|
Topshiriq. Bunday holatda jarimani Davlat Soliq inspeksiyasiga kim to‘laydi?
23-masala
|
bet | 5/7 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 32,16 Kb. | | #228203 |
Bog'liq (S) Audit faniTopshiriq. Bunday holatda jarimani Davlat Soliq inspeksiyasiga kim to‘laydi?
23-masala. “Diyora” MCHJning ta’sischilaridan biri egallab turgan bosh rahbar lavozimidan chetlashtirilganligini asoslash uchun buxgalteriya hisobining to‘g‘ri tashkil etilganligini tekshirish xizmatini amalga oshirish uchun auditorlik tashkiloti bilan shartnoma tuzishni talab qilyapti. Xizmat uchun to‘lov hajmini ta’sischi qo‘yilgan maqsadga etishish darajasiga qarab aniqlashni taklif qilyapti.
Talab etiladi. Auditorlik tashkilotining harakatini belgilang.
24-masala. Audit o‘tkazish jarayonida bosh auditor auditorga audit o‘tkazilayotgan korxonaning soliqlar bo‘yicha hisob-kitoblarini O‘zbekiston Respublikasi Soliq qonunchiligiga asosan tekshirib chiqish yuzasidan topshiriq berdi. Tekshiruv tugagach, auditor soliqlar bo‘yicha hisob-kitoblarda hech qanday xato aniqlanmaganligini ma’lum qildi. Audit jarayonida bir haftadan so‘ng auditorlik hisoboti va ijobiy auditorlik xulosasi tayyorlandi. Ikki oy o‘tgandan so‘ng 26 soliq inspeksiyasi tomonidan tekshirish o‘tkazilib, soliq hisob-kitoblari bo‘yicha bir qator kamchiliklarni aniqladi. SHunga ko‘ra, korxona, hisoblangan soliq va jarimalarni to‘lashi zarur bo‘ldi. Mijoz qonuniy asosda auditorlik tashkilotiga nima sababdan bu xato-kamchiliklar tekshirish paytida aniqlanmaganligi haqida murojaat qildi.
Aniqlang: Bu holatga qanday baho berasiz? Holatlarni tahlil qiling
25-masala. Auditorlik tashkiloti «A» va «B» firmalaridan auditorlik tekshiruvini o‘tkazib berish yuzasidan taklif oldi. «A» firmasi besh yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan bo‘lib, majburiy auditorlik tekshiruviga tortilmaydi. Soliq inspeksiyasi tomonidan o‘tkazilgan hujjatli tekshiruv vaqtida «A» firmasiga katta miqdorda jarima sanksiyasi qo‘yilgan. Agarda firma ushbu jarimani to‘lasa, uning moliyaviy barqarorligi yo‘qoladi. SHu sababli firma auditorlik tashkilotiga ushbu moliyaviy jarimani kamayti-rib berish uchun tekshiruv o‘tkazib berish taklifi bilan chiqdi va auditorlik tashkilotiga ushbu xizmat uchun bir million so‘m to‘lashini ma’lum qildi. «B» firmasi majburiy auditorlik tekshiruviga tortiluvchi tashkilot hisoblanadi. Faoliyatining uchinchi yilida firma auditorlik tashkilotini o‘zgartirib, yuqoridagi auditorlik tashkilotiga murojaat qildi. «B» firmasi auditorlik tekshiruvi uchun sakkiz yuz ming so‘m to‘lab berishini ma’lum qildi. Auditorlik tashkilotida xodimlar soni cheklangan bo‘lib, bir vaqtning o‘zida ikkala taklifni qabul qila olmaydi. Ikkala taklifni qabul qilishi uchun chetdan xodimlar jalb qilishi kerak bo‘ladi.
|
| |