• II. Yordamchi so’zlar
  • 3.1 Otlarning semantik klassifikasiyasi (Die Semantische Klassifikation der Substantive) Otlar anglatgan ma’nolariga ko‘ra dastlab ikkiga bo‘linadi: I. Konkret otlar
  • Talabalarning mustaqil ta’limini o‘zlashtirish uchun o‘quv- uslubiy qo‘llanma Karschi 2014 So‘z turkumlari




    Download 343.4 Kb.
    bet2/122
    Sana04.05.2023
    Hajmi343.4 Kb.
    #56555
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122
    Bog'liq
    deutsch nemis tili qo\'llanma
    Elektronika va sxemalar fanidan yakuniy nazorat test, Gaz balonli avtomobil dvigatellarining ta’minlash tizimini tuzil, Mening jonajon O`zbekistonim (2), Ta\'lim muassasalarida psixologning psixologik diagnostika faoliyati1, Herbert wells tuliq tayormas, 8 mart FARRUX, Бухоро шахар хокими И1, ZAMONAVIY OPERATSION TIZIMLAR TAHLILI., иняз ЯКУНИЙГА, elektr 3, 5-sinf, 6-sinf Qadimgi dunyo tarixi 1-5-& testi, 5-sinf o\'quvchi daftari, Mavzu4 (2)
    I. Mustaqil so’z turkumlari (Vollwörter oder selbständige Wortarten)
    1. Ot ( das Substantiv, das Dingeort, Nennwort, Hauptwort
    2. Sifat (das Adjektiv, das Eigenschaftswort).
    3. Son (das Numerale, das &&&&&&)
    4. Olmosh ( das Pronomen, das Fürwort).
    5. Fe’l ( das Verb , das Zeitwort).
    6. Ravish (das Adverb, das Umstandswort).
    7. Modal so‘z (das Modalwort)
    II. Yordamchi so’zlar (Hilfswörter, Dienstwörter, Funktionswörter):
    1. Predlog (die Präposition, das Vorwart)
    2. Bog’lovchi (die Konjunktion, das Bindewort)
    3. Yuklama (die Partikel)
    4. Artikl (der Artikel).
    III. Undov (die Interjektion, oder das Empfindungswort).
    3-MAVZU : OT ( DAS SUBSTANTIV,DAS HAUPTWORT, DAS DINGWORT )
    Predmetlik ma’nosini ifodalaydigan va grammatik son, kelishik, rod kategoriyalariga ega bo‘lgan mustaqil so‘zlar ot deb ataladi: das Buch (kitob), der Bleistift (qalam) kabi.Grammatikada ot so‘zi keng ma’noda qo‘llanilib, u jonli narsalarning nomini (der Mensch, das Fohlen, der Storch, die Wespe), konkret narsalarni bildiruvchi so‘zlarni (die Birne, der Stein), geografik nomlarni (das Usbekistan, das Deutschland), mavhum hodisa, holat va shu kabi tushunchalarni ifodalovchi so‘zlarni (das Geschrei, die Liebe, die Bewegung, der Frieden), o‘simliklarning nomlarini (die Rose), payt ma’nosini anglatadigan so‘zlarni (der Herbst) ham o‘z ichiga oladi.Ot turkumiga oid so‘zlar (wer?) kim? yoki (was?) nima? so‘rog‘iga javob bo‘ladi: das Mädchen kommt (qiz kelyapti), die Schule ist groß (maktab katta) kabi.
    Nemis tilida ot leksema o‘zi olgan kelishik formasiga muvofiq ega, to‘ldiruvchi, nominativ gap, izohlovchi, undalma vazifasida keladi.
    3.1 Otlarning semantik klassifikasiyasi
    (Die Semantische Klassifikation der Substantive)
    Otlar anglatgan ma’nolariga ko‘ra dastlab ikkiga bo‘linadi:
    I. Konkret otlar (die Konkreta)
    II. Abstrakt yoki mavhum otlar (die Abstrakta).
    I .Konkret otlar o‘z navbatida yana quyidagi gruppalarga bo‘linadi:
    1) turdosh otlar (die Gattungsname) bir xildagi predmet, shaxs yoki hodisalarning umumlashtiruvchi nomini bildiradi. Masalan: der Mensch, die Stadt, die Nachtigal, die Blume;
    2) jamlovchi otlar (die Sammelnamen) ko‘pgina birlik formada kelib, yakka-yakka predmetlarni emas, balki bir butunga jamlangan predmetlarning to‘dasini, yig‘indisini bir butun holda ko‘rsatadi. Masalan: das Gebirge, das Volk, die Herde, die Bevölkerung, das Gemüse;
    3) yakka otlarda esa ularning birlik formasida ham, ko‘plik formasida ham predmetlar yakka-yakka tasavvur qilinadi. Masalan: der Soldat.
    4) donalab sanab bo‘lmaydigan otlar (die Stoffnamen) ham bir butunga jamlangan predmetlarni bildiradi. Bu xildagi otlarni donalab sanab bo‘lmaydi, odatda ular birlikda qo‘llaniladi:Masalan: das Wasser, der Sekt, der Wein, das Eisen.
    5) Atoqli otlar (die Eigennamen) bir xildagi predmet yoki hodisalardan birini ajratib ko‘rsatadi. Atoqli ot ayrim shaxs yoki predmetning maxsus nomidir. Bunday otlar odamlarning ismi, familyalari, taxalluslari, ko‘l, daryo, gazeta, jurnal nomlarini bildirishi mumkin. Masalan: A.Nawoi, Karim, die Schweiz, der Rein,”Deutschland”
    II. Abstrakt otlar mavhum tushunchalarini, abstrakt belgi, xususiyat va holatni predmet sifatida ifodalaydi. Masalan: die Liebe, die Freiheit, das Glück, die Größe.



    Download 343.4 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122




    Download 343.4 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Talabalarning mustaqil ta’limini o‘zlashtirish uchun o‘quv- uslubiy qo‘llanma Karschi 2014 So‘z turkumlari

    Download 343.4 Kb.