55
-zaxiralarni eng yuqori darajada to’ldirib turishning davrlar
bo’yicha saqlab turish tizimi;
-haqiqiy zaxira darajasining uzluksiz
tekshirib turishdagi
belgilangan miqdor tizimi.
Birinchi tizimni qo’llashda korxona tomonidan mahsulot yetkazib
beruvchiga talab jo’natilgan bo’lib u o’zgarmaydi. Masalan, har
dushanba kuni firma menedjeri tovarlar qoldig’ini ko’rib chiqib,
oldindan belgilab qo’yilgan eng yuqori me’yorga yetkazish uchun
qo’shimcha talab qo’yadi.
Ikkinchi usulning mohiyati shundan iboratki,
qaysidir tovarning
zaxirasi belgilangan eng kichik miqdorga yetishi bilan ushbu tovarga
qo’shimcha talab qo’yiladi.
Bunda talab qilinadigan tovar to’plamining miqdori doimiy
ravishda bir xilda bo’ladi (zaxira miqdorining belgilab qo’yilgan
miqdori). Aytib o’tilgan tizimlarni batafsilroq ko’rib chiqaylik.
Eng yuqori darajagacha bo’lgan holatini nazorat qilish bir xil
vaqtlar o’rtasida qoldiqlarni sanoq qilish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Tekshirishlar natijalariga
qarab talabnomalar tuzilib, yangi tovar
to’plami olinadi.
Talab qilinadigan tovar to’plamining miqdori tovar zaxirasining
eng yuqori me’yorida ko’zda tutilgan va tekshirish davridagi haqiqiy
zaxira o’rtasidagi farq bilan belgilanadi.
Talablarni ijro etish uchun ma’lum vaqt davri talab etilgani bois,
talab etiladigan to’plamning miqdori
ushbu davr davomida sarf
qilinadigan tovar miqdoriga ko’paytiriladi.
Talab qilinadigan to’plamning miqdori (T) quyidagi formula
orqali aniqlanadi:
T q 3 maks – (3 fak –3 t.b)
bunda, 3
maks
- me’yorda belgilangan eng yuqori zaxira;
3.
fak
- tekshirish
davomidagi haqiqiy zaxira;
3
t.b
- talablarni joylantirish va bajarish davomidagi sarf
qilinadigan zaxira;
Amalda bu tizim bo’yicha ko’p tovarlar ichida
birortasiga
talab
qo’yilib, bir tovar yetkazib beruvchining o’zidan olinib, talab darajasi
nisbatan bir xilda bo’lgan, kam qimmatli tovarlar hisoblanadi va x.k.
Zaxiralar holati darajasini uzluksiz tekshirib turish sharoitida
56
talablar miqdorini saqlab turish tizimi (zaxira darajasining yaqin
o’rtadagi miqdori). Zaxiralar holatini
nazorat qilishning bunday
tizimida zaxiralarni to’ldirish uchun talab miqdori doimiy ko’rsatkich
bo’lib hisoblanadi. Vaqt oraliqlari talablarni joylashtirish davomida
har xil bo’lishi mumkin.
Bunday tizimda me’yoriy ko’rsatkichlar bo’lib talab miqdori
hisoblanadi, hamda talablarni joylashtirish davridagi zaxira miqdoriga
qaraladi (zaxira darajasining yaqin o’rtadagi
miqdori yoki talab
nuqtasi sug’urta miqdori ko’rsatkichidir.
Yetkazib berish uchun talablar mavjud zaxiralarning talab
nuqtasaga kamaygani hollarida qo’yiladi.