Buger-Lambert-Ber qonunidagi "λ"
indeksi A va
ε qiymatlarning
monoxromatik nurlanish λ to’lqin uzunligiga tegishliligini ko’rsatadi.
𝐴
𝜆
=
𝜀
𝜆
·
l ·
c
(3.9)
Fotometrik aniqlashlar uchun optimal shartlarni tanlashda e’tiborga olinishi
lozim bo’lgan asosiy parametrlar: to’lqin uzunligi,
optik zichligi, nur yutuvchi
qatlam qalinligi va ranglantirilgan modda kontsentratsiyasidir.
To’lqin uzunligi. Biron moddani aniqlashda
maksimum yutilish
yo’lakchasiga mos λ da o’lchashlar o’tkaziladi. Ko’p sonli yo’laklar mavjud
bo’lganda optik zichlik eng kuchli yo’lakning intensivligi bilan o’lchanadi.
Optik zichligi. 1.5 <
A
λ
< 0.01 bo’lsa xatolar juda katta hisoblanadi.
Analitik fotometrik o’lchashlar uchun qabul
qilinadigan optik zichlik
o’zgarishining ishchi intervali 0,2...0.8 birlikni tashkil etadi, optimal - 0.2...0.6
birlik:
A = 0.434 da eng kichik xatolik. Ba’zi masalalarni hal qilishda
A
λ
emas,
balki "T" – (nur o’tkazish) qiymati bilan ishlash qulayroqdir.
Nur yutuvchi qatlam qalinligi. (
l) Buger-Lambert-Ber tenglamasidan
kelib chiqadiki,
l qancha katta bo’lsa, A ham shuncha oshib boradi va aniqlanish
chegarasi ham kamayib boradi. Biroq
l ortgani sari yorug’lik
sochilishi bilan
bog’liq xatolar ortib boradi. Shuning uchun odatda yorug’lik sochilishi bilan
bog’liq bo’lgan
l << 5 сm li kyuvetalardan foydalaniladi (ayniqsa sariq eritmalar
bilan ishlaganda).
Kontsentratsiya
sharoiti.
Fotometrik
aniqlashning
eng
muhim
operatsiyalaridan biri moddaning rangli birikmaga aylantirilishidir. Tahlil
qilinayotgan eritma rangli bo’lgan holatlar nisbatan kam uchraydi. Shuning uchun
ko’pincha aniqlangan element (yoki murakkab modda) oksidlanish-qaytarilish
yoki murakkablashish кeaksiyalari yordamida rangli birikmaga aylantiriladi.
Masalan, qotishmalarda Mn
2
+ ionlarini aniqlash reaksiyaga asoslangan:
2𝑀𝑛(𝑁𝑂
3
)
2
+ 5𝐾
2
𝑆
2
𝑂
8
+ 𝐻
2
𝑂
𝐴𝑔
+
→ 2𝐻𝑀𝑛𝑂
4
+ 4𝐻𝑁𝑂
3
+ 10𝐾𝐻𝑆𝑂
4
rangsiz
binafsha rang
Agar ma’lum bir elementni rangli birikmaga aylantirish uchun bir nechta
reagentlar ishlatish mumkin bo’lsa, unda quyi aniqlanish chegarasi va
aralashmalar tomonidan eng kam xalaqit berilishini ta’minlovchisi tanlanadi.