Talabalarni o‘yinli texnologiyalar asosida innovatsion faoliyatga tayyorlash tamoyillari va didaktik shart – sharoitlari




Download 47,03 Kb.
bet3/6
Sana26.06.2024
Hajmi47,03 Kb.
#265847
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ibragimova Gulzoda

ADABIYOTLAR TAHLILI
Bo‘lajak muhandislik yo‘nalishi talabalarini innovatsion faoliyatga tayyorlashda ham muhandislik o‘yinlarining ahamiyati katta. Kasbiy ta’lim amaliyotida (Ye.R.Argunova, M.V.Bulanova-Toporkova, A.A.Verbiskiy, V.V.Lixoletov, I.G.Marichev, E.N.Miroshnichenko, V.S.Muxina, T.M.Sorokina, L.D.Stolyarenko, G.P.Щedroviskiy) yangi muhandislik o‘yinlari shakllantirilgan bo‘lib, ular talabalarda bilim, intellektual va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, ijodiy faoliyatda tajriba orttirish kabi vazifalarni bajaradi. Tadqiqotchilar muhandislik o‘yinlarining samaradorligini belgilovchi abstraktlash, modellashtirish, taqlid qilish, ijodiy, innovatsion va aksiologik xususiyatlarini aniqlaganlar[4, 71].
O‘yin texnologiyasini qo‘llash o‘quv jarayonida ishtirok etishni faollashtirishning bir usulidir. O‘yin metodlarini tatbiq etish tarbiyachi bilan tarbiyalanuvchi orasidagi munosabatlarning umumiy ijtimoiy jarayonlarida yangiliklarni izlab topishga borib taqaladi. Bola muomalasi madaniylik darajasini didaktik jarayonda ko‘tarish zaruriyati tarbiyalanuvchilarning e’tibor darajasini yuksaltirish va ularning atrofga bo‘lgan qiziqishlarini ta’minlaydi.
Bolaning ijodiy iste’dodini, xotira va diqqatini, kattalarga ma’lum bo‘lgan jihatlarni qayta kashf etadi. Vaqtni bo‘sh o‘tkazish emas, aksincha, ta’lim olishning eng samarali uslubidir. Chex pedagogi Ya.A.Komenskiy uyinni bola faoliyatining asosiy shakli ekanligini ta’kidlab, aynan uyin bolaning tabiati va kuzu -qishlariga mos kelishini aytgan edi [6, 48]. Bolalar bir-biri bilan muloqatda bo‘lishni, ma’lum tartib qoidalarni saqlashni, o‘zini boshqara bilishni, hamkorlikda bo‘lishni, boshqalarning fikri bilan xisoblashishni, ularning xohish-istaklarini e’tiborga olishni, bir narsani diqqat bilan bajarishni va boshlagan ishini oxiriga yetkazishga o‘rganadi.
O‘yin - ijtimoiy tajribalarni o‘zlashtirish va qayta yaratishga yo‘naltirilgan vaziyatlarda, faoliyat turi sifatida belgilanadi va unda shaxsning o‘z xulqini boshqarishi shakllanadi va takomillashadi.O‘yin bolalarning mustaqil faoliyati bo‘lib, unda bolaning ruhiyati namoyon bo‘ladi.
I.D.Belonovskaya va A.Ya.Melnikovalar tomonidan muhandislik o‘yinlarining quyidagi ta’rifi taklif qilingan. Bu kasbiy yo‘naltirilgan o‘yin turi [5]:
- muhandislik muammolarini hal qilish usullarini takrorlaydi;
- muhandislik faoliyatini simulyatsiya qiladi;
- ishlab chiqarish munosabatlari tizimini modellashtiradi;
-bo‘lajak muhandislarning innovatsion salohiyatini shakllantirishning pedagogik vositasidir.
Lekin, muhandislik o‘yinlarining mazmunini tanlash, ularni tizimlashtirish, sahnalashtirish, kompleks o‘tkazish, faoliyatini baholash, o‘quv jarayonida tizimli foydalanish va unumdorlik shartlarini uslubiy jihatdan asoslash masalalari hali ham yetarlicha o‘rganilmagan.

Download 47,03 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 47,03 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Talabalarni o‘yinli texnologiyalar asosida innovatsion faoliyatga tayyorlash tamoyillari va didaktik shart – sharoitlari

Download 47,03 Kb.