    7

    Oltinsoy

    23,8

    3,9

    19,9

    5,5

    5,3

    0,2

    8

    Sariosiyo

    26,4

    3,7

    22,7

    3,9

    5,7

    -1,8

    9

    Termiz

    24,0

    4,8

    19,2

    4,5

    1,8

    2,7

    10

    Uzun

    26,1

    4,3

    21,8

    2,7

    4,2

    -1,5

    11

    SHerobod

    23,0

    4,1

    18,9

    5,0

    6,5

    -1,5

    12

    SHo’rchi

    23,6

    4,2

    19,4

    6,8

    8,3

    -1,5

    13

    Qiziriq

    25,9

    3,5

    22,4

    7,9

    9,7

    -1,8

    14

    Qumqo’rg’on

    23,9

    3,5

    20,4

    3,6

    4,5

    -0,9

    Termiz shahri, Denov, Jarqo’rg’on, SHerobod, SHo’rchi kabi tumanlarda esa har 1000ta tirik tug’ilgan bolalarga nisbatan 1 yoshgacha bo’lgan bolalar o’limi viloyat o’rtacha ko’rsatkichlaridan yuqori (7,2 ‰). Bunga asosan qo’shni Tojikiston Respublikasi Tursunzoda shahridagi allyuminiy zavodining viloyat ekologik vaziyatiga salbiy ta’siri va tibbiy sohada hal qilinishi zarur bo’lgan muammolarning ko’pligi ham ta’sir ko’rsatadi.

    Tibbiyot, meditsina, tabobat - kishilar sogʻligʻini saqlash va mustahkamlash, umrni uzaytirish, kasalliklarning oldini olish, davolash haqidagi bilimlar va shu sohadagi amaliy tadbirlar majmui.
    Tojikiston (toj. Тоҷикистон), Tojikiston Respublikasi (tojikcha. Ҷумҳурии Тоҷикистон) - Oʻrta Osiyoning janubi-sharqida joylashgan davlat. Maydoni 143.100 ming km². Aholisi 8,486,300 kishi (2014). Gʻarbiy va shimoli-gʻarbiy tomonidan Oʻzbekiston bilan, shimoliy tomonidan Qirgʻiziston, sharqiy tomonidan Xitoy bilan va janubiy tomonidan Afgʻoniston davlatlari bilan chegaradosh.

    Tug’ilish va o’lim ko’rsatkichlari tabiiy ko’payish ko’rsatkichini keltirib chiqarib, u ijtimoiy-iqtisodiy, biologik, demografik va boshqa omillarga bog’liq. Surxondaryo viloyati aholisining tabiiy ko’payish darajasiga ushbu omillar ichida milliy omil ham katta ta’sir ko’rsatadi. Mustaqillik yillarida respublikamizda ishsizlik darajasini kamaytirishga mintaqalarda mavjud tabiiy va iqtisodiy imkoniyatlardan samarali foydalangan holda yangi tarmoqlarni tashkil etish, kichik biznesning rivojlanishiga imkoniyat yaratish orqali erishishga harakat qilindi. Bu haqda 2008 yil 25 martda bo’lib o’tgan Viloyat kengashi sessiyasida respublika prezidenti I.A.Karimov gapirib, «…aholining bandlik darajasini oshirish, shu asosda uning daromadlari va turmush farovonligini yuksaltirish muhim ahamiyat kasb etadi… Buning uchun ishchi kuchini ko’p talab etadigan yengil va oziq-ovqat, mahalliy xom ashyoni qayta ishlash sanoati korxonalarini tashkil etish yuzasidan aniq va amaliy chora-tadbirlar ko’rish lozim. SHu bilan birga kasanachilik, oilaviy tadbirkorlik, shaxsiy chorva xo’jaligini rivojlantirish bo’yicha ham ishlarni kuchaytirish zarur…»ligini ta’kidlab o’tdi.2

    3. Suv resurslari omili.

    Mintaqada Surxondaryo (Qoratog’ va To’polang daryolari qo’shilishidan hosil bo’lgan), SHeroboddaryo, Sangardakka o’xshash katta va kichik daryolar mavjud. Sug’orma dehqonchilikning rivojlanganligi, yangi yer maydonlarining o’zlashtirilishi natijasida o’tgan asrning II yarmidan boshlab viloyatda 13 ta kanal va 5 ta suv omborlari tashkil etildi. Daryolarning asosiy to’yinish manbaalari qor, muz va yer osti suvlari hisoblanadi.

    Viloyatda Surxondaryo va SHeroboddaryo yirik daryolar hisoblanib, ulardan viloyatning barcha ekin maydonlarini sug’orishda foydalaniladi.V.L.SHulьts va L.I.SHalatovaning (1965) hisoblariga ko’ra, Surxondaryo va SHeroboddaryo suv yig’adigan maydoni 8406 km2, oqim moduli esa 13,2 m/sek km2.

    Maydon - ochiq, meʼmoriy jihatdan tartibga keltirilgan, atrofi bino, inshootlar yoki daraxtlar bilan toʻsilgan keng satq. Toʻrtburchakli, temperaturapetsiyasimon. doirasimon, tuxumsimon (oval) va boshqa shakllarda yopiq yoki ochiq holda boʻladi.
    Viloyatning barcha daryolari gidrografik jihatdan Amudaryo havzasiga kiradi.

    Surxondaryo To’polongdaryo va Qoratog’daryoning qo’shilishidan hosil bo’ladi. To’polongdaryo Qoratog’daryoga nisbatan ikki martadan ortiqroq sersuvdir, uning tog’lardan chiqish yeridagi o’rtacha ko’p yillik suv sarfi 52 m3/sek, Qoratog’daryosiniki 23 m3/sekunddan iborat.

