• O’QUVCHILARINI KASB-HUNARGA YO’NALTIRISHDA QO’YILADIGAN ASOSIY TALABLAR Homidova Lobarxon Ravshanjon qizi
  • Kalit soʻzlar
  • Ta’lim tizimida innovatsiya va ularning amaliy tadbiqlari: muammolar va yechimlar




    Download 12,81 Mb.
    bet37/58
    Sana19.06.2024
    Hajmi12,81 Mb.
    #264316
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   58
    Bog'liq
    “Ta’lim tizimida innovatsiya va ularning amaliy tadbiqlari muammolar va yechimlar”

    Foydalangan adabiyotlar:

    1. 1Бодалев А. А, Психология о личности. — М.: Изд-во МГУ, 1988.

    2. Гамезо М.В, Домашенко И.А Атлас по психологии М; «Просвещение» 1986г

    3. Davletshin M.G Umumiy psixologiya T-2002 y

    4. Джемс В. Психология.- М., 1991

    5. Леонгард К, Акцентуированные личности. — Киев: Вища школа, 1989. 6. G’oziev E.G’ Umumiy psixologiya 1-2 kitob T-2002 y



    O’QUVCHILARINI KASB-HUNARGA YO’NALTIRISHDA QO’YILADIGAN ASOSIY TALABLAR


    Homidova Lobarxon Ravshanjon qizi
    Fargʻona viloyati Rishton tumani MMTB ga qarashli 39-umumiy oʻrta taʼlim maktabining amaliyotchi psixologi


    Annotatsiya: O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish davlat ahamiyatiga ega bo’lgan masala. Yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash g’oyat muhim vazifadir. Shu boisdan yoshlarni kasb-hunarga yo’naltirish muammosi umumiy o’rta ta’lim maktabi ishida katta o’rin tutadi. “Mening orzuim”, “Kim bo’lsam ekan”, “Men sevgan kasb”, “Kasbning yomoni yo’q”, “Kasbim faxrim” degan mavzular har bir maktab bitiruvchi yigit va qiz oldida turgan asosiy muammolardan biridir. O’quvchilarning o’qishga bo’lgan chanqoqligini qondiruvchi birinchi ziyo – chashma bu maktabdir. Ta’lim jarayonida o’quvchilarda kasblar tiplarini mustaqil holda bilish (Inson-tabiat, inson-texnika, inson-badiiy timsol, inson-belgili tizim), tanlayotgan kasbning talablarini o’z shaxsiy sifatlari bilan qiyoslay olish, o’z moyilligi, qobiliyati, salomatligi tanlanayotgan kasbga muvofiqligini to’g’ri baholash ko’nikmalari shakllanishi lozim. O`qituvchining kasb-hunarga yo’naltirishdagi asosiy vazifasi – har bir bitiruvchi o’quvchini, uning kasbga va bilimga qiziqishlarini, moyillik, ehtiyojlari, atrof-muhitni, oilaviy ahvolini yaxshi va har tomonlama o’rganishdan iborat bo’lishi kerak.
    Kalit soʻzlar: kasb, qobiliyat, moyillik, bitiruvchi, mehnat.

    O`qituvchi ushbu maqsad va vazifalardan kelib chiqib o`quvchilarga:



    • “kasb” tushunchasining ma’nosini yoritib berish, ularni kasblarning klassifikasiyalari bilan tanishtirish;

    • “kasbiy qiziqish”, “mayillik” tushunchalari bilan tanishtirish;

    • kasb tanlashga asosan o’quv va ijtimoiy – mehnat uyushmasiga nisbatan ongli yondoshishga erishish;

    • kasb tanlashda o’z salomatligini hisobga olish zarurligini tushuntirish;

    • “Kasbiy layoqat” tushunchasining mohiyatini ochib berish, kasb tanlashga mulohaza bilan yondoshishni shakllantirish;

    • kasb tanlashning ahamiyatini tushuntirish, umumiy va alohida qobiliyatlar haqida tasavvur hosil qilish;

    • har bir o’quvchiga tanlangan kasbini egallashi uchun amaliy yordam ko’rsatishi, unda ijtimoiy-mehnat uyushmasiga ijodiiy yondoshishni rivojlantirish.

    Hozirgi kunda pedagogik oliy ta`lim tizimi oldida turgan eng muhim vazifa – ta`lim-tarbiya jarayonida o`quvchilarni kasb-hunarga to`g`ri yo’naltirish, bitiruvchilarning kasbiy faoliyatga tayyorligi hamda uni shakllantirish masalalari hisoblanadi. Bu masalani hal qilish uchun maktab bitiruvchilarining modeli qanday bo’lishi kerak, degan muammo ustida to’xtalish zarur.
    Bo`lajak mutaxassis o`qituvchilardan o`quvchilarni kasb-hunarga to`g`ri yo’naltirishga tayyorlashda 3 ta tarkibiy qismlarini farqlash talab etilishi mumkin:
    1. Bo’lajak o’qituvchining kasbiy ahamiyatiga bo’lgan sifatlar;
    2.O’quvchi shaxsining rivojlanish jarayoni haqidagi bilimlarga ega bo`lishi;
    3. Pedagogik jarayonni tashkil etish uchun zarur bo’ladigan ko’nikma va malakalar
    O’quvchilar bilan ishlashda quyidagilarni bilish zarur:

    • o’quvchi shaxsi va uning ayrim sifatlarini kompleks metodlar yordamida o’rganish;

    • o’quvchi shaxsi va ularni jamoasini rivojlantirishni loyihalashtirish;

    • ta’lim jarayonini rejalashtirish va amalga oshirish;

    • ta’lim jarayonida o’quvchilarni tarbiyalash;

    • o’quvchilarga qat’iy, ahloqan asoslangan talablar qo’ya bilish;

    • o’quvchilar jamoasida mikroiqlimni tashkil qilish;

    • sinf rahbari sifatida ishlashni rejalashtirish va amalga oshirish.

