Spektrofotometrik tahlil usuli - monoxromatorlar tomonidan olingan qat’iy
belgilangan to’lqin uzunligida (λ) yorug’lik yutilishining yutilish spektrini
aniqlash yoki o’lchashga asoslangan. Bu spektral
chiziq moddaning maksimal
(eng yuqori) yutish egri chizig’iga mos keladi;
Fotokolorimetrik tahlil uslublariga ko’zga ko’rinadigan (400-800 nm) va
yaqin ultrabinafsha (200-400 nm) maydonlarda molekulyar muhit orqali nurlanish
yutilishini o’lchashga asoslangan usullar kiradi. Tekshirilayotgan bo’yalgan
eritmani rangi intensivligini o’lchash yoki uni standart eritmani rangi intensivligi
bilan taqqoslashga asoslangan.
Ishlatiladigan yorug’likni o’lchash usuliga qarab fotometriyaning quyidagi
turlari farqlanadi:
- vizual kolorimetriya - tahlil qilinayotgan va standart eritmalarning rangini
vizual (ko’z bilan chamalab) usulda taqqoslash asosida modda kontsentratsiyasini
aniqlash (masalan indikatorlar qo’llanilishi);
- fotokolorimetriya - spektr maydonining filtrlar bilan olingan tor bo’lagida
(kengligi 10-100 nm) elektromagnit nurlanish intensivligini o’lchashga
asoslangan);
Spektrofotometrik ham, fokolorimetrik tahlil usuli ham yutuvchi modda
tomonidan nur yutilishi va uning kontsentratsiyasi
orasidagi mutanosiblik
munosabatiga asoslangan. Farqi shundaki, birinchi
uslubda qurilmaga qurilgan
monoxromatorlar (shisha yoki kvarts prizmalar, difraktsion prujinalar) yordamida
monoxromatik yorug’lik ajratib olinadi (3.6-rasm), ikkinchi usulda esa 20-100 nm
oraliqda to’lqin uzunliklaridagi nurni o’tkazadigan bo’lgan polixromatik
yorug’likning ma’lum bandli yorug’lik filtrlaridan foydalaniladi (3.7-rasm).