• Hissiy tajovuz
  • Keywords: pressure and aggression, kindness, neurotic, neurological, family violence, mistrust, care, discrimination, injustice, aggression. KIRISH




    Download 12,81 Mb.
    bet11/58
    Sana19.06.2024
    Hajmi12,81 Mb.
    #264316
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   58
    Bog'liq
    “Ta’lim tizimida innovatsiya va ularning amaliy tadbiqlari muammolar va yechimlar”

    Keywords: pressure and aggression, kindness, neurotic, neurological, family violence, mistrust, care, discrimination, injustice, aggression.
    KIRISH.
    Yoshi, irqi, jinsi, e’tiqodi yoki ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar, har kim oiladagi zo‘ravonlik qurboniga aylanishi mumkin. Bolalar, boshqa qarindoshlar yoki boshqa har qanday birga yashaydigan shaxslar ham ichki tajovuz qurboni bo‘lishlari mumkin.Uydagi tajovuz odatda o‘zini oilada yoki yaqin sherikga nisbatan tizimli tajovuzkor xatti-harakatlar sifatida namoyon qiladi, bunda tajovuzkor jabrlanuvchi ustidan kuch va nazoratga ega bo‘ladi.
    "Ayol ruhi sohasidagi o‘ttiz yillik izlanishlarimga qaramay, men ham ayol nimani xohlashini qanday tushunish kerak? – degan savoga javob bera olmayman "Zigmund Freyd (1923) "Oiladagi jismoniy", "oiladagi maishiy zo‘ravonlik" yoki "intim zo‘ravonlik" deb ham ataladigan ichki tajovuzni yaqin sherik ustidan hokimiyat va nazoratni qo‘lga kiritish yoki saqlashga qaratilgan odamlar o‘rtasidagi munosabatlardagi tizimli xatti-harakatlar deb ta’riflash mumkin.
    Agressiya-bu boshqa odamga ta’sir qiladigan jismoniy, jinsiy, hissiy, iqtisodiy yoki psixologik harakatlar yoki harakatlar tahdidi. Bunga kimnidir qo‘rqitadigan, bo‘ysundiradigan, xafa qiladigan, kamsitadigan, ayblaydigan, haqorat qiladigan yoki jarohatlaydigan har qanday xatti-harakatlar kiradi.
    Uydagi tajovuz irqi, yoshi, jinsiy orientatsiyasi, dini va jinsidan qat’i nazar, har qanday odamga ta’sir qilishi mumkin. Bu turli xil munosabatlarda sodir bo‘lishi mumkin, ular turmush qurgan juftliklar o‘rtasidami, birgalikda yashayotganlar o‘rtasidami yoki tanishlar o‘rtasida ham bo‘lishi mumkin. Oiladagi zo‘ravonlik ijtimoiy-iqtisodiy kelib chiqishi va bilim darajasidagi har xil bo‘lgan insonlar odamlarga ta’sir qiladi.
    Uydagi tajovuz belgilari quyidagi ko‘rinishlarda namayon bo‘lishi mumkin. * Do‘stlar davrsida va oilada kamsitilishi yoki masxara qilishi. * Yutuqlarni mensimasligi.

    • Insonni qaror qabul qilish imkoniyatini yo‘qqa chiqaradi.

    • Bo‘ysundirish uchun qo‘rqitish va tahdidlardan foydalanadi.

    • Sizga hech kim emasligingizni o‘qtirib boradi.

    • Sizga qo‘pol muomalada bo‘ladi, masalan, urish, itarib yuborish, chimchilash kabilar......

    • Giyohvand moddalar yoki spirtli ichimliklar ta’sirida tajovuz qiladi.

    • O‘zining his-tuyg‘ulari yoki harakatlari uchun sizni ayblaydi.

    • O‘zingiz xohlagan narsani qilishingizga yo‘l qo‘ymaydi.

    Jismoniy va jinsiy zo‘ravonlik yoki undan foydalanish tahdidi uydagi tajovuz va zo‘ravonlikning eng sezilarli shakllari hisoblanadi. Ularning namoyon bo‘lishi boshqa odamlarga muammoning mavjudligini ko‘rsatib turadi. Agarda tajovuzkor muntazam ravishda tajovuzkor harakatlarni amalga oshirsa, unda jismoniy zo‘ravonlikning bir yoki bir nechta namoyon bo‘lishi bilan birga, bu allaqachon suiiste’mol qilishning katta muammosi sifatida ko‘riladi.
    Hissiy tajovuz: doimiy ravishda odamningn o‘zini tomonidan o‘zi qadrsizlantirishi; odamning qobiliyatlarini kamsitish; haqoratli yoki kamsituvchi fikrlarning aytilishi; bolalar, yaqinlar bilan munosabatlariga zarar yetkazish; oila va do‘stlar bilan uchrashuvlarning taqiqlash. Agar turmushga chiqqan bo‘lsa, turmush o‘rtog‘ining hissiy tajovuz belgilari quyidagi ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin:

    • doimiy haqorat va tanqid;

    • ishonmaslik, hasad yoki o‘zini xo‘jayindek tutadi;

    • oilangiz yoki do‘stlaringizdan ajratishga harakati;

    • qaerga borganingizni, kimga qo‘ng‘iroq qilayotganingizni va kim bilan vaqt o‘tkazganingizni kuzatib boradi;

    • o‘qishga yubormaslik; * iqtisoddan qiynash;

    • o‘ta sovuq munosabat;

    • farzandlar, qarindoshlar hayoti bilan qo‘rqitish;


    Download 12,81 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   58




    Download 12,81 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Keywords: pressure and aggression, kindness, neurotic, neurological, family violence, mistrust, care, discrimination, injustice, aggression. KIRISH

    Download 12,81 Mb.