|
Talabalarning tabiiy geografiyaga oid kompetensiyalarini rivojlantirishda veb-kvest texnologiyasining amaliy samaradorligi
|
bet | 3/4 | Sana | 20.02.2024 | Hajmi | 29,86 Kb. | | #159664 |
Bog'liq Макола веб-квестTadqiqot metodologiyasi. Oliy ta’lim muassasalarida geografiya ta’lim va tarbiya jarayonini samrali tashkil etishda hamda talabalarning geografiyaga oid ijodiy qobiliyatlarini oshirish, amaliy faoliyatda mavjud bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishda, kompetensilarini rivojlanirishda veb-kvest ta’lm texnologiyalari zamonaviy texnologiyasi bo‘lib xizmat qiladi.
Veb-kvest ta’lim texnologiyasining tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ushbu texnologiya birinchi marta 1995 yilda San-Diego universiteti (AQSH) ta’lim texnologiyalari professori Berni Dodj tomonidan taklif qilingan. Olim ta’limning turli bosqichlarida fanlarni o‘qitishda o‘quv jarayoniga integratsiya qilish uchun innovatsion internet ilovalarini ishlab chiqdi. Buni muammoli vazifani o‘z ichiga olgan va global tarmoqda ma’lumotni mustaqil qidirishni o‘z ichiga olgan veb-sayt deb atadi [4].
Veb-kvest ta’lim texnologiyasi veb-qidiruv hisoblanib, qo‘yilgan ta’limiy muammolarni global tarmoqdan foydalanish orqali yechishga qaratilgan rolli o‘yindir [5-7].
Bu borada T.Martning fikriga ko‘ra, veb-kvest – bu Internetdagi muhim manbalarga havolalar keltirish orqali talabalarning noaniq yechim bilan muammoni o‘rganish uchun undashga yo‘naltiradigan ta’lim texnologiyasidir [8]. I.N.Sokolning fikriga ko‘ra, kvest bir necha kishidan iborat jamoa uchun qiziqarli jonli o‘yindir [9]. T.O.Lechkinaning fikriga ko‘ra, kvest texnologiyasi ta’lim oluvchi uchun alohida tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lib, shaxsiy javobgarlikni, shaxslararo munosabatlar va bag‘rikenglik madaniyatini, o‘ziga bo‘lgan intilishni shakllantiradi hamda o‘z-o‘zini tarbiyalashda samarali hisoblanadi [10]. E.V.Safonovaning fikriga ko‘ra, veb-kvest texnologiyasi fanga oid muammoli qidiruv faoliyatni va rolli o‘yini orqali ta’lim vazifalarini amalga oshirishni ta’minlaydi [11].
Ta’lim veb-kvesti – bu ta’lim va ko‘ngilochar dasturlarning mutlaqo yangi shakli bo‘lib, uning yordamida fangan oid yangiliklarni global tarmoqdan foydalanish orqali xabardor bo‘lish, ijobiy his-tuyg‘ularga ega bo‘lishlari va faoliyatda faol ishtirok etishlari mumkin [12]. Bu nafaqat har bir ishtirokchiga o‘z bilim va qobiliyatlarini namoyish etishga imkon beradi, balki ishtirokchilar o‘rtasidagi o‘zaro aloqa munosabatlarini rivojlantirishga hissa qo‘shadi, bu ularning o‘zaro muloqot ta’sirini faollashtiradi [13]. Shu bilan birga quyidagi imkoniyatlarni yaratadi [12-14]:
1) tarbiyaviy - talabalarni faol bilim jarayoniga jalb qiladi;
2) rivojlantirish - o‘rganishga qiziqishni va o‘z qobiliyatlarini rivojlantiradi;
3) tarbiyaviy - jamoaviy ruhni va yakuniy natija uchun shaxsiy javobgarlikni o‘z zimmasiga olish madaniyati rivojlantiradi.
Shunday qilib, ta’lim kvesti – bu rolli o‘yin elementlari bilan muammoli vazifalar to‘plamini o‘z ichiga olgan pedagogik texnologiya bo‘lib, ushbu texnologiyani qo‘llash uchun Internet resurslari va boshqa manbalardan foydalanish talab qilinadi [8-10].
Veb-kvest ta’lim texnologiyasining yuqoridagi imkoniyatlarini hisobga olgan holda oliy ta’lim muassasalarida geografiya turkumiga kiruvchi fanlarni o‘qitish samaradorligini oshirishda hamda talabalarning tabiiy geografiyaga oid kompetensiyalarini rivojlantirish qo‘llash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shu bois, oliy ta’lim muassasalarida tabiiy geografiya fanini o‘qitish samaradorligini oshirishda va talabalarning kompetetsiyalarini rivojlantirishda veb-kvest texnologiyasini qo‘llash lozim. Buning uchun quyidagi bosqichlarga amal qilish maqsadga muvofiq sanaladi:
Birinchi bosqich. Ushbu bosqich kirish qismi bo‘lib, unda qoidalar belgilanadi, veb-kvest texnologiyasi yordamida taklif qilingan syujeti tasvirlanadi va rollar taqsimlanadi, maqsad qo‘yiladi, topshiriqlarni bajarish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.
Ikkinchi bosqich. Mazkur bosqich rolli o‘yin faoliyati hisoblanadi: syujet bo‘yicha har qanday rol doirasidagi umumiy natija uchun jamoadagi har bir ishtirokchining individual ishi, ishtirokchilar tanlangan rollarga muvofiq vazifalarni bajaradilar.
Uchinchi bosqich. Mazkur bosqichda talabalar tabiiy geografiyaga oid qo‘yilgan muammoni yechimlarini taklif etadi.
To‘rtinchi bosqich. Ushbu bosqichda professor-o‘qituvchi talabalar tomonidan taklif etilgan muammoni yechimlarini tahlil qilib baholaydi.
Ushbu taklif etilayotgan bosqichlarda tabiiy geografiya fanidan auditoriya mashg‘ulotlarini tashkil etishda va talabalarning mustaqil ta’limida foydalanish samarali hisoblanadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Talabalarning tabiiy geografiyaga oid kompetensiyalarini rivojlantirishda veb-kvest texnologiyasining amaliy samaradorligi
|