|
-rasm. Loyiha uchun dasturning yuklanish shaklini tanlash
Undan so’ng, dasturga kirish nuqtasi sifatida, Main
|
bet | 2/9 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 5,66 Mb. | | #244731 |
Bog'liq visual studio9.4-rasm. Loyiha uchun dasturning yuklanish shaklini tanlash
Undan so’ng, dasturga kirish nuqtasi sifatida, Main funksiyasi nomini beramiz
(9.5-rasm):
9.5-rasm. Loyihaga kirish nuqtasini berish Ok tugmasini bosish bilanoq, dastur bajariladi.
Xossalar
Ish maydoniga joylashtirilgan har qanday obyekt o’zining xususiyatiga egadir. Masalan, Solution Explorerdagi fayl o’zini turgan joyini ifodalaydigan papka yo’lini ko’rsatadigan xususiyatga ega. Palitradagi komponent (masalan, tugmacha) ishlash vaqtida ko’rinuvchi, formadagi o’zining nomiga, koordinatasiga va h.k. ega.
Faol (ya’ni, ayni vaqtda sichqoncha bilan bosilgan) obyektning barcha xususiyatlari Properties (свойства) nomli alohida oynada aks etib turadi. Bu oyna ko’rinib turgan bo’lishi ham mumkin yoki yo’q. Oynani ko’rsatish uchun formadagi istalgan obyektning ustida konteks menyu chiqariladi hamda undan Properties opsiyasi tanlanadi. Ushbu elementning ko’rinishi 9.6-rasmda aks etgan
9.6-rasm. Obyektning xususiyatlar oynasi, xossalar bo’limi
Hodisalar
Hodisalar – obyektga qo’shiladigan usullar bo’lib, bu usullar har bir komponenta uchun standart ishlab chiqilgan va har bir usul dasturdan foydalanayotgan shaxsning ma’lum bir harakati amalga oshirilgandagina bajariladi.
Masalan, o’sha obyektni sichqonchaning chap tugmachasi bilan bir marta chertish.
Obyektga qo’shiladigan usullarga o’sha obyektning Xususiyatlar (Свойство) oynasidan, Events (События) bo’limiga o’tiladi. Obyektning Properties oynasining ko’rinishi 9.7 – rasmda aks ettirilgan.
9.7-rasm. Obyektning xususiyatlar oynasi, hodisalar bo’limi
Form sinfi
Visual Studio 2012 dasturlash muhitida Console Application qismidan tashqari Windows Application dasturlash muhiti ham mavjud. Bu muhitda biz interfeysga ega bo’lgan dasturlarni yarata olamiz. Hozirgi zamonaviy dasturlash tillarida interfeysli dasturlashga katta ahamiyat qaratilgan. Microsoft Windows operatsion tizim uchun dastur tuzishda Visual Studio 2012 muhitida C++ dasturlash tilidan foydalanishimiz
mumkin.
Visual C++ dasturlash tilida Form sinfini yaratish uchun yangi loyiha yaratiladi va loyihani yaratish quyidagicha amalga oshiriladi: Файл->Создать->Проект yoki Ctrl+Shift+N tugmalarini bosish kerak (9.8 rasm)
|
| |