|
«tabiyot fanlari» fakultеti «gеografiya va uni o’qitish mеtodikasi» kafеdrasi
|
bet | 11/20 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 416 Kb. | | #237706 |
Bog'liq «tabiyot fanlari» fakultеti «gеografiya va uni o’qitish mеtodikaQurilish sohasida hozirgi kunda yiliga 1,8 mln.dona shifer ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lgan Termiz shaxridagi “Grand SHifer” qo’shma korxonasi tomonidan rangli shifer, metallocherepitsa, profnastil va profil ishlab chiqarish;
Engil sanoat sohasida Jarqo’rg’on tumanidagi "TELA TEXTILE" QK tomonidan umumiy qiymati 10 mln. dollar va yillik ishlab chiqarish quvvati 22,5 mln.kv.m gazlama ishlab chiqarish loyihasi ishga tushirilishi (230 ta yangi ish o’rni), Sobiq "Surxon paxta" ("Savdo Energo" OAJ) 429 ming dona trikotaj maxsulotlari ishlab chiqarish loyixasi (150 ta yangi ish o’rni), Sariosiyo tumanidagi "SHurtan neftgaz" GQZ ("Uzbekengilsanoat" DAK) 10 mln juft paypoq ishlab chiqarish fabrikasini foydalanishga topshirish ko’zda tutilmoqda.
Bundan tashqari, bir qator kichik sanoat korxonalarining ishga tushirilishi natijasida yengil sanoat soxasida noto’qima mato, farmatsevtika sanoatida maz, tabletka, bir martalik shpritslar xamda dorivor vositalar, va boshqa sanoat maxsulotlari ishlab chiqarish yo’nalishlarida briket qo’mir, gaz garelkalari, velosiped, turli xil nasoslar extiyot qisimlari ishlab chiqarilishi rejalashtirilmoqda.
Surxondaryo viloyati sanoatining hududiy rivojlanish xususiyatlari.
Har qanday mintaqa iqtisodiy ijtimoiy rivojlanishini, odatda bir qancha ko’rsatkichlar orqali ko’rib chiqiladi. Yalpi milliy mahsulot, sanoat va qishloq xo’jalik mahsulotlarining umumiy hajmi, kapitall qo’yilmalar, aholiga pullik hizmat, investitsiya, eksport va import miqdori kabilar ana shunday asosiy ko’rsatkichlar hisoblanadi. Ushbu ko’rsatkichlar orqali mintaqalarning iqtisodiy rivojlanish darajasi qay holatda ekanligini aniqlash mumkin. Har qanday mintaqaning iqtisodiy-ijtimoiy darajasi tahlil etilayotganda o’sha hududda rivojlanishiga ko’ra bir-biridan farq qiluvchi hududiy (geografik) tafovutlar borligi aniqlanadi.
Mintaqa iqtisodiyoti tarmoqlari ma’lum shart-sharoitlar va omillarni hisobga olgan holda hududiy tashkil etiladi. Xom ashyo, yoqilg’i, elektr quvvati, iqlim va suv sharoitlari, mehnat resurslari, iste’mol, transport, IGO’, ekologik va boshqa omillar ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishda muhim rol o’ynaydi.
Surxondaryo viloyati ishlab chiqarish tarmoqlarini hududiy tashkil etishda xom ashyo, iqlim va suv sharoiti, mehnat resurslari, transport omillarining o’rni katta. Mavjud omillardan samarali foydalanish natijasida mintaqa iqtisodiy rivojlanishiga erishish mumkin. Viloyat xo’jaligining tarkibiy tuzilishini tahlili mintaqada rivojlanish darajasiga ko’ra bir-biridan farq qiluvchi tumanlar borligini ko’rsatdi. Jumladan, uning azaldan tarkib topgan tekislik qismida joylashgan, yirik ekin maydonlariga ega bo’lgan tumanlarida dehqonchilik va sanoatning asosiy korxonalari joylashgan bo’lsa, tog’li qismida chorvachilik, tog’-kon sanoati tarmoqlarigina rivojlangan.
Viloyat sanoat tarmoqlarining hududiy tarkibida ham o’ziga xos xususiyatilar mavjud. SHu o’rinda alohida ta’kidlash zarurki, o’rganilayotgan hududda sanoat rayonlari hozircha shakllanmagan. Viloyatda sanoat rayonlari tarkibiga kiruvchi tipik sanoat tugunlari va markazlari ham mavjud emas. Binobarin, hozircha bu yerda sanoatni rayonlashtirishning birlamchi pog’onalari yoki taksonomik birliklari, ya’ni sanoat korxonalari va sanoat punktlar mavjud, xolos. Biroq shunga qaramasdan, tizim-tarkib nuqtai nazaridan viloyat sanoatining hududiy tuzilishini shartli ravishda 2 sanoat rayoniga ajratib ko’rishimiz mumkin. Ular:
Surxon yoki Termiz-Sariosiyo sanoat rayoni;
SHerobod sanoat rayoni.
|
| |