2.5.3 Tabiiy suvlar va eritmalarning elektr
o’tkazuvchanligi xalqaro o’lchov birliklari.
Yuqorida ko’rsatilgan o’lchov birligi - S/m tabiatda kam uchraydigan
ancha katta ko’rsatkichdir, shuning uchun amaliyotda odatda yuqori aniqlikni
ko’rsatish imkonini beradigan uni ulushlaridan [mS/cm (millisimens) va µS/cm
(mikrosimens)] foydalaniladi (2.2 jadval).
2.2 jadval. Elektr o’tkazuvchanlikning xalqaro o’lchov birliklari
Sm/sm ning ulushlari
O’lchov birligi
Nomlanishi
Belgilanishi
10
⁻ 1
S
Detsisimens
dS
10
⁻ 2
S
Santisimens
cS
10
⁻ 3
S
Millisimens
mS
10
⁻ 6
S
Mikrosimens
µS
10
⁻ 9
S
Nanosimens
nS
Suvning sho’rligi suvdagi mineral tuzlarning umumiy miqdoriga teng.
Suvning elektr o’tkazuvchanligi esa suvdagi tuzlarning miqdoriga to’g’ri
proportsional bog’liq (ma’lum bir kattalikkacha). Shundan kelib chiqqan holda,
suvning sho’rligini quyidagi tenglamadan hisoblab topish mumkin:
Suv sho’rligi (mg/l) = 0.5 * 1000 x EC (mS/cm)
Albatta bu tenglamani har bir suv havzasi uchun alohida aniqlash lozim,
chunki EC tuz faqatgina tuz miqdoriga emas, suv temperaturasiga va ma’lum
darajada tuz tarkibiga ham bog’liq (keyingi betga qarang).
2.6 Tahlilning konduktometrik usullari qo’llanilishi
Tahlilning konduktometrik uslublari sanoatda tuzli eritmalarning
kontsentratsiyasini tahliliy nazorat qilishda, yerusti va yerosti suvlarning tuzli
tarkibi, suvning sifati va tozalashni nazorat qilish, oqova suvlarning
ifloslanganligini baholashda qo’llaniladi.
Tahlilning konduktometrik uslubi boshqa tahliliy uslublar oldida
birmuncha afzalliklarga ega:
1) loyqalangan va bo’yalgan eritmalarda aniqlash ishlarini olib borish,
qolaversa, organik indikatorlarni qo’llashni chegaralovchi oksidlovchi va
qaytaruvchi moddalar bo’lgan hollarda ham aniqlash ishlarini olib borish;
2) Nafaqat to’yingan, balki 10
-4
mol/l miqdorda aralashtirilgan eritmalarni
ham tahlil qilish;
3) nafaqat suvli, balki suvsiz, shuningdek aralashtirilgan suvli-organik
eritmalarda ham tadqiqot ishlarini olib borish;
4) turli-tuman tipdagi reaksiyalarni: tadqiq etilayotgan eritmalarni elektr
o’tkazuvchanligini o’zgarishiga olib keladigan neytrallashtirish, cho’ktirish,
kompleks hosil qilish, oksidlanish-qaytarilish, birikish, o’rin almashtirish,
sovunlanish va hokazolarda keng ko’lamda qo’llash;
5) odatda boshqa uslublarda aniqlash ishlarini olib borishda xalaqit
beradigan aralashmalarni ajratib olish bilan bog’liq ortiqcha harakatlar bu usulda
kerak bolmay qoladi.
Odatda ushbu usullarni qo’llanish oldidan sozlash (kalibratsiya) egri
yoychizig’i (grafiki) tuzib olinadi. Daryo suvlari mineralizatsiyasi (ayniqsa tog’
va tog’oldi zonalarida) juda pastligi tufayli bunday chiziq odatda egri emas,
to’g’ri chiziqdan iborat bo’ladi. Bunday grafik har bir daryo yoki havza uchun
ayrim tuziladi. Masalan, kafedramizda olib borilgan tadqiqotlarda (Axrorova,
2019) Chirchiq daryosi uchun quyidagi grafik hisoblab topilgan (2.12 rasm).
Har bir havza/oqim uchun ushbu grafik asosida approksimatsiya
tenglamasini osongina hisoblab chiqish mumkin. Masalan, keltirilgan rasmdagi
bog’liqlik uchun:
Y=1.1344x=170.67 (R
2
=0.93), (x = EC; Y = suv mineralizatsiyasi) ya’ni
ushbu tenglama asosidagi hisob/kitoblar yuqori aniqlikka ega bo’ladi.
2.12 rasm. Chirchiq daryosi suvi
mineralizatsiyasi va elektr
o’tkazuvchanligining korrelyatsion bog’liqligi.
|