mumkin. Keng tarqalgan spektroskopiya tahlil metodlari quyidagilardir:
- Atom-absorbtsiya spektroskopiyasi (AAS);
- Atom-emissiya spektroskopiyasi (AES);
- Ko’rinadigan
va
ultrabinafsha
(UB)
diapozonlarda
elektron
spektroskopiyasi;
- Infraqizil (IQ) spektroskopiyasi;
- Mass - spektrometriyasi
Barcha spektroskopiya metodlari uchun umumiy narsa shuki, o’lchash
natijasi (analitik signal) ma’lum spektrdan iborat bo’ladi.
Elektromagnit nurlanish
energiyaning shunday turiki, bunda uning
fa’zodagi tarqalishi ham to’lqin va ham zarracha tabiatiga ega bo’lishi mumkin.
Vakuumda elektromagnit nurlanish tezligi taxminan=300 000 km/s ga teng.
Elektromagnit nurlanish spektrida har xil nurlar mavjud:
radio va mikronurlar,
infraqizil (issiqlik) nurlari (IQ), ko’rinadigan, ultrabinafsha (UB), rentgen va
γ-nurlar (3.2 jadval).
Tadqiqot ob’ektlariga ko’ra
optik uslublar yadroviy, atom va molekulyar
spektroskopiyaga
bo’linadi. Nurlanish spektroskopiyasi (emission va
lyuminestsensiya spektroskopiyasi), yutilish spektroskopiyasi (absorbtsion
spektroskopiya) va nurning sochilishi spektroskopiyasi (nefelometriya va
turbidimetriya) kabi turlari nurlanish va modda orasidagi o’zaro ta’sir turiga qarab
ajratiladi. Bundan tashqari optik usullar elektromagnit
nurlanish energiyasi
diapozonlari (oraliqlari) ga ko’ra ham farqlanadi (3.2 jadval).
3.2 jadval. Elektromagnit nurlanish spektridagi nurlar tavsifi
Spektr maydoni
To’lqin uzunligi intervali (λ)
Radioto’lqinlar
Mikroto’lqinlar
Infraqizil nurlanishi
Ko’rinadigan nurlar
Ultrafiolet nurlanishi
Rentgen nurlanishi
γ- nurlanishi
> 0.5 m
10
‒3
– 1 m
750 – 10
‒6
nm yoki 7,5
⋅10
–7
– 10
-3
m
400–750 nm yoki 4
⋅10
–7
– 7,5
⋅10
–7
m
10–400 nm yoki 10
‒8
– 4
⋅10
–7
m
10
-2
– 10 nm yoki 10
‒11
– 10
‒8
m
10
‒4
– 0,1 nm yoki 10
‒13
– 10
‒10
m
Spektroskopiya tahlil metodlarini tahlil qilinayotgan modda molekulasini
elektromagnit to’lqinni absorbtsiya (yutilishi) yoki emissiya (nur
tariqasida
qaytarishi) etishiga qarab 2 ga bo’lish mumkin (3.5 rasm):
- agar tahlil qilinayotgan modda molekulasi elektromagnit to’lqinni
absorbtsiya qilsa (yutsa), bunday tahlil absorbtsiya spektroskopiyasi deyiladi.
- agar emissiya qilsa (nur tariqasida qaytarsa), — emissiya spektroskopiyasi
deyiladi.
Energiya yutilishidan (absorbtsiyasidan) bevosita keyin zarrachalar
qo’zg’algan holatda boladi (qutichaga qarang). Bu odatda juda qisqa vaqt davom
etadi (~ 10
-9
s). Zarracha ortiqcha energiyani yana qaytargandan keyin esa yana
asosiy energiya holatiga qaytadi.