• BOSHLANG‘ICH SINF OʻQUVCHILARIDA O‘QUV MOTIVINI SHAKLLANISHINING PSIXOLOGIK VAZIFALARI Mamatkulova Lola Axrorovna
  • Kalit so‘zlar
  • FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI




    Download 12,81 Mb.
    bet35/58
    Sana19.06.2024
    Hajmi12,81 Mb.
    #264316
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   58
    Bog'liq
    “Ta’lim tizimida innovatsiya va ularning amaliy tadbiqlari muammolar va yechimlar”

    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:


    1. Nozima Muratova, Nargis Qosimova, Gulnoza Alimova, A’zam Dadaxonov, Azizaxon Ilyosxonova, Sitora Xolmatova, Nigina Xakimova: Jurnalistika “Onlayn jurnalistika va mediada yangi trendlar” –T.: O’zbekiston, 2019. 135-b.
    2.Nesterenko F.P., Irnazarov K.T., Mamatova Y.M. Lug‘at-ma’lumotnoma: jurnalistika, reklama, pablik rileyshnz. - T., Zar qalam, 2003. 48-b.
    3.Принципы международной журналистики и международный обмен информацией. –М., 1999. С.5.
    4.http://xs.uz/uzkr/post/prezident-tabrigi-matbuot-va-ommavij-akhborot-vositalarikhodimlariga
    5. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga tabrigi. “Xalq so’zi”, 2018 yil 28-iyun


    BOSHLANG‘ICH SINF OʻQUVCHILARIDA O‘QUV MOTIVINI SHAKLLANISHINING PSIXOLOGIK VAZIFALARI


    Mamatkulova Lola Axrorovna
    Samarqand viloyati Samarqand shahar MMTB ga qarashli
    47-umumta'lim maktabi psixologi


    Annotatsiya: Maqolada boshlang‘ich sinf bolalarida o‘quv motivining xususiyatlari o‘rganilgan. Boshlang‘ich sinf yoshidagi bolalarni o‘qitish jarayoni, o‘quv faoliyatining asosiy komponetlari: o‘quv masalalari, o‘quv vaziyatlari, o‘quv harakatlari, nazorat qilish va baholash bilan tanishtirishdan boshlanadi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini ta’limga moslashish sifatlarini baholash va to‘plangan tadqiqot ishlari natijalarining psixologik tahlili keltirilgan.
    Kalit so‘zlar: boshlang‘ich sinf bolalari, o‘quv faoliyati, o‘qitish jarayoni, o‘quv faoliyatining asosiy komponetlari, ta’limga moslashish.


