|
Key words: geography, modern educational technologies, web quest, global set, competence, experimental test, Student-Fisher.
Kirish
|
bet | 2/4 | Sana | 20.02.2024 | Hajmi | 29,86 Kb. | | #159664 |
Bog'liq Макола веб-квестKey words: geography, modern educational technologies, web quest, global set, competence, experimental test, Student-Fisher.
Kirish. Bugungi kunda talim jarayoni yangi bosqichlarga o‘tayotganligi tufayli oliy ta’lim muassasalari talabalarining fanlardan, jumladan tabiiy geografiyaga oid kompetensiyalarini rivojlantirishni yangicha yondashuvlarini joriy etish muhim masalalardan biri bo‘lib qolmoqda [1-3]. Talabalarning tabiiy geografiyaga oid kompetensiyalarini rivojlantirishni yangicha yondashuvlaridan biri, geografiya ta’limiga zamonaviy ta’lim texnologiyalarini, xususan veb-kvest ta’lim texnologiyasini faol joriy etishdir.
Veb-kvest ta’lim texnologiyasini tabiiy geografiyani o‘qitishda qo‘llash orqali bo‘lajak geografiya mutaxassislarini motivatsiyasini oshirishga, ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga, mustaqil qarorlar qabul qilishga hamda turli murakkab muammolarni mustaqil yechishga oid kompetentligini shakllantirish va rivojlantirishga erishish mumkin. Shuningdek, kompyuter texnologiyalari bilan ishlash malakalarini oshirishga va Internet texnologiyalari hamda undagi o‘quv ma’lumotlarni qidirish madaniyatini shakllantiradi. Shu bois, veb-kvest ta’lim texnologiyasini oliy ta’lim muassasalarida geografiya turkumiga kiruvchi fanlarni o‘qitishda qo‘llash muhim masalalardan biri sanaladi.
Adabiyotlar tahlili. Mamlakatimiz uzluksiz ta’lim tizimida geografiya turkumiga kiruvchi fanlarni o‘qitish nazariyasi va amaliyoti, geografiya fanini o‘qitishda turli didaktik vositalardan foydalanish mexanizmlari, geografiyani o‘qitishda axborot-kommunikatsion texnologiyalari, kompyuterning pedagogik dasturiy vositalari asosida o‘qitish sifat va samaradorligini oshirish metodikasi hamda o‘quvchi-talabalarning geografik ko‘nikmalarini shakllantirish masalalariga oid tadqiqotlar O.A.Mo‘minov X.S.Matsaidova, R.T.Gaypova, A.T.Xayitov, M.Abduraxmonov, N.A.Azimova, Q.H.Baxromov, M.Dadajonov, M.Jo‘raboyev, G.M.Tusupbekova, T.Yunusov, A.B.Jonzoqov, H.B.Nikadambayeva, F.A.Xamroyevalar tomonidan tadqiq etilgan.
Jumladan, O. A. Mo‘minov X.S.Matsaidova, R.T.Gaypova, A.T.Xayitov va M.Abduraxmonovlar maktab tabiiy geografik kurslarida geoekologik bilimlar tizimi va ta’limning metodik asoslari hamda tabiiy geografiya ta’limida didakdik o‘yinlardan, mahalliy ko‘rgazma vositalaridan foydalanish metodikasi va o‘quvchilarda tabiiy geografik matnlar bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlariga oid izlanishlar olib borganlar. N.A.Azimova geografiya fanini o‘rganish jarayonida talabalarning ijtimoiy-siyosiy tarbiyalash mexanizmlarini ishlab chiqqan. Q.H.Baxromov geografik obyekt, hodisa va jarayonlrni modullashtirish asosida ta’lim samaradorligini oshirish metodikasini ishlab chiqqan. M.Dadajonov 5-sinf o‘quvchilarida geografik kartani o‘rganish jarayonida fazoviy tasavvurlarini tarkib toptirish metodikasini ishlab chiqqan. M.Jo‘raboyev maktablarda geografiya o‘qitish jarayonida predmetlararo aloqaning amalga oshirish usullariga oid tadqiqot ishlarini olib borgan. G.M.Tusupbekova maktab geografiya kursida kartografik materiallarni o‘rganish masalarini o‘rgangan. T.Yunusov geografiya darslarida va darsdan tashqari vaqtlarda etnografik materiallarni o‘rganishda o‘quvchilarning kollektivizm ruhida tarbiyalash metodikasiga oid izlanishlar olib borgan. A.B.Jonzoqov umumiy o‘rta ta’lim maktablarida geografiyani axborot texnologiyalari vositalari yordamida o‘qitish metodikasini ishlab chiqgan. H.B.Nikadambayeva va F.A.Xamroyevalar oliy ta’lim muassalarida geografiyani elektron o‘quv-uslubiy majmualar va mediatexnologiyalari yordamida o‘qitish metodikasiga oid tadqiqot ishlarini olib borgan.
