|
Talabalarni o‘yinli texnologiyalar asosida innovatsion faoliyatga tayyorlash tamoyillari va didaktik shart – sharoitlari
|
bet | 4/6 | Sana | 26.06.2024 | Hajmi | 47,03 Kb. | | #265847 |
Bog'liq Ibragimova GulzodaTADQIQOT METODOLOGIYASI
Ishlab chiqarish dinamikasi, mutaxassislarning harakatlari va munosabatlarini modellashtirib, o‘xshatib, ishbilarmonlik o‘yini, bilimlarni dolzarblashtirish, qo‘llash va mustahkamlash vositasi va amaliy fikrlash vositasi sifatida xizmat qiladi. Ushbu holat, o‘yinning ma’lum berilgan aniq vaziyatida yoki ishlab chiqarish vaziyatida ishtirokchilarning o‘zaro munosabatlari orqali amalga oshiriladi. Ishbilarmonlik o‘yini o‘xshatma modelda o‘yinli o‘quv masalalarini qo‘yish va yechish bo‘yicha qo‘shma faoliyat kabi ro‘yobga chiqariladi. Qo‘shma faoliyat qoidalari va me’yorlari, o‘xshatish tili va aloqalar oldindan qabul qilinadi yoki o‘yin jarayonida ishlab chiqiladi. Ishbilarmonlik o‘yini munozarali muloqot maromida o‘tkaziladi, u qo‘shrejali faoliyat hisoblanadi, chunki unda ikkita maqsadga erishiladi: o‘yinli va pedagogik. Pedagogik faoliyat ustuvor bo‘lsa ham, o‘yinni poymol etmasligi kerak.
O‘yin jarayonida quyidagilar o‘zlashtiriladi:
kasbiy harakatlar me’yorlari;
ijtimoiy harakatlar me’yorlari;
ishlab chiqarish jamoasidagi munosabatlar.
Bunda o‘yinning har bir ishtirokchisi faol holatda bo‘ladi, sheriklari bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi, o‘z qarashlarini sheriklariniki bilan taqqoslaydi va shuning natijasida jamoa bilan munosabati orqali o‘zini o‘zi o‘rganadi.
O‘yinning tarbiyaviy maqsadi mustaqillik, irodani tarbiyalash, muayyan yondashuvlar, nuqtai nazarlar, ma’naviy, estetik va dunyoqarashni shakllantirishdagi hamkorlikni, kollektivizmni, jamoaga kirishib keta olishni, kommunikativlikni tarbiyalashga qaratilgan bo‘ladi.
Faoliyatni rivojlantiruvchi o‘yinlar diqqat, xotira, nutq, tafakkur, qiyoslash malakasi, chog‘ishtirish, o‘xshashini topish, faraz, xayol, ijodiy qobiliyat, empatiya, refleksiya, optimal yechimni topa olish, o‘quv faoliyatini motivatsiyalashni rivojlantirishga qaratilgan bo‘ladi.
Ijtimoiylashuv o‘yinlari jamiyatning me’yorlari va qadriyatlariga jalb qilinish, muhit sharoitlariga ko‘nikish, ehtiroslarni nazorat qilish, o‘z-o‘zini boshqarish, muloqotga o‘rgatish hamda psixoterapiyani nazarda tutadi. Inson hayotida o‘yin faoliyati orqali quyidagi vazifalar amalga oshiriladi [8,147]:
o‘yin faoliyati orqali shaxsning o‘qishga, mehnatga bo‘lgan qiziqishi ortadi;
o‘yin davomida shaxsning muloqotga kirishishi ya’ni, kommunikativ — muloqot madaniyatini egallashi uchun yordam beriladi;
shaxsning o‘z iqtidori, qiziqishi, bilimi va o‘zligini namoyon etishiga imkon yaratiladi;
hayotda va o‘yin jarayonida yuz beradigan turli qiyinchiliklarni yengish va mo‘ljalni to‘g‘ri olish ko‘nikmalarining tarkib topishiga yordam beradi;
o‘yin jarayonida ijtimoiy normalarga mos xulq-atvorni egallash, kamchiliklarga barham berish imkoniyati yaratiladi;
shaxsning ijobiy fazilatlarini shakllantirishga zamin tayyorlaydi;
insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan qadriyatlar tizimi, ayniqsa, ijtimoiy, ma’naviy-madaniy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o‘rganishga e’tibor qaratiladi;
o‘yin ishtirokchilarida jamoaviy muloqot madaniyatini rivojlantirish ko‘zda tutiladi.
Bo‘lajak muhandislik yo‘nalishi talabalarini muhandislik o‘yinlari asosida innovatsion faoliyatga tayerlashda ularning kasbiy va shaxsiy sifatlari, shu jumladan innovatsion bilim, ko‘nikma va munosabatlar majmui zarur ahamiyatga ega bo‘lib, u fanlararo axborot, raqobatbardosh g‘oyalarni ilgari surish, innovatsion muhandislik loyihalarini yaratish, yangi texnika va texnologiyalarni qo‘llash, nostandart masalalar yechimini topishga yordam beradi.
Bo‘lajak muhandisni innovatsion faoliyatga tayyorlashda quyidagi bilim, ko‘nikma va munosabatlar majmui: kognitiv (kognitiv, analitik, dizayn, tadqiqot), operatsion (amaliy, moslashuvchan, kasbiy-kommunikativ, kasbiy-o‘zaro ta’sir), biznes-komponent (iqtisodiy va boshqaruv) o‘zlashtirilishi kerak.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Talabalarni o‘yinli texnologiyalar asosida innovatsion faoliyatga tayyorlash tamoyillari va didaktik shart – sharoitlari
|