FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
Avlaev O.U. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tasavvurida o‘qituvchi timsoli. “Maktab va hayot” jurnali. 2019, №2, 5-8 b.
Avlaev O.U. Talabalar kamolotida ijtimoiy intellektning gender farqlari. «Psixologiya» ilmiy jurnal.2021. № 1, 34-41 betlar.
3.Abduvali Burkhonov, Orif Avlaev, Shoira Abdujalilova, Akram Otaev. Responsibility as a criterion for determining personal maturity E3S Web of Conferences 244, 11059 (2021) https://doi.org/10.1051/ e3sconf/202124411059 EMMFT-2020
G‘oziev E.G‘. O‘quvchilarning o‘quv faoliyatini boshqarish. – Toshkent, 1988. - 102 b.
PSIXOLOGIYADA XARAKTERNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Ubaydullayeva Sohiba Abduxakimovna
Jizzax vilayati paxtakor tumani 9-maktab psixologi
Annotatsiya: Psixologiyada "Xarakter" so’zi grekcha so’zdan olingan bo’lib " tamg’a, belgi" degan ma'noni anglatadi. Ijtimoiy turmushda hayot va faoliyat ko’rsatayotgan har qanday shaxs o’zining individual-psixologik xususiyatlari bilan boshqa insonlardan ajralib turadi va bu farqlar uning xarakter xislatlarida ifodasini topadi.
Kalit soʻzlar: xarakter,tamgʻa, fiziologiya, shaxs, faoliyat, xususiyatlar.
Xarakter borasidagi ta'limotlar tarixi uzoq o’tmishga borib tarqaladi. Xususan, Arastu va Aflotun kishi xarakterini basharasiga qarab aniqlashni taklif qilgan edilar. Ularning xarakterologiyasi asosi qanchalik sodda bo’lsa, shunchalik g’aroyib faraz yotardi. Kishining tashqi ko’rinishida qandaydir hayvon bilan o’xshashlik belgisini topish tavsiya qilinardi, so’ngra esa uning xarakterini ana shu hayvonnning xarakteri bilan aynan bir xil deb qarash kerak edi. Jumladan, Arastuning aytishi bo’yicha, buqaniki singari yo’g’on burun ishyoqmaslikni bildiradi, chuchqanikiga o’xshash teshiklari katta-katta keng burun ahmoqlikni, arslonniki kabi burun mag’rurlikni, echkilar, g’ylar, va qyonlarniki singari junining mayinligi qo’rqoqlikni, sherlar va yovvoyi chuchqalarniki kabi junning dag’alligi botirlikni anglatadi.
Lafaterning fikriga ko’ra, Gyotening geniyligi haqida eng ko’p darajada uning, "burni dalolat beradiki, u Gyote pozisiyasining "mahsuldorligini, mazmuni va muhabbatini - qayd etadi".Lafaterning o’limidan keyin ko’p o’tmay paydo bo’lgan yangi xarakteriologik ta'limot frenologiya degan nom oldi.
Frenologiya nemis vrachi Frans Gallning nomi bilan boqlangandir. Gallv ta'limotining asosida xarakterning barcha xususiyatlari bosh miya yarim sharlarida o’zlarining qat'iy ixtisoslashgan markazlarga ega degan tasdiq yotadi. Bu fazilatlarning rivojlanish darajasi miyaning tegishli qismlari kattaligiga to’g’ridan-to’g’ri bog’liqdir. Gallning maslagiga ko’ra, bosh suyaklari miyaning qavariq va chuqurcha joylariga aniq mos kelganligi uchun ham, uning ruhiy belgilarini aniq aytib berish uchun kishining bosh suyagiga bir nazar tashlash yoki shunchaki boshning "Bo’rtik joylarini" ushlab ko’rish aftidan yetarli bo’lsa kerak.