Shuningdek, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Mamlakatlarida geografiya turkumiga kiruvchi fanlarni o‘qitishda ilg‘or pedagogik texnologiyalardan va axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanish metodikasi, o‘quvchi-talabalarning geografiyaga oid kompetensiyalarini shakllantirish va rivojlantirish usullariga oid tadqiqotlar V.L.Pogodina, T.A.Kojevnikova, V.V.Nikolina, YE.A.Istomina, N.O.Vereshagina, G.Y.Nechepurenko, YE.Y.Zabolotnova, M.G.Naderi, YE.V.Podvalnaya, R.YE.Torgashev, A.I.Sheynis, I.S.Musatayeva, O.P.Moskalenko, S.V.Bulanovlar, T.S.Komissarova, A.A.Volxonskaya, R.D.Kulibekova, Y.V.Mitrofanova kabi olimlar tomnidan tadqiq etilgan.
Xususan, V.L.Pogodina va T.A.Kojevnikovalar bo‘lajak geografiya o‘qituvchisining kasbiy kompetensiyasini shakllantirish muammolari va yechimlariga oid izlanishlar olib borgan. V.V.Nikolina geografiyani o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda tabiatga emotsional munosabatni shakllantirishning nazariy asoslarini o‘rgangan. YE.A.Istomina, N.O.Vereshagina, G. Y.Nechepurenkolar “Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi” fanidan talabalarning reflektiv faoliyati va iqtisodiy tushunchalarni shakllantirishda tabaqalashtirilgan yondashuv metodikasini ishlab chiqqan. YE.Y.Zabolotnova, M.G.Naderi, YE.V.Podvalnaya, R.YE.Torgashev, A.I.Sheynis, I.S.Musatayevalar geografiyani o‘qitishda axborot texnologiyalari vositalaridan, masofaviy o‘qitish tizimlaridan va mediatexnologiyalardan foydalanish metodikasi hamda o‘quvchilarni bilimini baholashda kompyuterning amaliy dasturlaridan foydalanish usullariga oid tadqiqot ishlarini olib borgan. O.P.Moskalenko, S.V.Bulanovlar, T.S.Komissarovalar maktab geografiyasining kartografik bilim va malakalar tizimini takomillashtirish muammolari hamda geografiya o‘qituvchisini kartografik tayyorlashning nazariy asoslariga doir izlanishlar olib borgan. Y.V.Mitrofanova, A.A.Volxonskaya va R.D.Kulibekovalar bo‘lajak geografiya o‘qituvchisining axborot madaniyatini shakllantirish metodikasi va geografiyani o‘rganishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish metodikasini ishlab chiqqan.
Shu bilan birga mamlakatimiz va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligida fanlarni o‘qitish samaradorligini oshirishda veb-kvest texnologisidan foydalanish nazariyasi va amaliyotiga oid izlanishlar Y.V.Risyukova, G.A.Orobyov, YE.M.Shulgina, YE.I.Baguzina, V.V.Suxova kabi olimlar tomonidan o‘rganilgan.
Jumladan, Y.V.Risyukova «Kasb ta’limi» yo‘nalishi talabalarida ilmiy-metodik veb-faoliyatni shakllantirish nazaryasi va amaliyotiga oid tadqiqot ishalrini olib borgan. G.A.Orobyov oliy ta’lim muassasalari talabalarini ingliz tililga oid ijtimoiy-madaniy kompetensiyalarini shakllantirishda veb-kvest texnologiyasidan foydalanish metodikasini takomillashtirgan. YE.M.Shulgina va YE.I.Baguzinalar talabalarning xorijiy tillarga oid kommunikativ kompetensiyalarini shakllantirishda veb-kvest texnologiyasi foydalanishga doir izlanishlar olib borgan. V.V.Suxova ta’lim jarayonini tashkil etishda veb-kvest texnologiyasidan foydalanish mexanizmlarini ishlab chiqqan.
Yuqorida keltirilgan tadqiqotlar uzluksiz ta’lim tizimida geografiya turkumiga kiruvchi fanlarni o‘qitish samaradorligini oshirishda zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan va axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanish metodikasi hamda talabalarning kompetensiyalarini rivojlantirish mexanizmlariga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan bo‘lsa-da, ammo talabalarning tabiiy geografiyaga oid kompetensiyalarini rivojlantirishda zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan, jumladan veb-kvest texnologiyasidan foydalanish mexanizmlari maxsus monografik tadqiq qilinmagan.
Shu bois ilgari surilayotgan tadqiqot, ya’ni talabalarning tabiiy geografiyaga oid kompetensiyalarini rivojlantirishda veb-kvest texnologiyalaridan foydalanishning nazariy va amaliy jihtlarini to‘lig‘icha ilmiy asoslash geografiya ta’limida dolzarb muamolardan biri hisoblanadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Key words: geography, modern educational technologies, web quest, global set, competence, experimental test, Student-Fisher.
Kirish
|