|
Ta’lim tizimida innovatsiya va ularning amaliy tadbiqlari: muammolar va yechimlar
|
bet | 12/58 | Sana | 19.06.2024 | Hajmi | 12,81 Mb. | | #264316 |
Bog'liq “Ta’lim tizimida innovatsiya va ularning amaliy tadbiqlari muammolar va yechimlar”Psixologik tajovuz: qo‘rquv tuyg‘usini keltirib chiqarish uchun qo‘rqitish, o‘zingizga, sherigingizga yoki bolalaringizga jismoniy zarar yetkazish bilan tahdid qilish, uy hayvonlarini o‘ldirish va mulkka zarar yetkazish, ongni manipulyatsiya qilish, do‘stlar, qarindoshlar, maktab va/yoki ishdan majburiy izolyatsiya qilish.
Moliyaviy yoki iqtisodiy tajovuz: moliyaviy resurslarni to‘liq nazorat qilish, mablag‘larni rad yetish yoki o‘qitish yoki ishga joylashishni taqiqlash orqali kimgadir moliyaviy qaramlikni yaratish yoki yaratishga urinishlar.
Jismoniy tajovuz: sherigiga og‘riq keltirish, mushtlash yoki tepish, chimchilash, itarish, urish, sochini yulish, tishlash, tibbiy yordam berishni rad etish, spirtli ichimliklar yoki giyohvand moddalarni iste’mol qilishga majburlash, boshqa jismoniy kuch ishlatish. Bunda quyidagi ishlar amalga oshirilishi mumkin:
g‘azablanadi, narsalarni buzadi (devorlarni urishi, eshiklarni tepish kabilar);
uradi, tishlaydi, tepadi yoki bo‘g‘adi;
xotinini xavfli yoki notanish joyda tashlab ketadi;
uydan haydab chiqaradi;
qurol bilan tahdid qiladi yoki xafa qiladi;
uyni qulflab qo‘yadi yoki uydan chiqishiga to‘sqinlik qiladi;
ichki ishlar xodimlari bilan bog‘lanish yoki tibbiy yordam so‘rashga ruxsat bermaydi; * intim vaziyatda jismoniy kuchga murojaat qiladi. Ta’qib qilish yoki qo‘rqitishga qaratilgan har qanday xatti-harakatni o‘z ichiga oladi. Ta’qib qilishning odatiy turlariga telefon qo‘ng‘iroqlari, istalmagan xatlar yoki sovg‘alar, jabrlanuvchining ish joyi, o‘qish joyiga muntazam ravishda tashrif buyurishi.
Tarixiy asarlarga yuzlanadigan bo‘lsak, Abdulla Qodiriyning "Mehrobdan chayon" asarida jajji qiz - Ra’noning tazyiqqa uchrashi, otasi tomonidan zo‘rlab xonga turmushga berishga harakat qilinishi o‘sha davrda, xon haramidagi hali norasida qizlarning o‘qishlarini tashlab, saroyda yosh umrlarining zavol bo‘lishi o‘quvchi - qizlarga, juvonlarga qilingan eng katta tajovuzlardan biri edi.
Bunday qizlar sevish baxtidan ancha yiroqlashtirilib, faqatgina xonning ko‘ngil - xushligi, kayfiyatini ko‘taruvchi omil, shaxvatini qondiruvchi vosita sifatida foydalanilganlar..
Abdulhamid Cho‘lponning "Kecha va kunduz" asarini bir eslaylik. O‘qimagan, chala dumbul otaning farzandini o‘ylamasdan, zo‘rlash va tazyiq asosida guldek qizini o‘zidan ham katta erkakka to‘rtinchi xotin sifatida uzatishiga nima deysiz?! Bu bilan qizlarning haq huquqlari to‘la qonli poymol etilganligini ko‘rishimiz mumkin. Vaholangki, muqaddas dinimizda ham qiz bolani o‘zining rizoligisiz nikohlashning mumkin emasligi aytib o‘tilgan.
Bugungi kunda ham bir qator muammolar borki, uni bizning talaba qizlarimiz aytishdan or qiladi, uni uyat deb bilganligi sababli ham bunday muammolar davom etaveradi..
"Talaba - qizlarga nisbatan tazyiq yo‘q” deb kim kafolat beradi?
" Talaba – qizlarni ota – onalari zo‘rlab turmushga berishi tugatilgan” - deb kim kafolat bera oladi?!
"Talaba - qizlar to‘lov - shartnoma pulini to‘lashda o‘zlarini qiyin ishlarga majburan jalb qilmasligiga”,- kim kafolat beradi?! Hech kim !!!
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, oila sharoitida qizlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash jarayonida so‘z (nutq) kuchiga tayangan holda faoliyat yuritish kutilgan natijalarni berishga xizmat qiladi. Zero, so‘z (nutq) yordamida qizlarga muayyan masalalar yuzasidan ma’lumotlar berish, ularning bilimlarini shakllantirish va oshirib borish, ular tomonidan amalga oshirilgan xatti – harakatlarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi haqida fikr bildirish, rag‘batlantirish, ularda mustaqil fikrlash qobiliyatini yuzaga keltirish, muayyan voqea hamda hodisalarga nisbatan shaxsiy yondashuvni qaror toptirishga undash imkoniyati yuzaga keladi.
|
| |