• Ag,AgCl│HCl(0.1M)║shisha║tahlil qilinayotgan eritma║KClt│AgCl, Ag
  • Tahlilning instrumental usullari / Darslik




    Download 4,55 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet29/101
    Sana08.01.2024
    Hajmi4,55 Mb.
    #132176
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   101
    Bog'liq
    ber burger formulasi

    Shisha elektrod –bu unchalik ham murakkab bo’lmagan tizimning 
    birmuncha shartli nomi bo’lib, ushbu tizim, pastki qismida maxsus elektrodli 
    shishadan iborat sharik payvandlangan, unchalik ham katta bo’lmagan 
    izolyatsiyalovchi shishali idishdan iborat. Bunday elektrod tokni o’tkazuvchi 
    bilan jihozlangan. Shishali elektrodda ichki standart eritma sifatida 0,1 M 
    vodorod xlorid kislotasi, odatda natriy va kaliy xloridlari bilan qo’shilgan holda 
    ishlatiladi. Shuningdek xlorid yoki bromidlar aralashtirilgan qandaydir buferli 
    eritmadan foydalanish ham mumkin. Tokni o’tkazuvchi sifatida, kumush xloridi 
    bilan qoplangan kumush simdan iborat bo’lgan xlor-kumushli elektrod xizmat 
    qiladi. Tok o’tkazuvchiga izolyatsiyalangan, ekranlangan (tashqi ta’sirdan 
    saqlovchi to’siqli) sim o’rnatiladi. Shishali elektrod odatda xlor-kumushli 
    taqqoslov elektrodi bilan juft holda ishlatiladi (2.5 rasm). Bunda qo’llaniladigan 
    elektrokimyoviy zanjirni quyidagicha yozish mumkin: 
    Ag,AgCl│HCl(0.1M)║shisha║tahlil qilinayotgan eritma║KClt│AgCl, Ag
    Shisha elektrodi 
    Xlorkumushli elektrod 
    Shisha elektrodning potentsiali, shishadagi ishqorli metallar ionlari bilan 
    eritmadagi vodorod ionlarining almashinuvi yo’li bilan shakllanadi. Shisha va 
    eritmadagi ionlarning energetik holati turlicha. Bu shunga olib keladiki, 
    vodorodning ionlari shisha va eritma orasida shunday taqsimlanadiki, ushbu 
    fazalarning yuzasi qarama-qarshi zaryadlarga ega bo’ladi, shisha va eritma orasida 
    eritmani pH ko’rsatkichiga bog’liq bo’lgan potentsiallar xilma-xilligi yuzaga 
    keladigan ahamiyat kasb etadi.
    O’lchanayotgan pH ko’rsatkichi shisha membranada chegara potensialining 
    shakllanishi bilan belgilanadi. 
    Har qanday materialda zaryad muvozanati mavjud bo'lmaganda, ushbu 
    material jismida elektr quvvati mavjud: 
    -membrana ichki devoridagi protonlar kontsentratsiyasi doimiy bo’lgan 
    holatda membrane tashqi devoridagi protonlarning kontsentratsiyasi tashqaridagi 
    analit eritmasidagi protonlarning kontsentratsiyasi yoki faolligi bilan belgilanadi. 
    -bu kontsentratsion farq biz o'lchaydigan potentsial farqni keltirib chiqaradi 
    va uni biz pH metr yordamida o’lchaymiz. 
    -membrananing har bir ayrim olingan chegarasida shisha yuzasida H+ 
    adsorbsiyasi natijasida hal qiluvchi kichik mahalliy potentsial shakllanadi (2.6a 
    rasm). 



    Download 4,55 Mb.
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   101




    Download 4,55 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tahlilning instrumental usullari / Darslik

    Download 4,55 Mb.
    Pdf ko'rish