    Viloyat daryolarida oktyabr-fevral oylarida suv sarfining kamayishi kuzatilsa, mart oyida suv toshib oqadi, ayniqsa, may oyida suvning ko’tarilishi eng yuqori darajada bo’ladi. Iyun oyiga kelib suvning kamayishi boshlanadi. Bunday daryo rejimining xilma-xilligi ulardan sug’orish uchun foydalanishda qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.

    1950 yillarning oxiriga kelib viloyatning yirik daryolari suvidan yil davomida dehqonchilikda oqilona foydalanish maqsadida umumiy sig’imi 800 mln m3 bo’lgan Janubiy Surxon suv ombori 1964 yilda ishga tushirildi. Uning maydoni 65,0 km2, o’rtacha chuqurligi 12,3 m., bundan biroz oldinroq, ya’ni 1960 yilda suv sig’imi 160 mln. m3 , maydoni 10,0 km2 bo’lgan Uchqizil suv ombori barpo etildi. SHuningdek, hajmi 12,8 mln. m3 bo’lgan Degrez va boshqa suv omborlar ham qurib bitkazildi. Natijada, yangi yerlarni o’zlashtirish hisobiga sug’oriladigan ekin maydonlar kengayib, paxta yetishtirish hajmi ekstensiv asosda o’sib bordi.

    Agar viloyat hududi joylashgan geografik kengliklarda yoz issiq, qish esa aksar hollarda yumshoq va qurg’oqchil kelishini hisobga olsak, ba’zi yillarda viloyat xo’jaligi suv resurslariga qo’shimcha ehtiyoj sezadi. Ushbu muammoni bartaraf etish uchun shunday sharoit mavjud bo’lgan dunyo mamlakatlarida qo’llanilayotgan ilg’or, samarali irrigatsiya tizimlaridan foydalanish zarur.


    4. Transport omili.

    Transport viloyat iqtisodiyotining muhim tarmog’i hisoblanadi. Surxondaryoda tabiiy boyliklarni topish va ishga tushirish, yangi yerlarni o’zlashtirish, yangi aholi manzilgohlarini barpo qilish, tayyor mahsulotlarni va xom ashyoni o’zga rayonlarga chiqarish yoki ulardan keltirish hamisha viloyat transport tarmoqlari va ularning rivojlanish darajasiga bog’liq. Viloyatda temir yo’l, avtomobil yo’li, havo, suv va quvur transaort turlari rivojlantirilgan. Har qanday mintaqa iqtisodiyoti uchun ahamiyatli bo’lgan temir yo’l transporti Surxondaryoda Kogon – Termez yo’nalishida birinchi marotaba 1915 yilda tashkil etilgan. Bu yo’lning ichki taraqqiyotda ta’siri kuchli bo’lmasa ham u viloyat hududini o’zga regionlar bilan bog’lovchi dastlabki muhim omil bo’lgan. Termizdan viloyatning shimoliy tumanlari orqali 1925 yildan boshlab temir yo’l o’tkazila boshladi. O’sha yili Termiz – Dushanbe(248 km), 1971 yil Termiz – Qo’rg’ontepa – Yavan temir yo’llari qurildi. 2007 yil ishga tushirilgan Toshg’uzor-Boysun-Qumqo’rg’on» temir yo’lining viloyat iqtisodiyoti rivojlanishida ahamiyati katta bo’ladi.

    Avtomobil transporti temir yo’l transporti kabi katta ahamiyatga ega. U viloyat tumanlarini bir-birlari bilan bog’lovchi vosita bo’lishi bilan birgalikda ko’p yillar davomida mintaqaning yagona ichki qo’shnisi bo’lgan Qashqadaryo viloyati orqali respublikaning markaziy viloyatlari bilan iqtisodiy aloqalar olib borishda katta ahamiyatga ega.

    Qashqadaryo viloyati - OʻzR tarkibidagi viloyat. 1924 yil 1 noyab.da tashkil etilgan. 1927 yil 17 fev.dan 1938 yil 15 yanv. gacha Qashqadaryo okrugi maqomida. 1938 yil 15 yanv. da Buxoro viloyatiga qoʻshib yuborildi.
    Viloyatning asosiy transport yo’llari o’tgan hududlarida xalqaro andozalarga javob beradigan yo’llar, ularga xizmat ko’rsatuvchi tarmoqlar, kommunikatsiya vositalari talab etiladi. So’nggi yillarda ushbu masalaga ham katta e’tibor qaratilmoqda. Surxondaryo transport tarmoqlari ichida havo, suv va quvur transport tarmoqlari iqtisodiyot rivojlanishida nisbatan past ahamiyatga ega.

    Bundan tashqari, respublikamiz prezidenti I.Karimov tashabbusi bilan loyihalashtirilayotgan 2003 yil iyun oyida Tehronda O’zbekiston, Eron hamda Afg’oniston rahbarlari tomonidan imzolangan bitim asosida Termiz –Mozori SHarif Hirot-Bandar-Abbos va CHorbahor yo’nalishidagi Transafg’on yo’lagi O’zbekiston uchun janubiy dengiz portlariga olib chiquvchi loyiha viloyat transporti uchun katta ijobiy o’zgarishlarni olib keladi.

    Tehron (fors. تهران) - Eronning poytaxti, Osiyodagi eng katta shaharlardan biri. Shahar atrofi (Katta Tehron) aholisini qoʻshganda Tehron aholisining soni rasmiy maʼlumot boʻyicha 13 million, norasmiy maʼlumotga koʻra 16 milliondir.


    Download 416 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




    Download 416 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «tabiyot fanlari» fakultеti «gеografiya va uni o’qitish mеtodikasi» kafеdrasi

    Download 416 Kb.