3.14 rasm. Ko’rinadigan va UB spektrlari intervallaridagi
spektrofotometriya to’lqin uzunliklari.
Ko’pgina noorganik murakkab aralashmalar
va organik molekulalar
elektromagnit spektrining ko’rinadigan yoki UB sathidan nurlanish yutadi. Bu
ko’rinadigan va UB intervallarni
spektroskopiyasidan foydalanib,
eritmalardagi
ko’p sonli element va birikmalarni sifatiy va miqdoriy aniqlash imkonini beradi.
400 dan 800 nm gacha to’lqinlar uzunligi bilan to’lqinlanadigan
nurlanishlarni qabul qilish uchun, nurni yutuvchi molekulalari rangli bo’lishi yoki
kimyoviy reagentlar yordamida tahlildan oldin rangga bo’yalgan
birikmalarga
aylantirilishi kerak.