• Talab etiladi
  • Topshiriq
  • Topshiriq: Auditorlik tashkiloti ushbu taklifni qabul qila oladimi? 18-masala




    Download 32,16 Kb.
    bet4/7
    Sana13.05.2024
    Hajmi32,16 Kb.
    #228203
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    (S) Audit fani

    Topshiriq: Auditorlik tashkiloti ushbu taklifni qabul qila oladimi?


    18-masala. Mijoz keyingi yilgi tekshiruv uchun zarur bo‘ladigan xujjatlarni oldindan tayyorlab qo‘yish uchun (vaqt va mablag‘ni tejash maqsadida) unga auditorning ishchi xujjatlarini nusxa qilib berishni so‘radi.
    Talab etiladi. Mustaqillik nuqtai nazaridan qanday muammo kelib chiqishini aniqlang. Bunday taklifga auditor qanday aks javob qaytarishi kerak?


    19-masala. Farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaradigan korxonadan Siz faoliyat yuritayotgan auditorlik tashkilotiga audit o‘tkazish yuzasidan taklif tushdi. Sizning turmush o‘rtog‘ingiz bu korxonada bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritadi.
    Topshiriq. Sizning auditorlik tashkilotingiz bu taklifni qabul qila oladimi?

    20-masala. Auditor auditorlik tekshiruvini sifatsiz o‘tkazganligi, tijorat sirini oshkor etganligi hamda boshqa hatti-harakatlari oqibatida auditorlik tashkilotiga zarar etkazganligi uchun unga qonun hujjatlariga muvofiq qanday jazo qo‘llaniladi?


    21-masala. Auditorlik tashkilotida mijoz korxonaning quyidagi buxgalteriya hisobi hujjatlari va moliyaviy hisoboti mavjud: Buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot, pul mablag‘larining harakati va xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotlar, balansga tushuntirish xati, biznes reja, buyruq va xo‘jalik shartnomalari, korxonaning shtat jadvali, hujjat aylanish grafigi, o‘tgan yilgi auditorlik tekshiruvi xulosasi.
    Topshiriq: Auditor rejalashtirish jarayonida mijoz haqidagi yana qaysi hujjatlarni to‘plashi kerak va tekshirish o‘tkazishning qaysi usullaridan foydalanishni rejalashtirishini aniqlang.


    22-masala. Audit jarayonida korxonaning soliqlar bo‘yicha hisob-kitoblarini O‘zbekiston Respublikasi Soliq qonunchiligiga asosan tekshirildi va soliqlar bo‘yicha hisob-kitoblarda hech qanday xato va kamchiliklar aniqlanmaganligini ma’lum qildi. Oradan uch oy o‘tgandan keyin soliq inspeksiyasi tomonidan tekshirish o‘tkazilib, soliq hisob-kitoblari bo‘yicha bir qancha kamchiliklarni aniqladi. SHundan keyin, korxona hisoblangan soliqlardagi kamchiliklari uchun jarima to‘lashi zarur bo‘ldi. Mijoz qonuniy asosda auditorlik tashkilotiga murojaat qilib, nima sababdan bu xato va kamchiliklar tekshirish paytida aniqlanmaganligini so‘radi.

    Download 32,16 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 32,16 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Topshiriq: Auditorlik tashkiloti ushbu taklifni qabul qila oladimi? 18-masala

    Download 32,16 Kb.