Bu ta'limotda umuman miya yarim sharining tuzilishi shaxs xususiyatlariga bog’liq bo’ladi, degan to’g’ri boshlang’ich fikrdan tashqari barchasi nihoyat darajada noto’g’ridir.Organizmning nasliy xususiyatlari xarakter xususiyatlarining paydo bo’lishidagi shartlardan biridir. Xarakter xususiyatlari irsiyatning biologik qonuniyatlari bilan emas, balki ijtimoiy qonuniyatlar bilan belgilanadi (egizaklar). Egizaklar temperament xususiyatlari jihatdan o’xshasalar ham xarakter xislatlari bir-biridan farq qiladi. Xarakterning har bir xususiyati shaxs munosabatlari bilan bog’liqdir. Lekin, shaxs munosabatlari o’z navbatida ijtimoiy munosabatlar bilan belgilanadi. Kishining xarakteri tug’ma, doimiy va o’zgarmaydigan narsa emas. Hech bir bola mehnatsevar yoki dangasa, rostgo’y yoki yolg’onchi, qo’rqoq yoki jasur bo’lib tug’ilmaydi. Har bir odamning xarakteri, temperamenti asosida, ijtimoiy muhit ta'siri bilan, tarbiya, amaliy faoliyat jarayonida va kishining o’z-o’zini tarbiyalashi bilan taraqqiy qilib, o’zgarib boradi. Xarakterning taraqqiyoti kishining irodasi, aql-idroki va hissiyotlarining rivojlanib borishi bilan mustahkam bog’liqdir.
Psixologiya fanida xarakterga turlicha ta'rif berilishiga qaramay, uning asosiy belgilari ta'kidlanganligi bilan bir-biriga muvofiq tushadi. Masalan, shaxs xulqining tipik usullar bilan bog’liq faoliyat muomala va munosabatda namoyon bo’luvchi, mujassamlanuvchi uning barqaror xususiyatlari majmuasi xarakter deyiladi. Shaxsning jamiyatga nisbatan munosabatlari uning asosiy belgisi hisoblanadi.
Xarakter deganda mazkur shaxs uchun tipik hisoblangan, faoliyat usullarida namoyon bo’ladigan, shaxsning turli sharoitlarga munosabati bilan belgilanadigan individual psixologik xususiyatlari yig’indisi tushuniladi. Xarakter xususiyatlarining namoyon bo’lishi har bir tipik vaziyat, hissiy kechinmalarning individual o’ziga xos xususiyati shaxs munosabatlariga bog’liq. Xarakterning intellektual, hissiy va irodaviy xislatlarini ajratish mumkin. Xarakter deganda shaxsda muhit va tarbiya ta'sirida tarkib topgan va uning irodaviy faoliyatida, atrofdagi olamga o’z-o’ziga bo’lgan munosabatlarida namoyon bo’ladigan individual xususiyatlarni tushunamiz. Xarakterning juda ko’p xususiyatlari odamning ish harakatlarini belgilovchi chuqur va faol moyillik hisoblanadi. Mana shu moyilliklarda xarakter xislatlarining undovchilik kuchi namoyon bo’ladi. Odam xarakter xislatlarining ana shunday undovchilik kuchi tufayli ko’pincha ob'ektiv sharoitlarga zid ish qiladi va mutlaqo maqsadga nomuvofiq harakat usullarini qo’llaydi.
Shaxs harakatlarining sifati va ularning oqilona usullari insonning irodasi, hissiyoti, diqqati, aqliy sifatlariga yoki psixik jarayonlarning individual xususiyatlariga bog’liqdir. Chunonchi, mehnatda ko’zga tashlanadigan tirishqoqlik, puxtalik mehnatga nisbatan ijobiy munosabatni aks ettirishga emas, balki boshqa omillarga: diqqatning to’planishiga; harakatlarning maqsadga yo’nalganligiga; irodaviy zo’r berishga; usullar mahsuldorligiga; aqlning ishtirokiga bog’liq xisoblanadi. Xarakterning psixologik va fiziologik sabablari haqida faqat taxminiy fikrlar, xulosalar mavjud. Kishi temperamenti uning xarakteri tarkibiga kiradi, shu sababli ham xarakterning fiziologik asosi asab tizimining tipidan iborat.
