Agar eritmada bir-biri bilan o’zaro ta’sirlashmaydigan bir necha rangli
moddalar bo’lsa, har bir modda boshqalaridan mustaqil ravishda nur yutadi.
Bunda
berilgan
A
λ
to’lqin uzunligidagi
umumiy yutilish alohida
komponentlarning shu bilan bir xil to’lqin uzunligidagi yutilishlarning
yig’indisiga teng bo’ladi. Ushbu tamoyil (printsip)
rangli moddalar
aralashmalarini tahlil qilish uchun asos sifatida qabul qilingan. Agar λ = const va
l
= const bo’lganda, biz quyidagi tenglamaga ega bo’lamiz:
𝐴 = ∑ 𝐴
𝑖
= 𝑙 · ∑ 𝜀
𝜆
·
𝑖
𝑐
𝑖
𝑖
… … … … … … … … (3.8)
3.6 Absorbtsiya spektroskopiyasi instrumentlarining asosiy komponentlari
Absorbtsiya spektroskopiyasi instrumentlarining juda turli-tumanligiga
qaramasdan, barcha turlarida muayyan tamoyilga rioya qilinadi.
1.
Yorug’lik manbai. Oddiy qurilmalarda –
bu kunduzgi tabiiy
yorug’lik. Ko’proq mukammallashtirilgan qurilmalarda - volfram cho’g’lanma
lampalar, simob lampalar (λ = 254 nm; 302 nm; 334 nm), gaz to’ldirilgan
vodorodli lampalar (λ = 200 ...400 nm), Nernst shtifti ( λ = 1,6...2,0 mkm) va
globar (λ = 2,0...16 mkm gacha bo’lgan).
2. Monoxromatizator. Yorug’lik manbaidan yorug’lik nuri berilgan to’lqin
uzunligiga ega nurlanishni uzatuvchi monoxromator (yorug’lik filtri, prizma)
orqali o’tadi. Filtrning harakati o’ptik hodisalardan foydalanishga asoslangan:
nurning yutilishi va interferentsiyasi.
Absorbtsiya filtrlari kichik shaffoflikka va juda keng tarmoqli nur o’tkazish
yo’lagiga ega (Δλ ≥ 30 nm). Bular oddiy rangli shishalardir. Interferentsiya
yorug’lik filtrlari yaxshi xususiyatlarga ega: katta
shaffoflik va juda tor nur
o’tkazish yo’lagi (Δλ = 5 ... 10nm). Oxirgi ikkita filtrdan birgalikda
foydalanganda nur o’tkazish yo’lagi yanada torayadi.
Eng universal monoxromatizatorlar shishadan, kvartsdan, galogenidlardan
va ishqoriy yer metallaridan (IQ nurlar uchun – NaCl, KBr, LiF)
yasalgan
prizmalardir. Ular yordamida yuqori monoxromatiklik nurini keng diapozondagi
to’lqin uzunliklarida olish mumkin. Iloji boricha kyuvetalar ham
monoxromatizatorlar bilan bir xil materiallardan tayyorlanadi. Erituvchi sifatida
CHCl
3
(xloroform), CCl
4
(tetraxlormetan) va
boshqa organik erituvchilar
ishlatiladi.