|
Ta’lim tizimida dars jadvalini shakllantirishni tadqiqoti va uni yaratish algoritmi Mundarija
|
bet | 12/25 | Sana | 28.07.2024 | Hajmi | 1,86 Mb. | | #268854 |
Bog'liq Dissertatsiya2.2. Ma’lumotlar bazasini qo'shish
1C ma’lumotlar bazasi - bu ba'zi bir amaliy echimlarda ishlatiladigan barcha ob'ektlarning tavsifi, ularning xatti-harakatlari va ular orasidagi munosabatlar. "Axborot bazasi" tushunchasi konfiguratsiya ob'ektlari o'rtasidagi o'zaro ta'sirning mantiqiyligini belgilaydi.
Konfiguratsiyaga yangi ma'lumotlar bazasini qo'shish uchun siz 1C: Muassasa dasturini ishga tushirishingiz kerak. Ma'lumotlar bazasi ro'yxati oynasi ochiladi (8. Rasm).
5. Rasm. "1C: Muassasa " ni ishga tushirish
Ma'lumotlar bazasini qo’shish ketma-ketligi quyidagicha:
Ma'lumotlar bazasi ro'yxati oynasida Qo'shish tugmasini bosish kerak.
Ko'rsatilgan oynada "Yangi ma'lumotlar bazasini yaratish" bandini tanlang va "Далее" tugmasini bosing.
Keyin paydo bo'lgan oynada siz "Avtomatlashtirilgan dars jadvalini rejalashtirish" ma'lumot bazasi nomini belgilashingiz va "Далее" tugmasini bosishingiz kerak.
Shundan so'ng, "Ushbu kompyuterda yoki lokal tarmoqdagi kompyuterda" ma'lumot bazasining joylashuv turini tanlang va ma'lumot bazasi katalogiga yo'lni belgilang.
Keyinchalik, ma'lumotlar bazasining parametrlarini, ya'ni "Толстый клиент" yoki "Тонкий клиент" ishga tushirish rejimini belgilashingiz kerak.
1C yupqa mijoz "Тонкий клиент" - bu ma'lumotlar bazasi saqlanadigan serverda barcha operatsiyalar bajariladigan rejim. Foydalanuvchiga faqat olingan ma'lumotlarning ekrani ko'rsatiladi. Bu mijoz kompyuterlarining resurs talablarini va tarmoq tezligini pasaytiradi. Shu sababli, yupqa mijoz taqsimoti kamroq joy egallaydi.
1C qalin mijoz "Толстый клиент" - ma'lumotlarning asosiy qismi foydalanuvchi kompyuterida qayta ishlanadigan rejim. Shuning uchun, bu rejim tarmoq tezligiga juda talabchan.
Keyin "Готово" tugmasini bosishingiz kerak va ma'lumotlar bazasi qo'shiladi.
2.3. Yuklab olingan jadvalni standartlashtirilgan universitet formatiga keltirish uchun MS Excelda makrosni ishlab chiqish
"1C: Avtomatlashtirilgan dars jadvalini rejalashtirish" dan tushirilgan jadvalni muassasaning standartlashtirilgan formatiga o'tkazish uchun MS Excelda makros ishlab chiqilgan.
Makros bitta oynadan iborat bo'lib, unda jadvalga ega faylni tanlash maydoni va jadval tuzilgan davrni tanlash uchun maydon mavjud (5-rasm).
|
| |