|
Taklif tushunchasi. Taklif qonuni. Taklifga ta`sir etuvchi omillar
|
bet | 2/4 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 261,17 Kb. | | #135678 |
Bog'liq 1492247052 660852. Taklif tushunchasi. Taklif qonuni. Taklifga ta`sir etuvchi omillar.
Taklif – bu narxlarning mavjud darajasida ishlab chiqaruvchilar tomonidan bozorga sotishga chiqariladigan tovarlar miqdori.
Narz o`sishi bilan sotishga chiqariladigan tovarlar miqdori ham ko`payadi, narx tushganda esa kamayadi. Bu o`zaro to`g`ridan – to`g`ri bog`liqlik taklif qonuni deyiladi.
100
200
300
400
500
10
P(so`m)
Narx
10
20
30
40
50
60
70
80
90
100
Miqdor Q (kg)
A
B
V
G
D
E
Taklif egri chizig`i.
Taklifga narxdan tashqari ta`sir qiluvchi omillar:
- Resurslar narxi;
- Ishlab chiqarish texnologiyasi;
- Soliq va dotasiyalar;
- Bir –biriga bog`liq tovarlar narxi;
- Infyatsion kutilish;
- Bozordagi sotuvchilar soni.
Egiluvchanlik – talab yoki taklif omillaridan birining o`zgarishi natijasida ular miqdorining o`zgarishini bildiradi.
Masalan, talabning baholi egiluvchanligi bahoning o`zgarishi hisobiga talab qilinadigan tovar miqdorining o`zgarishi.
Agar talab miqdorini Q; bahoni P deb olsak, bahoning 1 % ga o`sishi talabning qanday foizli o`zgarishiga olib kelishini quyidagicha tasvirlash mumkin :
E = ( % Q) / (% P)
Egiluvchanlik farqlanadi:
- Qisqa va uzoq davrda;
- Tovarlarning alohida turkumlari bo`yicha .
Masalan, kundalik iste`mol tovarlari va uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarga talab egiluvchanligi bir xil emas.
Talab egiluvchanligini belgilab beruvchi omillar :
- Mahsulot o`rnini bosuvchanligi;
- Mahsulot narxining iste`molchi daramadidagi salmog`I;
- Mahsulot iste`mol xususiyatlari;
- Vaqt omilllari (qaror qabul qilish uchun talab qilinadigan vaqt).
Narxning muayyan darajasida talab va taklif miqdori nisbatan bir –biriga mos kelgan holat bozor muvozanati deyiladi.
Bozor muvozanatiga erishganda shakllangan narx muvozanatli narx, shu narxda sotilishi mumkin bo`lgan tovarlar miqdori ishlab chiqarishning muvozanatli hajmi deyiladi.
|
| |