|
Talab omili
|
bet | 4/4 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 261,17 Kb. | | #135678 |
Bog'liq 1492247052 66085 Biz ehtiyoj tushunchasi haqida dastlabki bobda gapirgan edik. Ehtiyoj kishilarning hayotiy vositalariga bwlgan zaruriyatini ifodalovchi ilmiy kategoriya sifatida taraqqiyotning hamma bosqichlari uchun umumiy va doimiydir. Uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi tarixiy kwrinishi talab tushunchasidir. Talab ehtiyojdan farq qilib, mustaqil iqtisodiy kategoriya (ilmiy tushuncha) sifatida amal qiladi.
Talab qonuni – tovarlar narxi bilan uning sotib olinadigan
miqdori wrtasidagi teskari yoki qarama –qarshi
bog`liqlikni ifodalaydi.
Talablar turlicha bo’lib, odatda bir xil tovar yoki xizmatlarga bwlgan talabning ikki turi farq qilinadi: yakka talab va bozor talabi. Har bir iste`molchining, ya`ni alohida shaxs, oila, korxona, firmaning tovarning shu turiga bwlgan talabi yakka talab deyiladi. Bir qancha (kwpchilik) iste`molchilarning shu turdagi tovar yoki xizmatga bwlgan talablari yig`indisi bozor talabi deyiladi.
Jadval ma`lumotlari tovar narxining pasayishi sotib olinadigan tovar miqdorining wsishiga va aksincha, narxning wsishi talab miqdorining kamayishiga olib kelishini kwrsatadi. Mahsulot narxi va sotib olinadigan tovar miqdori wzgarishi wrtasida bwladigan teskari yoki qarama-qarshi bog`liqlik talab qonuni deyiladi.
Tovar narxi va uning xarid qilinadigan miqdori (talabning) wrtasidagi teskari bog`liqlikni oddiy ikki wlchamli grafikda ham tasvirlash mumkin: yotiq chiziq talab miqdorini, tik chiziq narxni kwrsatadi
Talabning turkumlanishi.
Individual, ya`ni yakka talab ham, bozor talabi ham miqdor jihatdan aniqlanadi. Lekin bu miqdor har doim ham bir xil bwlib turmaydi, balki wzgaruvchan bwladi. Talab miqdorining wzgarishiga bir qancha omillar ta`sir qiladi. Ularning ichida eng kwp ta`sir qiladigan omil narx omilidir.
Grafikdagi DD chiziq narx va talab hajmi wrtasidagi
teskari bog`liqlikni tasviriy aks ettiradi. Grafikdagi har bir nuqta tovarning aniq narxi va iste`molchi shu narxda sotib olishi mumkin bwlgan tovar miqdorini kwrsatadi.
Narx va talab hajmining o`zgarishi wrtasidagi teskari bog`liqlikni kwrsatuvchi bu chiziq talab egri chizig`i deyiladi.
Agar talab egri chizig`i wzining oldingi holatida qolsa va bunda u yoki bu tovarni sotib olishdagi har qanday miqdoriy wzgarish talab miqdorining wzgaruvchanligini bildiradi.
Talab miqdoriga narxdan tashqari ta`sir qiluvchi omillar. Talab hajmining wzgarishi faqat tovar narxiga emas, balki boshqa bir qator omillarga ham bog`liq bwladi. Bu omillar talabning narxdan tashqari omillari deyiladi.
Talabga narxdan tashqari quyidagi asosiy omillar ta`sir kwrsatadi: 1) iste`molchining didi; 2) bozordagi iste`molchilar soni; 3) iste`molchining daromadlari; 4) bir–biriga bog`liq tovarlarning narxi; 5) kelajakda narx va daromadlarning o’zgarishi ehtimoli.
Daromadlar o`zgarishi bilan talab miqdori teskari bog`liqlikda o`zgaradigan tovarlar past toifali tovarlar deyiladi.
E`tiboringiz uchun raxmat !
|
| |