uchun bir turdagi instrumentlar ishlatiladi. Potentsiometrik o’lchamlar sxemasiga
indikator elektrodi, taqqoslov elektrodi va potentsial-o’lchovchi instrumentlar
(uskuna) kiradi. Instrumentlar sifatida turli pH-metrlar qo’llaniladi. pHni
o’lchashdan avval uskuna buferli eritmalar bo’yicha sozlanadi (kalibratsiya).
Potentsiometrik tahlil eritmadagi ionlarning faolligini bevosita aniqlashda
(bevosita potentsiometriya, ionometriya),
shuningdek titrlash jarayonida,
indikatorli elektrodni titrlash jarayonidagi potentsialini o’zgarishi bo’yicha
ekvivalentlik nuqtasini indikatsiyalashda (potentsiometrik titrlash) keng
qo’llaniladi. Potentsiometrik titrlash jarayonida, potentsialni aniqlovchi
ionlarning kontsentratsiyasi o’zgaradigan, quyidagi kimyoviy reaksiyalarning
tiplari
qo’llanilishi mumkin: kislotali-asosiy bog’lanish
reaksiyalari,
oksidlanish-qaytarilish reaksiyasi, cho’ktirish va kompleks hosil bo’lishi
reaksiyasi.
Potentsiometrik titrlash uslubi yordamida aniqlangan natijalar, to’g’ri
potentsiometrik uslubni qo’llashga nisbatan aniqroq,
chunki ushbu hollarda
ekvivalentlik nuqtasi yaqinida unchalik ko’p bo’lmagan kontsentratsiyaning
o’zgarishi, indikatorli elektrod potentsialining katta o’zgarishiga sabab bo’ladi.
Titrlash jarayonida, titrantning har bir portsiyasi qo’shilganidan so’ng yacheyka
EHKsi o’lchanadi va yozib boriladi. Boshida titrant unchalik katta bo’lmagan
portsiyada qo’shib boriladi, yakuniy nuqtaga yaqinlashgan sayin (reagentning
unchalik katta bo’lmagan portsiyasi qo’shilganda potentsialning keskin
o’zgarishi) portsiyalar kichraytirib boriladi (2.7a rasm).
Potentsiometrik titrlashning yakuniy nuqtasini
aniqlash uchun turli
usullardan foydalanish mumkin. Eng oddiy usuli titrlash yoychizig’ini – elektrod
potentsialini titrant hajmiga bog’liqlik grafigini tuzish hisoblanadi (2.7b va 2.8 –
rasmlar). Masalan, titrlashni pH = 8.2 ga yoki E = 100 mV ga tenglashgunicha
davom ettiriladi.
2.7 rasm. Potentsiometrik titrlash jarayoni.
Boshqa bir usuli potentsial o’zgarishini reagent hajmining o’zgarish
birligiga taqsimlash ΔE/ΔV (2.8 b-rasm).
Ko’rib chiqilgan usullar, titrlash egri yoychizig’i ekvivalentlik nuqtasiga
nisbatan simmetrik va yoychiziqning keskin bukilgan
joyi ushbu ekvivalentlik
nuqtasiga mos keladi degan farazga asoslangan. Bunday faraz, agar moddalar
ekvimolekulyar nisbatlarda o’zaro ta’sirlashsa va elektrodli jarayon to’liq qayta
tiklanuvchan bo’lsagina asosli bo’ladi.
Potentsiometrik uslubning boshqa tahliliy uslublardan afzalligi –
o’lchashlarni tez va yengillik bilan o’tkazilishidadir.
Indikatorli elektrodlar
potentsiali muvozanatini aniqlash vaqti oz, bu reaksiyalar kinetikasi va texnologik
jarayonlarni avtomatik nazoratini o’rganish uchun qulay. Mikroelektordlardan
foydalanish orqali, hajmi millilitrning o’ndan bir qismini tashkil etuvchi
na’munalarda aniqlash ishlarini olib borish imkoniyatiga erishish mumkin.