nurlanishning o’zaro ta’siri natijasida hosil bo’ladigan ikkilamchi nurlanishni
o’lchashga asoslangan. Ultrabinafsha nur bilan nurlantirilganda modda ikkilamchi
nurlanish beradi.
Birinchi guruh usullari, ya’ni spektrofotometriya eng katta amaliy qiziqish
uyg’otadi.
Turbidimetriyaning qo’llanilishiga misol: Reaksiya
yordamida turli tabiiy
ob’ektlardagi oltingugurt miqdorini aniqlashda
𝑆𝑂
4
2−
+ 𝐵𝑎
2+
→↓ 𝐵𝑎𝑆𝑂
4
Ushbu tahlilga gravimetrik uslubda 2 – 3 kun; turbidimetrik usulda esa atigi
2–3 soat talab qiladi.
Fotometrik tahlilda spektrning UB, ko’rinadigan va IQ maydonlarida
elektromagnit nurlanishning yutilishidan foydalanadi. Spektrning ko’rinadigan
maydonida, ya’ni 400... 760 nm to’lqin uzunligi oralig’ida
nurlar yutilishiga
asoslangan fotometrik tahlil uslublari eng keng tarqalgan . Bu hol usul yordamida
ko’rinadigan spektrda fotometrik aniqlashga mos ko’p turdagi rang-barang
organik va anorganik birikmalar eritmalarini yaratish imkoniyati bilan izohlanadi,
juda oddiy va nisbatan arzon qurilmalar.
Fotometrik tahlilda qo’llaniladigan kimyoviy reaksiyalar,
ularning
kimyoviy tabiatidagi farqlariga qaramay, eritma tomonidan nur yutishining paydo
bo’lishi yoki kuchsizlanishi bilan birga kechishi shart. Miqdoriy tahlilda
ishlatiladigan har bir reaksiya singari rang reaksiyasi ham selektiv, tez, to’liq
bo’ladigan va qaytadan bajarish (natija aniqligiga ishonch hosil qilish maqsadida)
imkoniyati bo’lishi sharti bilan amalga oshtrilishi kerak. Bundan tashqari, olingan
analitik shaklning rangi vaqt va yorug’lik ta’siriga barqaror bo’lishi kerak, tahlil
etilayotgan moddaning kontsentratsiyasi haqida ma’lumot
beruvchi eritmaning
o’zida nur yutishi yutilish va konsentratsiyani bog’lovchi fizik qonunlarga,
xususan Buger-Lambert-Ber qonuniga bo’ysunishi kerak.
Anorganik moddalar fotometrik tahlilida aniqlanayotgan elementlarning
anorganik va, ayniqsa, organik reagentlar bilan
komplekslar hosil qilish
reaksiyalaridan ko’p foydalaniladi; oksidlanish-qaytarilish,
sintez va boshqa
turdagi reaksiyalardan esa kamroq foydalaniladi. Organik moddalar fotometrik
tahlilida rangli birikmalarning sintezi Reaksiyalaridan ko’proq foydalaniladi, ular
azotli birikmalar, polimetin va xinonimin bo’yoqlari,
nitro birikmalarning
atsiformalari va boshqalar bo’lishi mumkin. Ba’zan bunda moddalarning o’z