Neft-kimyo mahsulotlarini tahlil qilish uchun ultrabinafsha spektroskopiya
(UB) (200....400 nm) ishlatiladi. Boshqa sohalarda
u kamdan-kam hollarda
ishlatiladi.
IQ spektroskopiyasi nafaqat sifat analizi uchun, balki yangi sintez qilingan
moddalar molekulalarining tuzilishini aniqlash uchun ham cheksiz imkoniyatlarga
ega. Usul birikmaning IQ spektrining yagonaligiga va takrorlanmasligiga
asoslangan. Har bir birikmaning spektrlari ma’lum uzunlikdagi yoki chastotalarda
o’ziga xos atom bog’lari yoki funktsional guruhlariga
mos keladigan xarakterli
assimilyatsiya chiziqlaridan iborat bo’ladi.
Masalan, OH
⁻
-guruhining xarakterli yutilish yo’laklari turli birikmalarda
turli chastotalarda namoyon bo’ladi:
- karbon kislotalar (monomerlar) - 1280...1380 cm
-1
;
- karbon kislotalar (dimerlar) - 2500...3100 cm
-1
;
- boshlang’ich spirtlar 3200 ... 3400 cm
-1
.
Ya’ni xarakteristik yo’lakning chastotasi faqat ma’lum
funktsional
guruhning
mavjudligiga emas, balki moddaning ma’lum
bir birikmalar sinfiga
mansubligiga ham baho berish mumkin. Odatda, IQ spektrida bunday yo’lakning
yo’qligi o’rganilayotgan moddada tegishli guruh yo’qligini ko’rsatadi.
Lekin istisnosiz qoidalar yo’q. Masalan, yuqori simmetriyaga ega bo’lgan
molekulalarda tebranishlar ‒ C ≡ C ‒ poliyen bog’lanishlar (masalan, agar
bog’lanish molekulaning markazida bo’lsa) namoyon bo’lmaydi. Ba’zan kerakli
yo’lak qoshimcha aralashma birikmalar tufayli to’siladi
yoki turli funktsional
guruhlarning xarakterli guruhlarining chastotalarining tasodifiy o’xshash bo’lishi
kuzatiladi. Bunday holda boshqa tahlil usullariga murojaat qilinishi kerak.
Hozirgi davrda 20 mingdan ortiq birikmalarning IQ atlaslari va spektrlari
jadvali
nashr etildi, bu esa tahlilni osonlashtiradi. Dastlabki ma’lumotlarni bir
qator xarakteristik yo’laklarning spektral maydonlari va ularning mumkin bo’lgan
mansubligini ko’rsatuvchi Koltup xaritasi yordamida olish mumkin.
Minerallarni analiz qilishda IQ spektroskopiyadan foydalanish imkoniyati
guruhlarda namoyon bo’ladigan xarakteristik chastotalar mavjudligi bilan bog’liq:
CO
3
2‒
da 1450 сm
-1
; SO
4
2‒
da 1130 сm
-1
; NO
3
‒
da 1380 сm
-1
; NH
4
+
da
3300 сm
-1
.