birinchi yuzasi – membrananing ichki devori va elektrodning ichki eritmasi,
ikkinchisi – membrananing tashqi devori va tashqi (tahlil etilayotgan)
eritma
(suv namunasi). ISEda membrana tadqiq etilayotgan va yordamchi ichki eritmani
ajratib turadi, keyingisining kimyoviy tabiati mazkur elektrodning u yoki boshqa
ionga nisbatan selektivligini belgilaydi (2.4 rasm).
Ionoselektivli elektrodlar quyidagi guruhlarga bo’linadi:
- Shisha elektrodlar;
- Gomogen yoki geterogen membranali qattiq elektrodlar;
- Suyuqlikli elektrodlar (uyushgan ionlar, metallarning xelati yoki
neytral ligandlar asosida)
-
Gaz elektrodlari;
- Biologik moddalarni faolligini (kontsentratsiyasini) o’lchash uchun
elektrodlar.
2.4 rasm. Noorganik polikristall
yoki noorganik monokristall
tuzlaridan yasalgan qattiq
membranali ion-selektiv
makroelektrod tuzilishi.
(https://chem.libretexts.org/Course
s/Northeastern_University/11%3A
_Electrochemical_Methods/11.2%
3A_Potentiometric_Methods dan
olindi, 01.26.2021)
Membranali elektrodlar, elektrolitning ikkala
eritmasi bilan kontakt
(aloqa) qiluvchi MX
1
(s1)/membrana/ MX
2
(s2), ion almashinuvchi materialdan
bo’lgan plastinkalar shaklida bo’ladi.
Ionoselektiv
elektrodlar orasida, pH ni o’lchashga mo’ljallangan shisha
elektrod keng qo’llaniladi (2.5 rasm).
2.5 rasm. pH metriyada qo’llaniladigan xlorkumushli taqqoslash elektrodi
(chapdagisi) va shishali ionselektiv elektrod va uning tuzilishi (o’ngdagisi).
(https://www.bsmu.by/downloads/kafedri/k_obschim/stud/2014-2/5.pdf,
26.01.2021)
Bozorda mavjud bo'lgan ko'plab pH elektrodlari H+ - ionli selektiv shisha
elektrod va qo'shimcha taqqoslash elektrodlari bo'lgan birlashtirilgan kombinativ
elektrodlardir, ular bir korpusda qulay tarzda joylashtirilgan (2.6 rasm). Ba'zi bir
maxsus dasturlar uchun alohida pH elektrodlari va taqqoslash elektrodlari hali
ham qo'llanilmoqda - ular ba'zan tadqiqot maqsadlari uchun zarur bo'lgan yuqori
aniqlikni ta'minlaydi. Ko'pgina
hollarda,
birlashtirilgan elektrodlar juda aniq va
ulardan foydalanish juda qulay.
Hozirgi kunda boshqa moddalar
ionlarini aniqlashda ishlatilladigan shisha
ionselektiv
elektrodlar
ham
ishlab
chiqilgan, masalan quyidagilar: Li
+
, K
+
,
Rb
+
, Cs
+
, NH
4
+
, Ag
+
, va Tl
+
.
2.6 rasm. Zamonaviy pH metriyada
qo’llaniladigan
kombinativ elektrodning tuzilishi.