    Kasbni to’g’ri tanlash asosida o’z qobiliyatlari va qiziqishlarini yaxshiroq ro’yobga chiqishlari hamda jamiyatga ko’proq naf keltirishlari mumkin.
    Demak, o’quvchilarni kasb tanlashda yo’llash, kasb-xunarga yo’naltirish ishlarining asosiy ijrochisi maktablarda texnologiya fani o’qituvchisi zimmasiga tushadi. Shuning uchun kasb tanlashga yo’llash va texnologiya fanidan dars beradigan o’qituvchilar yuqori natijalarga, dars samaradorligiga erishishi uchun albatta quyidagilarga alohida e’tiborni qaratishlari zarur:

    • zamonaviy ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning va ma’naviy-moddiy qadriyatlari mohiyatini chuqur tushuna bilishi;

    • pedagogik va innovatsion texnologiylarning asl mohiyati va uslublarini tushinib, qo’llay bilishi;

    • o’quvchilarni mustaqil kasb-hunar o’rganishga, erkin kasb tanlashga sharoit yaratishi;

    • pedagogik texnologiyalardan foydalanar ekan, o’zi ham yangi yaratuvchi yangi xilma-xil (“Kasb darsi”,”Aqliy hujum”, “Zinama-zina” va b.) uslublarni o’ylab topishi, amalda qo’llashi;

    • an’anaviy darslar orqali o’qituvchilarning yakka tartibda (individual) ishlashga erishishi;

    • test topshiriqlarni o’quvchi faoliyati darajalariga mos holda tuzish bo’yicha ko’nikmalarga ega bo’lishi shart.

    Umumiy ta’lim maktablarida kasb-hunarga yo’naltirish ishlarini boshlang`ich sinflardan boshlab quyidagi talablar qo’yilishi o`rinlidir:

    • milliy g’urur – bu o’z yurtining tarixini bilish;

    • ularni erkin fikrlashga tayyorlash, o’z-o’zini idora va nazorat qila bilishni shakllantirish;

    • umuminsoniy fazilatlarga ega bo’lish; o’z millati va vatanini sevish, u bilan faxrlanish, milliy urf-odatlar, milliy qadriyatlarni hurmat qilish;

    • milliy istiqlol g’oyasi va mafkura asoslariga amal qilish;

    • mustaqil va ijodiy fikrlash;

    • ma’naviy-ahloqiy madaniyatga ega bo’lish;

    • kasbiy-mehnat faoliyatida ekologik mas’uliyatni his qilish;

    • kompyuter va boshqa telekommunikatsiya vositalaridan foydalana olish;

    • maqsadni o’z oldiga to’g’ri qo’ya bilish;

    • maqsadga erishish uchun bilim, ko’nikma va malakaga ehtiyoj sezish;

    • bilim va qobiliyatni namoyon qilishga ehtiyojni kuchaytirish;

    • o’ziga nisbatan talabchanlik, hulqi, xatti-harakatlaridagi kamchiliklarga tanqidiy manosabatda bo’lish;

    • ta’lim muassasasi faoliyati jarayonida faol ishtirok etish.

    Xulosa o`rnida, hozirgi kunda o’quvchilarni kasb-hunarga yo`naltirishda pedagogik-psixologik va umumtexnik va kasb ta’limi mutaxassilari olib borayotgan ishlar salmoqli o’ringa egaligi ma`lum. Darhaqiqat, o’quvchi yoshlarning kasbiy bilimlar va ko’nikmalarini shakllantirish, ularga to’g’ri yo’nalish berish ishlari ko`proq kasb-hunarga yo’naltiruvchi mutaxassislar, pedagog-psixologlar zimmasiga tushadi. Shu munosabat bilan o’quvchilarni kasbhunarga yo`naltirishga mas`ul mutaxasislarning quyidagi pedagogik-psixologik va umukasbiy tayyorgarligiga ega bo`lishi va kasb-hunarga yo’naltirish ishlariga qo`yilgan talablarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Jumladan, birinchidan - o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltiruvchi va pedagog-psixologlarni hamda umumtexnik va kasbiy ta’lim mutaxassislari malakasini va saviyasini oshirib borish, ularga o’quv kursi va seminarlar tashkil qilib amaliy yordam berish va moddiy ehtiyojlarini qondirilishi; ikkinchidano’quvchilarning kasb-hunarga qiziqishlarini, moyilliklarini kuchaytirish maqsadida har xil kasb-hunar navatorlari bilan davra suhbatlari, baxsmunozaralar, hunarmandlar maydoniga sayohatlardan mahorat bilan foydalanishi; uchinchidan - o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirishda mahalla va ota-onalarning rolini oshirish, sinf rahbarlari bilan ota-onalar hamkorlikda har oyda bir marta “Kasbiy maslahatlar kuni”ni tashkil etib, ular bilan turli kasb-hunarlarga tayyorlashda uchraydigan muammo va еchimlar to`g`risida davra suhbatlarini uyushtirib turish; to’rtinchidan – bir necha yillar davomida halol mehnat bilan elga tanilgan xalq xunarmandlari va mehnat faxriylari bilan “Mehnat, mehnatning tagi rohat”, “Mehnat-baxt keltiruvchi omil”, “Kasb-u kamol xusn-u jamol” kabi mavzularda uchrashuvlar tashkil etish kabi tadbirlar muhim ahamiyat kasb etadi.



    Download 12,81 Mb.
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   58




    Download 12,81 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ta’lim tizimida innovatsiya va ularning amaliy tadbiqlari: muammolar va yechimlar

    Download 12,81 Mb.