• 2.9 Qulonometriya
  • Tahlilning instrumental usullari / Darslik




    Download 4,55 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet38/101
    Sana08.01.2024
    Hajmi4,55 Mb.
    #132176
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   101
    Bog'liq
    ber burger formulasi

    Konduktometrik 
    titrlash. 
    Ekvivalentlik 
    nuqtasini, 
    elektr 
    o’tkazuvchanlikni titrant hajmiga bog’liqligini keskin qiyshiq sinishi bo’yicha 
    aniqlash mumkin. Bunda, elektr o’tkazuvchanligi yetarli daraja keskin 
    o’zgaradigan reaksiyalarning barcha tiplari (neytrallanish, cho’kish, kompleks 
    shakllanishi) qo’llanishi mumkin. 
    Qiyshiq titrlashda keskin sinishga erishish uchun aralashtirish effektini 
    inobatga olish kerak. Tadqiq etilayotgan, mikrobyuretkalar (2-5 cm
    3
    ) bilan 
    kontsentratsiyalangan titrant aralashmali modda, katta hajmdagi (100 cm
    3

    titrlash orqali minimumga keltiriladi. Ishonchli natijalarga erishish uchun elektr 
    o’tkazuvchanlikka ta’sir etuvchi turli omillarni (barqaror ajralish, ionlarning 
    harakatchanligi, eritmaning ionli kuchi va hokazolar) inobatga olinishi kerak.
    Titrant va eritmani to’g’ri tanlanishi konduktometrik titrlashning ijobiy 
    omillarini yaratadi. 
    Afzalliklari: kislota va asosiy aralashmalarni alohida, ajratilgan holda 
    aniqlash imkoniyatining mavjudligi, loyqalangan va bo’yalgan aralashmalarni 
    2% li aniqlikgacha titrlash. 
    2.9 Qulonometriya 
    Tahlilning yuqori sezuvchanligi va aniqligini bevosita qulonometriya va 
    qulonometrik titrlash uslublari ta’minlaydi. Uslubning asosida – tadqiq 
    etilayotgan moddani kontsentratsiyasini, elektrod potentsialining tadqiq 
    etilayotgan moddaning ajralish potentsialiga teng bo’lgan holatida moddani 
    elektroliz qilish uchun sarflangan elektr energiyasini registratsiya etish orqali 
    aniqlash yotadi. 
    M.Faradeyning birlashgan umumiy qonuniga asosan erigan moddaning 
    massasi (m, g) va elektr tokining miqdori (Q, qulon) mazkur tenglamada 
    ifodalanganidek, bir-biriga bog’liq bo’ladi: 
    M =
    𝑄 ·𝑀
    𝑛 ·𝐹
    (2.8) 
    Bu yerda M – moddaning molyar og’irligi, g/mol; n- reaksiyada ishtirok 
    etadigan elektronlarning soni; F – 96487 Kl/mol ga teng bo’lgan Faradey soni.
    Qulonometrik tahlil ishchi elektrodning nazorat qilinuvchi potentsialida 


    ham, elektrolit yacheykasi orqali o’tadigan nazorat qilinuvchi tokda ham 
    qo’llaniladi. Bunda elektr tokining barchasi asosiy elektrokimyoviy jarayonga va 
    elektr tokini miqdorini (Q) nisbatan ishonchliroq aniqlashda sarflanishi muhim. 

    Download 4,55 Mb.
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   101




    Download 4,55 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tahlilning instrumental usullari / Darslik

    Download 4,55 Mb.
    Pdf ko'rish