Ta’lim tizimida innovatsiya va ularning amaliy tadbiqlari: muammolar va yechimlar




Download 12,81 Mb.
bet29/58
Sana19.06.2024
Hajmi12,81 Mb.
#264316
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   58
Bog'liq
“Ta’lim tizimida innovatsiya va ularning amaliy tadbiqlari muammolar va yechimlar”

Asosiy qism: Tafakkur- inson aqliy faoliyatining yuksak shakli bo’lib, u obyektiv voqelikning ongda aks etish jarayonidir. Insoniyatning boshqa mahluqotlardan ustuvor jihatlaridan bittasi ham tafakkur qilish xususiyatiga ega ekanligi barchamizga ma'lum. Shu jumladan so'ngi yillarda turli xil sohalar doirasida psixologik tafakkur tushunchasi keng doirada qo'llanila boshladi. Xo'sh, psixologik tafakkur o'zi nima? Psixologik tafakkur bu siz bir qarashdayoq bevosita idrok etib bo'lmaydigan xususiyatlar va atrofdagi dunyo munosabatlari haqida bilim olishga imkon beradi. Shu sababdan ham psixologik tafakkur shakllari bevosita falsafa va mantiq fanlari bilan uzviy bog'liq deb hisoblanadi
Biz insonlar nafaqat ko'rinish, xarakter jihatdan balki sixologik jihatdan ham bir- bir birimizdan keskin farq qilamiz va shu sababdan har bir insonda o'ziga yarasha shaxs psixologiyasi mavjud bo'lib bu uning boshqalardan farqli individual ekanini isbotidir. Shu o'rinda, insoniyatning eng qiymatli qobilyatlaridan biri ijodkorlik ekani barchamizga ma'lum va har qanday sohada ham ijod muhim omil sanaladi.
Ijodkorlik- bu o’zgalar anglolmagan narsani anglash, yangi g’oyalar asosida takrorlab bo’lmas bebaholikni yaratish deganidir.Shu o'rinda Hindistonlik Osho taxallusi bilan tanilgan buyuk faylasufning ijod haqidagi quydagi jumlasiga e'tibor qaratsak: Ijod- borliqdagi buyuk isyondir2.
Chindan ham bu ta'rif shu qadar haqqoniy tarzda berilganki go'yoki har bir ijodkor o'zining ichki dunyosidagi buyuk isyonni butun dunyoga ayon qilish istagida bo'ladi. Shu bilan bir qatorda nufuzli amerikalik psixolog Avraam Maslouning fikricha, ijodkorlik har kimga xos, lekin ko'pchilikdagi bunday xususiyat atrof muhit ta'siri ostida yuzaga chiqolmay qoladi va asta-sekinlik bilan yo'q bo'ladi.Deyarli barcha inson biron ijodkorlik qobilyatiga ega holda dunyoga keladi faqat ulg'aygan sari bu xususiyatni o'stirib, rivojlantirib borish lozim. Shu o'rinda ijodkorlikning ham o'ziga xos bir nechta turlari haqida so'z yuritsak. Ijodkorlik turlari

  1. Ilmiy ijodkorlik: allaqachon mavjud bo'lgan narsalarni qidirishni o'z ichiga oladi, lekin u bizning ongimizda yangidan kashf qilinadi. U dunyodagi hodisalarni va rivojlanishning turli shakllarini o'rganishga xosdir

  2. Texnik ijodkorlik: ilmiy ijodkorlikka yaqin bo'lib, haqiqatdan ham nazariyotdagi ko'nikmalardan foydalanib, yangi g'oyalarni, amaliy o'zgarishlarni, kashfiyotlar va ularni yaratishni nazarda tutadi. Bu jarayonda jamiyat uchun yangi moddiy qadriyatlar yaratiladi.

  3. Badiiy ijodkorlik: estetik qadriyatlarni yaratishdan iborat bo'lib, insonda ruhiy tajribalarni uyg'otadigan tasvirlardir. Bu jarayon ijodkorning botiniy dunyosidagi holatni qog'ozga ko'chirish demakdir.

  4. Pedagogik ijodkorlik: pedagogik faoliyat sohasidagi yangi kashfiyot bo'lib, bu innovatsiya orqali muammolarni hal etishning noan'anaviy usuli hisoblanadi. Bunda har bir pedagog o’z zimmasidagi ma’suliyatli vazifaga ijodkorona yondashishi nazarda tutiladi.

Yuqorida sanab o'tilgan ijodkorlik turlari hozirgi kunda har bir insonning faoliyatida muhim ro'l o'ynaydi. Shu jumladan turli xil sohalardagi ijodkorlarning ijod jarayonida yana bitta asosiy nuqta ham e'tiborimizni tortmay qolmaydi bu - ijod psixologiyasidir.
Aslida har qanday shaxsning yaratgan ijodiy asarida, u xoh rassomlik ishi bo'lsin xoh yozma janrdagi biron asar, muallifining o'z tafakkuridagi g'oyalar, turli xil tasvirlar va boshqalardan farqli jihatlar yaqqol o'z aksini topadi,albatta, bu o'z o'rnida ijod psixologiyasi bilan uzviy bog'liq ekanini isbotlovchi dalildir. Misol uchun hayotga hech bir xayoliy tasavvurlarsiz real nigoh bilan qaraydiga ijodkorlarning asarlarida haqqoniy realizimning guvohi bo'lamiz chunki uning ijod jarayoni to'g'ridan-to'g'ri o'z psixologiyasi bilan bog'liq holda rivojlanib boradi. Aynan asardagi tasvirlarning haqqoniyligi kishini go'yoki o'sha muhitda nafas olishiga, atrofdagi voqea-hodisalarni o'z hayotida sodir bo'layotgandek his qilishiga sabab bo'ladi. Bu jihatdan har birimiz uchun ijod psixologiyasining asl mohiyatini anglash, u haqda teran mulohaza yuritish ko'p hollarda qiyinchilik tug'dirmaydi.

Download 12,81 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   58




Download 12,81 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ta’lim tizimida innovatsiya va ularning amaliy tadbiqlari: muammolar va yechimlar

Download 12,81 Mb.