    KIRISH.
    Boshlang‘ich sinf yoshidagi bolalarning yetakchi faoliyati bo‘lgan o‘qish shu yoshdagi bolalar psixikasi rivojidagi o‘zgarishlarni belgilab beradi. Maktab ta’limi o‘quvchining turmush tarzini, ijtimoiy mavqeini, sinf jamoasi va oila muhitidagi o‘rnini o‘zgartiradi. Uning vazifasi o‘qishdan, bilim olish, ko‘nikma va malakalarni egallash, o‘zlashtirishdan iborat bo‘lib qoladi. Bunda bolalar muhitga moslashishi kerak bo‘ladi.
    Boshlang‘ich sinf yoshidagi o‘quvchilarning o‘quv faoliyatlari murakkab bo‘lgan ko‘p darajali motivlar tizimi bilan boshqariladi. O‘quv faoliyati motivlari o‘quvchilar nima uchun o‘qiyotganlarini ko‘rsatib beradi. Maktabning birinchi sinfiga kelgan bolalarda ijtimoiy motivlar ustunlik qiladi. Bu motivlar atrofdagilar orasida yangi mavqeni egallash, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan va baholaniladigan faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan motivlardir. Maktabga birinchi bor kelgan bola o‘z faoliyatining tub mohiyati va vazifasini to‘la tushunib yetmaydi, balki hamma maktabga borishi kerak deb biladi. Kattalarning ko‘rsatmalariga amal qilib tirishqoqlik bilan mashg‘ulotlarga kirishib ketadi. Oradan ma’lum vaqt o‘tgach, shodiyona lahzalarning taassuroti kamayishi bilan maktabning tashqi belgilari o‘z ahamiyatini yo‘qota boradi va bola o‘qishni kundalik aqliy mehnat ekanligini anglaydi. Bu holatda bola aqliy mehnat ko‘nikmasiga ega bo‘lmasa uning o‘qishdan ko‘ngli soviydi, unda umidsizlik hissi vujudga keladi, o‘qituvchi esa bunday holning oldini olish uchun bolaga ta’limning o‘yindan farqi, qiziqarliligi haqida ma’lumotlar berishi, amalda ko‘rsatib isbotlab berishi va uni shu faoliyatga tayyorlashi kerak.
    O‘g‘il bolalar va qizlar rivojlanish tempidagi o‘zgarishlarda farqlanish mavjud bo‘lib, qiz bolalar hamma tomondan rivojlanishda o‘g‘il bolalardan oldinga o‘tib oladilar. Qiz bolalarning maktabdagi o‘qish muvaffaqiyati samaradorligi ularda lingvistik qobiliyatlarining rivojlanganligiga bog‘liq hisoblanadi. Maktab ta’limi esa ko‘proq verballikka asoslangan. Professor B.R.Qodirov tadqiqotlarida ta’kidlanishicha, o‘g‘il bolalarda aniq fanlarga nisbatan layoqatlar ko‘proq rivojlangan bo‘lib, ko‘rish-fazoviy intellekt baland hisoblansa, qiz bolalarda nutq malakalari ko‘proq rivojlangan bo‘lib, tafakkur egiluvchanligi baland bo‘ladi.
    Birinchi sinfning oxirlariga borib ko‘pchilik o‘quvchilar o‘z maktab majburiyatlariga ma’suliyatsizlik bilan qaray boshlaydilar. Bu bir qancha sabablar bilan bog‘liq. 1) Bola endi o‘quvchi bo‘ldi, o‘quvchi bo‘lish istagi qondirildi. Bu maqomni ushlab turish uchun hech narsa qilmasa ham bo‘ladi. 2) O‘quvchining ijtimoiy mavqei maktabda ularga beriladigan o‘quv faoliyati mazmuni bilan belgilanmaydi. Bu holat boshlang‘ich sinf o‘qituvchisidan ta’lim-tarbiya jarayoniga yangicha usullarda yondashish zaruriyatini taqazo etadi.
    Boshlang‘ich sinf ta’limi mazmuni o‘quvchining bilimlarni egallashga qiziqishi, o‘z aqliy mehnati natijasidan qanoatlanish hissi bilan uzviy bog‘liqdir. Bu his o‘qituvchining rag‘batlantirishi bilan yuzaga keladi va o‘quvchida samaraliroq ishlash mayli, istak va ishtiyoqini shakllantiradi. Bolada paydo bo‘lgan faxrlanish, o‘z kuchiga ishonch hislari bilimlarni o‘zlashtirish va malakalarni rivojlanishiga xizmat qiladi. Boshlang‘ich sinf yoshidagi bolalarni o‘qitish jarayoni, o‘quv faoliyatining asosiy komponetlari: o‘quv masalalari, o‘quv vaziyatlari, o‘quv harakatlari, nazorat qilish va baholash bilan tanishtirishdan boshlanadi. Bu borada barcha predmetli harakatlar aqliy rivojlantirishga qulay bo‘lgan sharoitda amalga oshirilishi juda muhim. O‘quvchining o‘quv faoliyatini o‘zlashtirishi o‘quv masalalari tizimini yechish jarayonida amalga oshiriladi O‘qishning boshida boshlang‘ich sinf yoshidagi o‘quvchilar mustaqil ravishda o‘quv masalalarini qo‘yish va yechishni bilmaydilar. Bu vazifani boshida o‘qituvchi bajaradi. Asta-sekinlik bilan o‘quvchilarning o‘zlari ham o‘quv masalalarini qo‘yish va yechish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikma va malakalarni egallay boshlaydilar. Bu mustaqil o‘quv faoliyati shakllanishining muhim bosqichidir. O‘quv masalalarini ajratib olish boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun ma’lum bir qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Shuning uchun ham har bir darsning so‘ngida o‘qituvchi o‘quvchilari aniq bir topshiriqlarni bajarishning ma’nosini qanday tushunganliklarini aniqlash uchun vaqt ajratishi kerak. “Biz bugun darsda nimalarni o‘rgandik?” tarzidagi savol bolalarga shunchaki daftarda chiziqchalarni chizib, doirachalarni bo‘yashni emas, balki sanashni, qo‘shishni yoki ayirishni o‘rganganlarini tushunishlarida yordam beradi.
