|
Ta’lim jarayonini tashkil etishda internet xizmatlaridan foydalanish
|
bet | 1/5 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 76,03 Kb. | | #256508 |
Bog'liq Ta’lim jarayonini tashkil etishda internet xizmatlaridan foydalanish Reja - Axborot texnologiyalarini umumta’lim maktablari ta’lim jarayoniga tatbiq etish.
- O‘zbekiston Respublikasida internet rivoji mamlakat taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liqligi.
- O‘quv jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanishni rivojlantirishda masofali o‘qitish.
- Pedagogik texnologiya o‘zida xususiyatlari.
Tayanch tushunchalar . Kompyuter savodxonligi, o’quv tarbiya jarayoni, internet tezligi, milliy axborot qidiruv tizimi, pedagogik texnologiya xususiyatlari. Axborot texnologiyalarini umumiy o’rta ta’lim maktablari ta’lim jarayoniga tatbiq etish. - Davr ruhini ifodalab, kun sayin barcha sohalar amaliyotiga jadal kirib borayotgan axborot texnologiyalarini umumta’lim maktablari ta’lim jarayoniga ham tatbiq etish dolzarb masalalardan biridir. Butun jahon miqyosidagi axborot tarmog‘i har qanday sohada axborotning hajmi va tezligidan qat’iy nazar, uni istagan miqdorda qabul qilish uchun taqdim eta oladi. Multimediya va Internet texnologiyalarining paydo bo‘lishi axborot texnologiyalarining umumiy ta’lim maktablari ta’lim va tarbiya, muloqot jarayonlarida samarali vosita sifatida foydalanishga keng yo‘l ochib berdi. Axborot texnologiyalarining barkamol shaxsni rivojlantirish, uning mustaqil kasb tanlashi va kasbiy jihatdan o‘z-o‘zini shakllantirish, kasbiy mahoratini o‘stirishda tutayotgan o‘rni va ta’siri ortib borayotganligini inkor etib bo‘lmaydi. Umumiy ta’lim maktablaridagi ta’lim jarayonida axborot texnologiyalari vositasida o‘qituvchi va o‘quvchilar oldida quyidagi imkoniyatlar ochiladi, xususan:
XUSUSAN….
|
| |