2.8 Bevosita konduktometriya va konduktometrik titrlash Konduktometriya usulini ikki xil tarzda amalga oshirsa bo’ladi: bevosita
konduktometriya va konduktometrik titrlash.
Bevosita konduktometriya. Tadqiq etilayotgan eritmaning elektr
o’tkazuvchanligi darajalangan sozlash (kalibratsiya) grafiki bo’yicha o’lchanadi,
grafik esa standart eritmalardan foydalangan holda ma’lum temperatura
sharoitida shakllantiriladi va tadqiq etilayotgan eritmaning kontsentratsiyasini
aniqlashda
ishlatiladi.
Uslub,
selektiv
bo’lmaganligi sababli, keng
qo’llanilmaydi, ya’ni elektr o’tkazuvchanlik – barcha ionlarning mavjudligi bilan
shartlanadigan additiv kattalikdir. Shunga qaramasdan, uslub ishlab chiqarishni
uzluksiz nazorat qilish uchun: ozuqa mahsulotlarining sifati, turli xildagi
materiallarning (qog’oz, gazlar, don, tekstil materiallari) namligini aniqlash
uchun va suvning (daryo, mineral, distillangan) umumiy tuzlilik darajasini
aniqlash uchun keng qo’llanilmoqda; kam eriydigan elektrolitlarning eriganligini
aniqlash uchun; elektrolitlar, shu jumladan kompleks birikmalarning barqaror
ajralishini aniqlash uchun.
Ko’pgina hollarda uni boshqa uslublar, potentsiometriya, refraktometriya,
xromatografiya kabi uslublar bilan qo’shgan holda ishlashadi.
Biroq, elektr o’tkazuvchanlikning kontsentratsiyaga bog’liqligining
murakkabliklari ushbu uslubda namoyon bo’ladi. Kontsentratsiyaning oshishi
bilan
elektr
o’tkazuvchanlik avvaliga ortib boradi, yanada yuqori
kontsentratsiyalarda esa (>3 n) keskin kamayib ketadi (2.16 rasm). Shuning
uchun, ushbu uslubda o’ta yuqori sho’rlikdagi suv namunalari va eritmalar bir
nechta barobar suyultirilgan holda qo’llanilishi maqsadga muvofiq. Bundan
tashqari, bizning praktikamiz ko’rsatadiki, bunda eng yaxshi yechim - chuchuk,
sho’rtak va sho’r suvlar uchun ayrim elektrodlardan foydalanish maqsadga
muvofiq.
2.16 rasm. Orol dengizi suvi
tarkibidagi tuzlarning elektr
o’tkazuvchanligining kontsentratsiya oshuvi bilan bog’liqligi (Stunjas, 2016).