|
Ta’lim tizimida innovatsiya va ularning amaliy tadbiqlari: muammolar va yechimlar
|
bet | 25/58 | Sana | 19.06.2024 | Hajmi | 12,81 Mb. | | #264316 |
Bog'liq “Ta’lim tizimida innovatsiya va ularning amaliy tadbiqlari muammolar va yechimlar”Foydalanilgan adabiyotlar:
Boltaboyev S.A va boshqalar. “Kasb tanlashga yo’llash” ma’ruzalar matni. Toshkent. Nizomiy nomli TDPU 2003
Musilmanov N.A, Mullaxmedov R.G “Kasb tanlashga yo’llash” Toshkent 2007
O’zbekiston Respublikasida o’quvchi yoshlarni kasb-hunarga yo’naltirish tizimini rivojlantirish konsepsiyasi. Toshkent. O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi. 2010
MAKTABGACHA TAʼLIM VA MAKTAB TA’LIMI TIZIMIDA O‘QUVCHILARNI KASB-HUNARGA YO‘NALTIRISH MASALALARI
Mo'minova Zohida Murodovna
Uchqo'rg'on tumani 31-maktab psixologi
Annotatsiya: Mazkur maqolada о‘quvchilarini kasbga yо‘naltirishda dastlabki pedagogik jarayonlar tahlil etilgan bо‘lib, bu jarayonda о‘qituvchining pedagogik mahorati, kasb tanlashga oid bilim va kо‘nikmalari, vazifalari, shuningdek kasb tanlashda shaxs hislatlari, о‘quvchi psixologiyasi, o‘quvchilarni kasb tanlashga tayyorligini ko‘rsatuvchi mezonlar mazmuni haqida ma’lumot berilgan.
Kalit so‘zlar: kasb, layoqat, jamiyat, malaka, ko‘nikma.
KIRISH
Jahonning rivojlangan davlatlari qatori mamlakatimizda ham ta’limdagi islohotlar jarayonida mustaqil ta’limni rag‘batlantirish muhim yo‘nalish sifatida kelmoqda. Pedagogning kasbiy layoqatliligini tarbiyalash fenomenini tadqiq qilishga bir qator olimlarning ishlarida o‘z ifodasini topgan. Bu mualliflar kasbiy layoqatlilik – ishonchlilik sifatlari bilan birgalikda o‘qituvchining kasbiy – individual hodisa sifatida pedagogik madaniyatini tavsiflaydi degan fikrni olg‘a surganlar. O‘z navbatida, kasbiy layoqatlilik tushunchasi, V.A.Slastenin ta’kidlaganidek, pedagogning pedagogik faoliyatini amalga oshirishga nazariy hamda amaliy tayyorligining birligini ifodalaydi va uning kasbiy shakllanganligini tavsiflaydi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida insonlarning yaxshi yashashida, faoliyatida to`g‘ri kasb tanlashning ahamiyatini turli xil kasblarning insonga qo`yadigan talablarini; kasblar olami, kasblar shajarasi, O`zbekiston xalq xo`jaligidagi muhim kasblar, kasblar tasniflagichi; kichik mutaxassislar tayyorlash tizimi; kasblar, mehnat shartsharoitlari, vositalari, fani, maqsadi bo`yicha shajaralanishi, o`quvchilarni o`z qiziqish va moyilliklari, o`z xarakterining o`ziga xos xususiyatlarini, o`z nerv tuzilishi, psixikasi, o`z qobiliyati va ehtiyojlarini kasblar to`ғrisida ma’lumot olish maktablarini ayrim kasb mehnat bozori talablari asosida ehtiyojning o`zgarib borishini, salomatligining tanlagan kasbiga mos kelishi, hududda joylashgan o`rta maxsus, kasb-hunar o`quv yurtlarida ta’lim yo`nalishini ixtiyoriy tanlashi; o`qishni davom ettirish imkoniyatlari. Kelgusi mavqeini bilishi zarur.
