|
Topshiriq: Auditorning tutadigan yo‘lini aniqlang?
7-masala
|
bet | 2/7 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 32,16 Kb. | | #228203 |
Bog'liq (S) Audit faniTopshiriq: Auditorning tutadigan yo‘lini aniqlang?
7-masala. «Odina-Audit» auditorlik tashkiloti 3 yil oldin tashkil etilgan. U hozirgi kunga qadar kattalashib ketgan va o‘z filliallariga ega. Firma auditorlik xizmati ko‘rsatadi va qo‘shimcha ravishda Soliq Qonunchiligi masalalari bo‘yicha maslahatlar beradi.
Topshiriq: Bu maslahatlar auditorlik xizmatiga qanday ta’sir ko’rsatadi.
8-masala. «Fayz» MCHJda audit o‘tkazildi. Auditorlar tomonidan kamchiliklar aniqlanmadi. Korxona rahbarlari tomonidan auditorlarga qimmatbaho sovg‘alar berildi.
Topshiriq: Auditorlar bunga qanday qarashlari lozim?
9-masala. «SHaxzod» xususiy korxonasida audit qilish natijasida soliqlardan kam to‘langanligi ma’lum bo‘ldi. Uni yashirish maqsadida korxona direktori har bir auditorga dam olish uchun yo‘llanmalar taklif qildi va ulardan ijobiy auditorlik xulosa berishlarini iltimos qildi.
Topshiriq: Bunday holatda auditorlar qanday harakat qilishlari lozim?
10-masala. Auditorlik tashkiloti mijozining uchta katta magazinlari mavjud. Uning har birida bir nechta bo‘limlari bo‘lib, ular kamida 5 yilda bir marta hujjatli tekshirishdan o‘tishi kerak. Auditor oldiga risk yuqori bo‘lgan bo‘limlarni mukammal tekshirish vazifasi qo‘yilgan. Magazinlarning har birida ichki nazorat bo‘limi mavjud. O‘tgan yili magazinlarda auditorlik tekshiruvi o‘tkazilgan.
Topshiriq: Auditor riskni baholash uchun nimalarga e’tibor berishi kerak?
11-Masala. Auditor mol etkazib beruvchilar bo‘yicha 60 ta hujjatni tekshirib chiqdi va 2 ta hujjatda xatolik aniqlandi. Mol etkazib beruvchilar bo‘yicha umumiy hujjatlar soni 400 ta.
Topshiriq: Ushbu aniqlangan xatolikning umumiy to‘plamga ta’sirini aniqlang?
12-masala. Auditorlik hisobotini imzolashdan oldin, auditor shuni aniqladiki, mijozning filiallaridan biriga kuchli shamol tufayli katta zarar etkazilgan. Bu hodisa moliyaviy hisob sanasidan keyin ro’y bergan. Zarar sug’urta kompaniyasi tomonidan qoplanmaydi.
Talab qilinadi: Bu hodisa kompaniyaning moliyaviy hisobotiga ta’sir ko’rsatadimi? Agar shunday bo’lsa buxgalteriya hisobida nima o’zgaradi?
13-masala. Audit o’tkazish davrida keyingi yilning boshida shartnoma tuzilgan bo’lib, unga ko’ra sizning mijozingiz tovar-moddiy boyliklar sotadi va hisobot yilidagiga nisbatan 10 marta ko’proq daromad olishini aniqladingiz.
|
| |