|
Topshiriq: Auditorlik tashkiloti ikkala taklifni qabul qila oladimi? Agar bitta bo‘lsa qaysi taklifni qabul qilishi kerak?
26-masala
|
bet | 6/7 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 32,16 Kb. | | #228203 |
Bog'liq (S) Audit faniTopshiriq: Auditorlik tashkiloti ikkala taklifni qabul qila oladimi? Agar bitta bo‘lsa qaysi taklifni qabul qilishi kerak?
26-masala. Majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tadigan aksiyadorlik jamiyati auditorlik tashkilotiga ushbu yilda o‘tkaziladigan tekshiruvning ob’ekti qilib, ular uchun yangi soha bo‘lgan eksport-import operatsiyalarini olishni taklif qildi.
Topshiriq: Majburiy auditorlik tekshiruvi bo‘yicha shartnoma ob’ekti bo‘lib faqatgina eksport-import operatsiyalari bo‘lishi mumkinmi?
27-masala. Tikuv-ishlab chiqarish firmasi auditorlik firmasi bilan tuzilgan shartnomada ko‘rsatilgan talablarni bajarmaganligi sababli, tikuv-ishlab chiqarish firmasi va auditorlik firmasi o‘rtasida o‘zaro nizo kelib chiqdi. SHu sababli, tikuvishlab chiqarish firmasi auditorlik tashkiloti bilan amaldagi shartnomani buzib, Sizning auditorlik tashkilotngiz bilan shartnoma tuzmoqchi.
Topshiriq: Bu holatda Sizning auditorlik tashkilotngiz qanday yo‘l tutishi lozim?
28-Masala. «Ayubxon» firmasi sizning auditorlik tashkilotingizga tekshiruv o‘tkazib berish yuzasidan murojaat qildi. Avvalgi auditorlik tashkiloti bilan shartnomaning buzilish sababi auditorlik xulosasining o‘z vaqtida taqdim qilinmaganligidir. «Ayubxon» firmasining ikkita bo‘linmasi mavjud bo‘lib, ularning birinchisi bosh ofis bilan bir joyda joylashgan. Birinchi bo‘lim korxona va tashkilotlarga isitish va sovitish sistemasini o‘rnatib beradi. Barcha ishlar iste’molchilarning talablariga binoan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Ikkinchi bo‘linma bosh ofisdan 25 km uzoqda joylashgan bo‘lib, elektr buyumlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Ikkala bo‘limda ham buxgalter mavjud bo‘lib, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot alohida tayyorlanadi va bosh ofisda konsolidatsiyalashgan hisobot tuziladi. Oxirga yillarda birinchi bo‘lim daromadli bo‘lib, ikkinchi bo‘limda rentabellik pasaygan. Direktorlar Kengashi ikkinchi bo‘limni sotib yuborish uchun haridor izlamoqda. Birinchi bo‘limning menedjerlari yuqori malakali bo‘lib, ishni to‘g‘ri tashkil qilishgan. SHuning uchun direktor aksiyalar kursini ko‘tarish maqsadida tezroq auditorlik xulosasini olishni rejalashtirgan.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Topshiriq: Auditorlik tashkiloti ikkala taklifni qabul qila oladimi? Agar bitta bo‘lsa qaysi taklifni qabul qilishi kerak?
26-masala
|