Kasbni to‘g`ri tanlash – inson turmushida muhim qadamdir, yosh avlodning butun hayotidagi muvaffaqiyat ko‘p jihatdan kasbning qanchalik to‘g`ri tanlanishiga bog`liq. Kasbni to‘g`ri tanlash har bir maktab o‘quvchisining qiziqishiga, mayliga, qobiliyatiga va imkoniyatlariga mos bo‘lishi uchun uning sog`lig`ini, o‘zlashtirishini va hissiyotlarini hisobga olish lozim, bular ijtimoiy foydali va unumli mehnatda hammadan ko‘ra ko‘proq qaror topadi va namoyon bo‘ladi. Odam bajarayotgan ishlariga ijodiy munosabatda bo‘lib, mehnat unumdorligini doimo oshirib borsa, tanlagan kasbiga zo‘r qiziqish bilan qarasa, o‘z ishining ijtimoiy ahamiyatini tushunsa, uning qobiliyatlari mehnatda takomillashib borsa, o‘shandagina u mehnatdan qoniqish hosil qiladi va xursand bo‘ladi, bunday hoolda har bir shaxs jamiyatga eng ko‘p naf keltiradi. Mana shu aytgan gaplardan kasb tanlashning g`oyat muhim ijtimoiy ahamiyati kelib chiqadi. Kasb-korni erkin tanlash juda katta ahamiyatga ega. Odam shug`ullanayotgan ishini yaxshi ko‘rsa, bundan u xursand bo‘ladi, qoniqish hosil qiladi, zo‘r tashabbus ko‘rsatadi, toliqmay mehnat unumini oshiradi. Maktab o‘quvchilarining kasb tanlashi ongli zaruriyat bo‘lishi va ayni vaqtda jamiyat manfaatlariga mos bo‘lib tushishi, yigit va qizlarning kamolot yo‘lida shaxsiy mudaolarini qondirishi lozim. Buning uchun yuksak darajada ma`lumotli bo‘lish zarur, hozirgi asrimizda bunday ma`lumotsiz fan-texnika ildam taraqqiy etishi mumkin emas. Umummehnat va maxsus malakalarni, kasbga bo‘lgan qiziqishlarini shakllantirishning bunday imkoniyatlari ob`ektiv zaminga ega bo‘lib, voqelikda har kuni amalda oshirilmoqda
Kasbga yo‘naltirish – bu har bir individumning o‘ziga xos individual xususiyatlari va mehnat bozorining ehtiyojlarini hisobga olgan holda, o‘z kasbiy o‘rnini topishi uchun shaxsga ta’sir etishning ilmiy asoslangan shakl, usul va vositalar tizimidir. U insonning kasbiy qiziqishi va imkoniyatlari hamda jamiyatning aniq bir kasbiy faoliyat turiga ehtiyojlarining mutanosibligiga erishishga yo‘naltirilgandir.
Kasbga yo‘naltirish – mohiyat va samaradorlikni baholash ko‘rsatkichlariga ko‘ra ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyadir. Kasbga yo‘naltirishni hal etish vazifalari bo‘yicha ijtimoiy-iqtisodiy, tibbiy-fiziologik va psixologik-pedagogik mohiyatga ega muammodir. Kasbga yo‘naltirish insonning qobiliyati va iqtidorini maqsadli rivojlantirishda, uning kasb mahorati, ish qobiliyati va salomatligini asrashga imkon yaratadi hamda aholini ijtimoiy himoyalash va uning bandligi sohasidagi davlat siyosatining muhim elementlaridan biri sifatida namoyon bo‘ladi. kasbga yo‘naltirish shaxsning mehnat salohiyatidan samarali foydalanish, uning ijtimoiy va kasbiy faolligini oshirish hamda majburiy ishsizlikning oldini olishda muhim rol o‘ynaydi. Kasbga yo‘naltirish tadbirlari inson tomonidan o‘z kasbiy malakasini oshirishning qulay shakllarini izlash, ijtimoiy-iqtisodiy tashabbuskorlik, intellektual va mehnat mustaqilligini rivojlantiradi.
Yosh avlodni ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlashga, uni har tomonlama va barkamol rivojlantirishning shart-sharoiti sifatida qaraladi. Bu shaxsning ma’naviy, aqliy, mehnat, estetik va jismoniy tarbiyasi, ya’ni barcha o‘quv-tarbiya jarayoni bilan uzviy birlikda amalga oshiriladi.
Kasbga yo‘naltirish quyidagi qismlarni o‘z ichiga oladi:
Kasbiy axborot, kasbiy maslahat, kasbiy tanlov va saralash, kasbiy moslashish.
Kasbiy axborot – ma’lum bir kasbni egallash hohishi bo‘lgan shaxsga, turli mutaxassisliklarni egallashning shakl va sharoitlariga, kasbiy malakalarning o‘sish imkoniyatlariga mehnat bozorining holati va ehtiyojiga, kasbiy qiziqishlarning shakllanishiga, shaxsning istak va ko‘nikmalariga qo‘yilgan talablar hamda zamonaviy kasblarning istiqboli va mazmuni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash, targ‘ibot qilish chora-tadbirlaridir.
Kasbiy maslahat – kasb tanlash yoki faoliyat turinio‘zgartirishda yordamga muhtoj bo‘lgan shaxsning individual-psixologik xususiyatlari, shaxsiy fazilatlari, kasbiy qiziqishlari, moyilligi, sog‘ligi va mehnat bozori ehtiyojlarini o‘rganish asosiyda psixologik-maslahatchi bilan ilmiy tashkil etilgan o‘zaro muloqot tizimidan iborat.
Kasbiy tanlov va saralash – kasbiy faoliyatning alohida turlariga yaroqlilik darajasini aniqlashga yo‘naltirilgan shaxsning psixofiziologik xususiyatlari (tanlash) yoki aniq bir kasbga bo‘lgan psixofiziologik me’yoriy talablar (saralash) asosida shaxsni har tomonlama o‘rganish tizimidir.
