|
Talabalarni o‘yinli texnologiyalar asosida innovatsion faoliyatga tayyorlash tamoyillari va didaktik shart – sharoitlari
|
bet | 2/6 | Sana | 26.06.2024 | Hajmi | 47,03 Kb. | | #265847 |
Bog'liq Ibragimova GulzodaКлючевые слова. Игра, деятельность, услуга, труд, инженерные игры, инновационная деятельность, личностные качества, инновационные знания, умения, комплекс отношений.
PRINCIPLES AND DIDACTIC CONDITIONS OF PREPARING STUDENTS FOR INNOVATIVE ACTIVITIES BASED ON GAME TECHNOLOGIES
Abstract. The article created favorable conditions for the development and improvement of the child’s imagination when organizing the game itself, and also studied that complex movement skills are mastered not only during the game, but also through direct learning through the influence of the game on the child’s movements.
The article examines the importance of engineering games in preparing future engineering students for innovative activities, students' interest in this subject with the help of various didactic game technologies in the educational process, achievements in developing the potential of our students, as well as effective ways. The issue of teaching development is discussed.
Keywords. Game, activity, service, work, engineering games, innovative activity, personal quality, innovative knowledge, skill, set of relationships.
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim jarayonida mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, yaratuvchanlikka intiluvchi shijoatkor, kadrlar yetishtirishga katta e’tibor berilmoqda. Ma’lumki, barcha davrlarda ham o‘qitish mazmuni, ta’lim tizimi ijtimoiy taraqqiyot bilan o‘zaro muvofiqlikda rivojlanib kelgan. Ro‘y bergan ijtimoiy o‘zgarishlarning barchasi muayyan darajada ta’lim mazmunida o‘z aksini topadi. Buni ilm-fan, texnika va texnologiya sohalarida ro‘y bergan o‘zgarishlarning o‘qitish jarayoniga tatbiqi misolida ham ko‘rish mumkin. Yoshlarni ta’lim olishga moyilligi, layoqatlari, bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularning tanlagan kasblarini egallashlari uchun umumkasbiy fanlarni o‘qitish, mustaqil va ijodiy ishlashlarini samarali tashkil qilish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Respublikamizga turli sohalarda keng qamrovli tafakkuri rivojlangan, mustaqil fikrlay oladigan mutaxassislar zarur. Bu masalani bugungi kunda qanchalik dolzarb ekanligini Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoevning quyidagi fikrlari ham tasdiqlamoqda: “Bugungi tez o‘zgarayotgan dunyo insoniyat oldida, yoshlar oldida yangi-yangi, buyuk imkoniyatlar ochmoqda”[1, 25]. Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchi va talabalarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish asosiy o‘ringa ko‘tarilishi zamon talabidir. Bolaning butun hayot davomida, ta’limning barcha bosqichlarida mustaqil fikr yuritaolishi asosiy talab bo‘lib qolishi kerak.
Tarbiya doimo jamiyat uchun muhim vazifani bajarib kelgan va turli avlodlari o‘rtasida aloqa va vorislikni amalga oshirgan. Tarbiya o‘z maqsadi va vazifalari, mazmuni, shakli va usullari bo‘yicha davrlar osha o‘zgarib borgan. Bu o‘zgarishlar kishilar o‘rtasidagi munosabatlar bilan chambarchas bog‘liq. Tarbiya jarayonida bolalarning jismoniy va ruhiy rivojlanishi o‘yinlar orqali amalga oshiriladi [2, 7].
Hozirgi sharoitda oliy ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini fan, ta’lim va ishlab chiqapishning integratsiyalashuvi asosida shakllantirish borasida tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bunda “oliy ta’lim qamrov darajasini oshirish, xalqaro standartlar asosida yuqori. Yuqoridagilardan kelib chiqib, iqtisodiyot oliy ta’lim muassasalari talabalarini o‘qitishda yaxlit va tizimli integrativ bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish va bilimlarini amaliy faoliyatga tatbiq etish hamda bo‘lajak mutaxasislarning kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi va respublikamizda olib borilayotgan iqtisodiy va xuquqiy islohatlarning yakuniy natijalari iqtisodiyot tarmoqlarining barcha jabhalarida, shuningdek innovatsion faoliyatning samaradorligini ta’minlashda ham o‘z aksini topmoqda [3, 14].
Ta’lim jarayonidagi o‘quvchining faolligi, didaktikaning asosiy tamoyillaridan biri bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib koladi. O‘quvchining faolligi, maqsadli yo‘naltirilgan boshqaruvchi pedagogik ta’sirlar va pedagogik muhitning tashkil etilishi natijasidir. O‘quvchilarning faolligini ta’minlovchi, o‘qitish texnologiyalaridan biri - pedagogik ishbilarmonlik o‘yini hisoblanadi. O‘yin faoliyatiga qiziqish, o‘quvchilarning o‘z-o‘zini ifoda etish, ro‘yobga chiqarish kabi ehtiyojlarini qondiruvchi, musobaqalashish elementlari orqali ta’minlanadi.
Pedagogik o‘yin, o‘qitishning aniq qo‘yilgan maqsadi va unga tegishli pedagogik natija bilan belgilanadi. Bu natijalar asoslangan va o‘quv tayyorgarlik faoliyatiga ega bo‘ladilar.
Pedagogik o‘yinning tasniflaridan biri bu ishbilarmonlik o‘yinlar xisoblanadi. Oliy va professional ta’lim tizimida foydalanadigan barcha pedagogik o‘yinlar o‘z mazmuniga ko‘ra ishbilarmonlik o‘yini hisoblanadi. Chunki ular, odatda ma’lum o‘quv fani doirasida ishlab chiqiladi: rollar va syujetlar mavjud bo‘ladi, turli vaziyatlar immitatsiya qilinadi. Ya’ni, oliy va professional ta’lim tizimida qo‘llaniladigan ishbilarmonlik o‘yinlari pedagogik o‘yinlarning barcha tarkibiy qismlarini o‘z ichiga oladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Talabalarni o‘yinli texnologiyalar asosida innovatsion faoliyatga tayyorlash tamoyillari va didaktik shart – sharoitlari
|