Talabalarni o‘yinli texnologiyalar asosida innovatsion faoliyatga tayyorlash tamoyillari va didaktik shart – sharoitlari




Download 47,03 Kb.
bet5/6
Sana26.06.2024
Hajmi47,03 Kb.
#265847
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ibragimova Gulzoda

TAHLILLAR VA NATIJALAR
Agar material ma’ruza holida taqdim qilinsa 10-20%, material hayotiy namunalarda ko‘rsatilsa va eshittirilsa 30-50 %, o‘quvchilar o‘zaro yoki biror inson bilan muloqot qilganda va o‘z ish tajribasida sinab ko‘rganda 70-80 %, didaktik o‘yinlar, kichik guruhchalardagi musobaqalar, o‘zaro tortishuvlar asosida o‘rgatilsa 90%, o‘z ehtiyoji, o‘z xohishi orqali, yozish, chizish, grafik topshiriqlarni bajarish, to‘liq konspekt olib o‘qiganda 95% o‘zlashtirish mumkinligi tadqiqotlarda isbotlangan. Bundan ko‘rinib turibdiki, ko‘rsatmali qurollardan samarali va o‘rinli foydalanish o‘zlashtirishga katta hissa qo‘shar ekan. Agar ko‘rsatmali qurollar, pedagogik texnologiyalar va bevosita amaliy ishlar uyg‘unlikda tatbiq etilsa juda yuqori natijaga erishish mumkin.
Y.A.Komenskiy ―Buyuk didaktika" asarida ―oltin qoida‖ni ifodalagan holda ko‘rsatmalilik prinsipining 3 ta asosini ifodalagan: birinchidan, avval sezmagan narsasi haqida kishida bilim ham bo‘lmasligi, ikkinchidan, bilimning to‘g‘ri va aniqligi ham sezgilarning guvohligiga bog‘liq, uchinchidan, sezgilar - xotiraning eng ishonchli vositasi. Komenskiy o‘z taklifini Plavtning “Eshitganini aytib beradigan 10 ta kishidan o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan 1 ta guvoh afzal‖ fikri bilan mustahkamlaydi.
Ko‘rsatmali qo‘llanmalarda ko‘rsatmalilikning quyidagi turlaridan foydalaniladi:
1. Tabiiy ko‘rsatmalilik o‘quvchilarni mavjud ob’ektlar: o‘simliklar, binolar, mashinalar va hokazolar bilan tanishtirishni taqozo etadi.
2. Hajmli ko‘rsatmalilik - mavjud olamning hajmli aks etishidir. Bu esa fotosurat, rasm, diafilmlardan iborat.
3. Ovozli ko‘rsatmalilik - tovush obrazlarini ifodalash uchun ovozli vositalardan foydalanish. Magnitafon, ovozli kino.
4. Ramziy va grafik ko‘rsatmalilik - xaritalar, rejalar, sxemalar, chizma va diagrammalar. Ular mavjud voqelikni shartli umumlashgan ramziy ko‘rinishda aks ettirish sababli fikrlashni rivojlantiradi.
Ta’lim jarayonidagi o‘quvchining faolligi, didaktikaning asosiy tamoyillaridan biri bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. O‘quvchining faolligi maqsadli yo‘naltirilgan boshqaruvchi pedagogik ta’sirlar va pedagogik muhitning tashkil etilishi natiiasidir[5].
Oliy ta’lim amaliyotida innovatsion bilim, ko‘nikma va munosabatlarni shakllantirish ta’lim va hududiy ishlab chiqarishni integratsiyalashuvi, shuningdek, faol o‘qitish usullarini joriy etish asosida amalga oshiriladi. Ular orasida muhandislik ta’limida tobora ko‘proq innovatsion o‘yin faoliyati jarayonlarining o‘xshashligi tufayli o‘yin usullari dolzarb bo‘lib qoladi.
Barcha sanoat tarmoqlari — to‘qimachilik va yengil sanoatidan to og‘ir mashinasozlik, yadro energetikasigacha, xuddi texnologik jarayonni o‘rganishdek, ularni boshqarish va tekshirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tuzilishi va sifati ham keng miqdorda yoyilgan o‘lchash tizimlarisiz bo‘lishi mumkin emas. Bu borada bo‘lajak muhandislik yo‘nalishi talabalarini muhandislik o‘yinlari asosida innovatsion faoliyatga tayerlashda kasbiy yo‘naltirilgan o‘yinlar, rolli o‘quv o‘yinlari va hissiy aks ettirish bilan birlashtirilgan o‘yinlar, murakkab ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda tabiatshunoslik va texnik muammolarni kompleks tahlil qilish o‘yinlari, o‘quv o‘yinlarining boshqariladigan funksiyasii va boshqalar katta ahamiyatga ega.
Muhandislik o‘yinlarini o‘tkazish - bu kasbiy tajribani o‘zlashtirish va kasbiy mahoratni rivojlantirish, innovatsion muhandislik bilimlari, ko‘nikmalari va munosabatlarini o‘zlashtirish uchun muhandislik faoliyatining shartli vaziyatlarini qo‘llashdir.
O‘yinni boshlashdan oldin mutaxassis o‘yinga tayyorgarlik ko‘radi, uni boshqaradi, har bir ishtirokchini umumlashtiradi va baholaydi. Uning harakatlari nafaqat psixologik muhitga, balki ishtirokchilarning ishlashiga ham ta’sir qiladi. Jamoalarning harakatlarini baholash uchun ekspertlar tayinlanadi. Odatda bu rol eng muvaffaqiyatli talabalarga, shuningdek, korxonaning asosiy mutaxassislariga beriladi. Mutaxassislar hakam va g‘oyalarni ishlab chiqaruvchi bo‘lishi mumkin: ular ishtirokchilarning harakatlari faolligini baholaydilar, o‘yinchilarning oqilona usullarini, taklif qilingan g‘oyalarni va ularni amalga oshirish texnologiyalarini belgilaydilar.

Download 47,03 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 47,03 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Talabalarni o‘yinli texnologiyalar asosida innovatsion faoliyatga tayyorlash tamoyillari va didaktik shart – sharoitlari

Download 47,03 Kb.