Kasbiy moslashish – ishlab chiqarishda kasbiy faoliyatning ijtimoiy-psixologik va tashkiliy-texnik sharoitlariga shaxsni moslashtirishga, uni muvofaqqiyatli ravishda kasbni egallashi uchun shart-sharoitlarni yaratishga yo‘naltirilgan choralarning majmuaviy tizimidir.
Professiografiya (axborot, tashxis, korreksiyalovchi, shakllantiruvchi) va kasbiy tashxis (shaxsni o‘rganishning psixologik, psixofiziologik, tibbiy va boshqa usullarining majmui) kasbga yo‘naltirishning axborot uslubiy ketma-ketligining asosi hisoblanadi.
O`quvchilar kasblarni tahlil qila olishi; o`zlarining shaxsiy sifatlarini, qiziqishini va salomatlik darajalarini to`g‘ri baholay olishlari, kasblarning insonga qo`yadigan talablari bilan o`zlarining individual xususiyatlarini taqqoslay olishlari, shaxsiy kasbiy rejalarini tuza olishlari zarur.
O`quvchilar Xalq xo`jaligi asoslari bo`limi bo`yicha xalq xo`jaligi sohalarini, xalq xo`jaligida ro`y berayotgan islohotlarni, bozor iqtisodiyoti talablarini, davlat xususiy korxonalarini, kooperasiya, firma, shirkat, konsernlar, ularda ishlab chiqarishni tashkil etish shakllari, texnologik jarayonlar, mahsulotlarni tayyorlash bosqichlari, tabiatni ishlab chiqarishning zararli ta’siridan muhofaza qilish, mahsulot qiymatini arzonlashtirish yo`llari, qishloq xo`jaligida ishlab chiqarishning davriyligini, maromli, oqimligi; ishlab chiqarishni rejalashtirish, irrigasiya va meliorasiya ishlarini; mehnat qonunchiligini.
Kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini rivojlantirishning asosiy bosqichlari.
Kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini rivojlantirishning asosiy bosqichlari quyidagicha:
Birinchi bosqich (maktabgacha ta’lim yoshi) – maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda (katta guruh) mehnat bilan band bo‘ladigan insonlarga, ularning mashg‘ulotlariga, shuningdek, qo‘llaridan keladigan faoliyat turlari bo‘yicha dastlabki mehant ko‘nikmalarini ijobiy, hissiy-ta’sirchan shakllantirish;
Ikkinchi bosqich (1-4 sinflar) – kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda bilishga oid va o‘yin ko‘rinishidagi ijtimoiy-foydali mehnat faoliyatini amalga tatbiq qilish orqali, mehnatga hurmat, uning inson hayotida va jamiyatda tutgan o‘rnini anglashini, ota-onalarining kasblariga hamda ommaviy kasblarga bo‘lgan qiziqishini rivojlantirish;
Uchinchi bosqich (5-7 sinflar) – o‘smirlar kasbiy yo‘naltirilganlik bo‘yicha kasb tanlash va jamiyatdagi o‘z o‘rnini topish bilan bog‘liq bo‘lgan qiziqishi, qobiliyati, ijtimoiy qadriyatlarning izlanuvchan – sinchkov ko‘rinishlarini shakllantirish;
To‘rtinchi bosqich (8-9 sinflar) – o‘quvchilarda kasbiy o‘zlikni anglashni shakllanish davri, ya’ni o‘quvchilarni aniq bir kasbni tanlashning shaxsiy ma’noga egaligini tushunib yetishi, qadriyatlar to‘g‘risidagi o‘z tasavvurlarini, faoliyat sohasini tanlashning jamiyat maqsadlari bilan qiyoslay olshini shakllantirish davri;
Kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini umumiy ilmiy-metodik ta’minoti, tegishli toifali xodimlarni qayta tayyorlash, malakasini oshirish, ijitmoiy-iqtisodiy, psixologik-pedagogik va tibbiy-fiziologik muammolari bo‘yicha ilmiy tekshirishlarni muvofiqlashtirish ishlarini O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining O‘quvchilarini kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika Tashxis markazi amalga oshiradi.
Agar bolalar erkin fikrlashni o‘rganmasa, berilgan ta’lim samarasi past bo‘lishi muqarrar. Albatta, bilim kerak. Ammo bilim o‘z yo‘liga. Mustaqil fikrlash ham katta boylikdir. Umumta’lim maktablarining oqsoq tomonlari haqida gapirar ekanmiz, bir muhim muammoni ta’kidlamasdan o‘tolmaymiz. Bu muammo – bugun 9-sinfni bitirayotgan bolalarimiz taqdiri. Respublikamizda taxminan 5 million 200 ming maktab o‘quvchisidan 9-sinfni bitirayotganlar 450 ming nafar bolani tashkil qiladi.
|
| |