    Agar bola o‘quv harakatlarini noto‘g‘ri bajarsa, bu uning o‘quv harakatlarini nazorat va baholash bilan bog‘liq harakatlarni bilmasligi yoki ularni yaxshi egallamaganligidan dalolat beradi. Bolaning mustaqil ravishda bajargan harakatlari natijalarinini o‘z xatti-harakatlarining xususiyatlari bilan taqqoslay olishlari unda o‘z-o‘zini nazorat etish layoqati ma’lum darajada shakllanganidan dalolat beradi.
    Bolalar tafakkuri va nutqining rivojlanishida ovoz chiqarib mulohaza yuritishning va bu uslubdan o‘quv jarayonida foydalanishning ahamiyati katta. Ovoz chiqarib mulohaza yuritish va o‘z yechimini asoslab berish aqliy sifatlarni o‘sishiga xizmat qilib, kishi o‘z mulohazalari va xatti-harakatini tahlil etishi va anglashini rivojlantiradi. Boshlang‘ich sinf yoshidagi o‘quvchilarda aqliy va o‘quv materialini o‘zlashtirish imkoniyatlari ancha yuqori hisoblanadi. To‘g‘ri tashkil etilgan ta’limda bu yoshdagi bolalar o‘rta maktab dasturida ko‘rsatilgan bilimlarga nisbatan ko‘proq bilimlarni tushunishlari va o‘zlashtirishlari mumkin. Boshlang‘ich sinf yoshidagi bolalar o‘quv faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri shundaki, shu davrdan boshlab o‘quv materialini o‘zlashtirmaslikning dastlabki belgilari ko‘zga tashlanadi.
    Boshlang‘ich sinf yoshida past o‘zlashtirish sabablari va o‘qishidagi qiyinchiliklar quyidagilar bilan bog‘liqdir:1 ) neyrofiziologik sabablar; 2) bilish jarayonlarining yetarli darajada rivojlanmaganligi; 3) erkin va mustaqil harakat qilish darajasining pastligi; 4) motivatsion sohalarining yetarli rivojlanmaganligi; 5) oila tarbiyasidagi, oilaviy munosabatlardagi kamchiliklar; 6) maktab ta’limi va tarbiyasidagi kamchiliklar; 7) o‘zaro muloqot va munosabatdagi kamchiliklar; 8) shaxs xususiyatlaridagi og‘ishishlar.
    Boshlang‘ich sinf yoshidagi bolalar o‘qishidagi qiyinchiliklar bola shaxsining barcha shaxsiy, bilish, motivatsion, hissiy va irodaviy sohalarida aks etadi.Bu qiyinchiliklar o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq. Bir qiyinchilikni bartaraf etilishi ikkinchi qiyinchilikni ham kamayishiga olib keladi. Bunda bolalarni ta’limga moslashishi qiyinlashadi.
    Noto’g’ri moslashish o’zini yorqin va kuchli namoyon qilishi mumkin bo’lgan birinchi davr - bu maktab (boshlang’ich sinf)da o’qishni boshlaganda.
    Ikkinchi davr - boshlang’ich sinfdan o’rta sinfga o’tish. Katta yoshli odamning o’zgarishi, marshrutning o’zgarishi, garchi tanish maktabda bo’lsa ham, notanish o’qituvchilarga, sinflarga ko’nikish.
    Uchinchi davr. - o’smir13-14 yoshda o’quv faoliyatining keskin pasayishi kuzatiladi. O’qituvchilar 7-8-sinflardagi darslar keskin ziddiyatli bo’ladi.
    Boshlang‘ich sinf davrining oxirlariga kelib o‘qishga nisbatan ijobiy munosabatning birmuncha pasayishi ko‘zga tashlanadi. O‘quv faoliyatiga qiziqish – 1-2-sinflarda ko‘tarilib, 3-4-sinflarda pasayadi. O‘quv faoliyatiga qiziqishning pasayishida o‘qituvchining tayyor materialni bayon etishi va o‘quvchilarning yodlab olishlari ustanovkasi ustunlik qiladi va o‘quvchilarning faolliklari taqlid qilish xarakterida bo‘ladi. 3-4 sinf o‘quvchilari odatda o‘qilganlarni qayta hikoya qilib berishni, doskada yozilgan mashqni ko‘chirib yozishni, qoidalar va she’rlarni yodlashni yoqtirmaydilar va aksincha, misol hamda masalalarni mustaqil ravishda yechishni, tabiat hodisalarini kuzatishni, rasm chizish, plastilin va loydan narsalar yasash ishlarini yaxshi ko‘radilar. Boshqacha aytganda boshlang‘ich sinf yoshidagi o‘quvchilar tashabbus va mustaqillik imkoniyati bor bo‘lgan ishlarga ko‘proq qiziqish bildiradilar. Boshlang‘ich sinf yoshida o‘qishga qiziqishning pasayish sabablaridan biri sifatida V.A.Suxomlinskiy o‘qituvchi tomonidan past bahoning ko‘p qo‘yilishi, bu esa bolaning o‘qishga nisbatan qiziqishning pasayishi va o‘z imkoniyatlariga nisbatan bo‘lgan ishonchning pasayishida deb biladi. Shuningdek, bu yoshdagi bolalar faoliyatiga qo‘yilgan bahoni shaxsiga qo‘yilgan baho deb qabul qiladilar.O‘qituvchi tomonidan qo‘yilgan past baho “Demak men yomon bolaman. Ustoz meni yomon ko‘radilar “ qabilida qabul qilinadi. Bu esa bolaning o‘qishga va ustozi bilan munosabatiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
    Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘quv faoliyatining hamma elementlari shakllantirilganligi va mustaqil bajara olinishi yetakchi faoliyat sifatidagi o‘qish o‘z vazifasini bajarganligini anglatadi. Boshlang‘ich sinf yoshidagi o‘quvchilarning o‘quv faoliyati o‘z tarkibiga quyidagilarni kiritadi:

    • masalalar yechimlarining umumiy yo‘llarini mustaqil ravishda topish ko‘nikmalari:

    • o‘quv vazifalarini ajrata olish topish va o‘zlashtirish;

    • o‘zini va o‘z faoliyatini adekvat baholay olish va nazorat qila olish;

    • faoliyatda o‘zini-o‘zi boshqara olish;

    • mantiqiy fikrlash qoidalaridan foydalana olish;

    • umumlashtirishning turli shakllarini egallash va ulardan foydalana olish;

    • jamoaviy faoliyatlarda ishtirok eta olish;

    • yuqori darajada mustaqil ijodiy faollikka ega bo‘lish.

    Lekin afsusk,i maktab amaliyotida aksariyat hollarda birinchi o‘ringa boshlang‘ich sinf yoshidagi bolalarni amaliy ko‘nikmalarga, o‘qish, yozish, sanash malakalariga o‘rgatish muammosi turadi. Bu esa bolaning kelgusi rivoji uchun to‘laqonli zamin bo‘la olmaydi.
    Xulosa sifatida aytish mumkinki, boshlang‘ich sinf o‘quv faoliyatining asosiy vazifasi - bu o‘quvchilarni “o‘qish”ga, bilim olishga o‘rgatishdir. Boshlang‘ich sinf yoshidagi bolalar psixik rivojlanishida ta’limning ta’sirida jiddiy o‘zgarishlar yuz beradi. Bu o‘zgarishlar ularni hayotlarining ma’suliyatli davri bo‘lmish o‘smirlik davriga o‘tish uchun tayyorlaydi.



    Download 12,81 Mb.
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   58




    Download 12,81 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

    Download 12,81 Mb.