- yorug’likni yutmasligi kerak, ya’ni optik shaffof bo’lishi kerak;
- sinov moddasi bilan kimyoviy reaksiyaga kirishmasligi kerak;
- sinov moddasini yaxshi eritishi lozim.
UB, ko’rinadigan va IQ maydonlardagi monoxromatik
nurlanish manbai
ma’lum diskret to’lqin uzunligidagi nurlanishni chiqaruvchi lazer hisoblanadi.
Keyin esa, yorug’lik nuri tadqiq etilayotgan eritma to’ldirilgan kyuvetaga
yuboriladi. Uzatilayotgan yorug’likning intensivligi qabul qilgich (retseptor) bilan
o’lchanadi. Bunday retseptor sifatidi fotokolorimetrlarda
fotoelementlar va
spektrofotomerlarda fotoko’paytirgichdan foydalaniladi.
Bu asosiy qismlarga linzalar, ko’zgular va prizmalardan iborat optik tizim
qo’shilishi kerak. Ular o’z yo’nalishini o’zgartiruvchi paralel yorug’lik
nurini
yaratish uchun xizmat qiladi. Yorug’lik oqimlarini
tenglashtirish uchun
diafragmalar, optik mexanizmlar xizmat qiladi.
3.7 Yagona nurli va ikki nurli spektrofotometrlar
Amaliyotda odatda tadqiq qilinayotgan eritmasidan va tarkibida o’xshash
toza
erituvchi
yoki
taqqoslash
eritmasidan
o’tayotgan
yorug’lik
intensivliklarining nisbatini aniqlashadi.
Absorbtsion spektroskopiyada ishlatiladigan
qurilmalar quyidagicha
tasniflanadi (klassifikatsiyalanadi):
1. Nurlanish (yorug’lik) oqimini monoxromatizatsiya usuliga qarab:
prizmatik
monoxromatizatorga
ega
bo’lgan,
yuqori
darajadagi
monoxromatizatsiyaga erishish imkonini beruvchi qurilmalar spektrofotometrlar
deyiladi; agar monoxromatizator sifatida yorug’lik filtrlari ishlatilsa –
fotoelektrokolorimetr, fotometrlar deb ataladi (3.11 va 3.12 rasmlar).
3.11 rasm. Yagona nurli KFK-3 spektrofotometri. 1 – nur manba’si, 2 – nur
filtri, 3 – bukilgan difraktsiya panjarasi, 4 – bukilgan ko’zgu, 5 – difraktsiya
panjarasi 6 – kyuvetka, 7 – nurni qabul qilish instrumenti.
3.12 Rasm. Ko’rinuvchan va UB spektrlarda ishlatiladigan 2
nurli
spektrofotometrning tuzilish sxemasi.
2. O’lchov usuliga qarab: yagona-nurli, to’g’ridan-to’g’ri o’lchov cxemali
[fotoelektrokolorimetr KF-77; spektrofotometrlar: ПЭ-5400ВИ/УФ, CF-4,
CF-4a, CF-5, UV5 (Mettler Toledo); UV-5100 UV/Vis],
va ikki-nur bilan
kompensatsion sxemali [fotoelektrokolorimetrlar: KF-3, KFK-3, KFK-2MP;
spektrofotometrlar: LEKI SS2109UV; UV-2700 (Shimadzu); Genesys 180
(Thermo FS)].
3. O’lchovlarni ro’yxatga olish usuliga ko’ra: ro’yxatga
oladigan va
ro’yxatdan o’tkazmasdan.
4. Hozirgi kunda ko’pchilik xorijiy firmalar
tomonidan yagona va ikki
nurli juda ko’p turdagi mukammal zamonaviy spektroskopiya instrumentlari taklif
qilinmoqda (3.13 rasm).