• Pedagogika fanlari doktori, professor
  • Tadqiqotchi Raxmonov Valijon Turdialiyevichning




    Download 19,24 Kb.
    Sana10.02.2024
    Hajmi19,24 Kb.
    #154236
    TuriReferat
    Bog'liq
    2-Taqriz Raxmonov Valijon


    Tadqiqotchi Raxmonov Valijon Turdialiyevichning 13.00.02 –Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Fizika) ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan “Umumta’lim maktablarida fizikaning «Elektromagnit tebranishlar va to‘lqinlar» bo‘limini o‘qitish metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiyasi avtoreferatiga

    T A Q R I Z


    Jahon mamlakatlarida fizikaga oid namoyish tajribalar yaratishda, eng avvalo, o‘qituvchi tafakkurini rivojlantirish, o‘quv jarayonini takomillashtirishda zamonaviy ta’lim metodlaridan samarali foydalanish asosiy masalalardan biri sifatida qaralib, ular ustida ko‘plab tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Ushbu tadqiqot ishida fizikadan namoyish tajribalar yaratishda kompetensiyaviy yondashuvdan foydalanish, interfaol metodlarni fizika ta’limiga tatbiq etish, o‘quvchi mantiqiy tafakkurini rivojlantirishning metodik-didaktik ta’minotini yaratish orqali namoyish tajribalar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.


    Mazkur tadqiqotning maqsadi umumta’lim maktablarida fizikaning «Elektromagnit tebranishlar va to‘lqinlar» bo‘limiga oid ko‘p funksiyali namoyish tajribalarni yaratishdan iborat.
    Mazkur tadqiqotning vazifalari:
    umumta’lim maktablarida o‘quvchilarga «Elektromagnit tebranishlar va to‘lqinlar» bo‘limiga oid ko‘p funksiyali namoyish tajribalarni yaratishda va ko‘rsatishda ergonomik tamoyillarni aniqlashtirish;
    fizikadan namoyish tajribalarni yaratish va ko‘rsatishni ergonomik tamoyillar asosida ishlab chiqish.
    umumta’lim maktablarida virtual va namoyish tajribalarni tashkil etishning mavjud holati va imkoniyatlarini takomillashtirish;
    fizikani namoyish tajribalar asosida o‘qitish tizimining didaktik, metodik, ergonomik tamoyillarini takomillashtirishdan iborat.
    Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati darsda va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda fizikaning “Elektromagnit tebranishlar va to‘lqinlar” bo‘limiga oid namoyish tajribalarni yaratishga xizmat qiladigan didaktik vositalar va metodlarning ta’lim sifati va samaradorligiga oid ko‘rsatkichlar asosida tashkil etilganligi, “Elektromagnit tebranishlar va to‘lqinlar”ga oid namoyish tajribalarni yaratish jarayoni innovatsion ta’lim texnologiyalariga ko‘ra, takomillashtirilganligi bilan izohlanadi.
    Mazkur tadqiqot ishi natijalarining amaliy ahamiyati umumta’lim maktablarida fizikadan “Elektromagnit tebranishlar va to‘lqinlar”ga oid namoyish tajribalarni yaratish bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlar, mazkur tadqiqot mavzusi asosida ta’lim mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan Davlat ta’lim standartini takomillashtirishga oid qo‘shimchalar kiritish va fizikaning “Elektromagnit tebranishlar va to‘lqinlar” bo‘limiga oid namoyish tajribalarni yaratish texnologiyalarini takomillashtirish sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
    Yuqoridagilarni inobatga olib, Raxmonov Valijon Turdialiyevichning 13.00.02 –Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan “Umumta’lim maktablarida fizikaning «Elektromagnit tebranishlar va to‘lqinlar» bo‘limini o‘qitish metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD dissertatsiyasiga qo‘yilgan talablarga javob beradi deb hisoblayman.
    Tadqiqotchi Raxmonov Valijon Turdialiyevich ushbu tadqiqoti asosida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishga loyiq deb hisoblayman.


    Pedagogika fanlari doktori,
    professor


    Download 19,24 Kb.




    Download 19,24 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tadqiqotchi Raxmonov Valijon Turdialiyevichning

    Download 19,24 Kb.