Xarakter xislatlari shaxsning qiyin hosil qilinadigan va mustahkamlanib qoladigan xususiyatlari bo’lganligi tufayli, xarakterning fiziologik asosi ham individual hayot jarayonida asab tizimining o’zgargan xususiyatlaridan iborat. hayvon asab faoliyatining tug’ma konstitutsion turi genotip. Lekin hayvon tug’ilganidan keyin tashqi sharoitlarning g’oyat xilma-xil taassurotlariga duch keladi va bunga muayyan faoliyat orqali muqarrar javob berishi lozim bo’ladiki, ko’pincha bu faoliyatlar mustahkamlanib, butun hayoti davomida saqlanib qoladi. Shu sababli hayvonning batamom tarkib topgan asab faoliyati tipga oid belgilardan tashqari muhit ta'siri ostida hosil bo’lgan o’zgarishlarning qotishmasi-fenotip xarakteridir. Dinamik stereotip shaxsdagi mustahkam odat bo’lib qolgan xususiyatlarning, jumladan, xarakter xislatlarining ham nervfiziologik asosidir. Xarakterning nerv-fiziologik asosini tushunish uchun I.P.Pavlovning ikkinchi signal tizimi haqidagi ta'limoti katta ahamiyatga egadir. Ikkinchi signal tizimi nutq va tafakkurning fiziologik asosi bo’lish bilan birga, kishi xulqini ham idora qiladi. Xarakterning fiziologik asosi xarakterning mazmunini tashkil qiladigan sifatlari, chunonchi, ijtimoiy maslak, mardlik, o’z burchiga sadoqatli bo’lishlarini o’z ichiga olmaydi va ololmaydi ham, albatta xarakter psixologiyasining mazmuni o’zining kelib chiqishi jihatidan ijtimoiy hodisadir. Xarakterning mazmunini tashkil qilgan tomonlarini yoritilishi tufayli, psixologiya ijtimoiy fanlar qatoriga kiradi.
Xarakter xislatlari kelib chiqishining muhim fiziologik sharoitlaridan biri - xarakter xususiyatlarining fiziologik hamda psixologik jihatdan ifodalanishi o’rtasida o’xshashlik bo’yicha taxminiy xulosa chiqarishdir. Ma'lumki, I.P.Pavlov ilmiy maktabi materiallarida e'tirof etilishicha, laboratoriya sharoitida ovqatlanish orqali, shuningdek, teriga elektr toki bilan ta'sir qilish tufayli mustahkamlashda aynan bir hayvonda bir xil shartli qo’zg’ovchiga javoban ikki xil dinamik stereotipni hosil qilish mumkin. Xarakter stereotiplar va so’lak ajralishidan iborat ijobiy va tormozlanish shartli reaksiyalari bilan javob qaytaradi. Teriga elektr toki bilan ta'sir qilish sharoitda esa qo’zg’ovchilarning o’ziga mudofaa harakatlari stereotiplari reaksiyasi bilan javob beradi. Bu hodisalar negizida yotgan fiziologik mexanizm ko’chirish mexanizmi deyiladi. Ko’chirish mexanizmining mohiyati shuki, sharoitga bog’liq tarzda markaziy nerv sistemasida har xil funksional holat paydo bo’ladi, chunonchi, ovqatlanishning markazlarida kuchli qo’zg’alish yuzaga
keladi va bunda ovqatlanish bilan bog’liq dominanta tug’iladi. Teriga elektr toki bilan ta'sir qilishda mudofaa bilan bog’liq harakat markazlari kuchli qo’zg’alish tufayli muhofaza (mudofaa) dominantasi vujudga keladi.
Xarakter xislatlarining dinamik stereotiplarga bog’liq nerv tizimining shartli reflektor funksional holati shaxsning sharoitiga nisbatan turlicha munosabatiga bog’liqdir. Masalan, tajribaga nisbatan tekshiriluvchining munosabati o’zgartirilsa, unda nerv jarayonlarining qo’zg’aluvchanligi, harakatchanligi, to’xtalishi kuchayadi, demak nerv tizimining funksional holati o’zgaradi. Shunday qilib, xarakter xislatlarining asosi ko’chish mexanizmi insonlarda hayvonlarnikidan keskin tafovutlanadi, chunki unda ikkinchi signal tizimi nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi.
XULOSA
Shaxsning xarakteri tuzilishi turli xususiyatlarning tasodifiy yig’indisidan iborat emas, balki o’zaro bir-biriga bog’liq, hatto tobe yaxlit tizimdan tarkib topadi. Xarakter xislatlarining muayyan qismidan xabardor bo’lishlik notanishlarni tashxis qilish imkoniyatini yaratadi. Misol uchun, shaxsning shuhratparastligi ma'lum bo’lsa, uning dili (ko’ngli) qoraligi yuzasidan taxmin qilish mumkin, yoki inson kamtar, mo’min, yuvosh xususiyatli bo’lsa, albatta u ko’ngilchan ekanligi ko’nglimizga keladi. Har bir kishi ma'lum yoshdan boshlab o’z xarakteri va uning sifatlari uchun o’zi javobgardir o’z xarakterini tarbiyalashda kishi avvalo yaxshi fazilatlarini ko’zda tutmog’i lozim. O’z kamchiliklariga iqror bo’lish kamchiliklarini yo’qotishga boshlaydi.
|