Ta’lim tizimida innovatsiya va ularning amaliy tadbiqlari: muammolar va yechimlar




Download 12,81 Mb.
bet23/58
Sana19.06.2024
Hajmi12,81 Mb.
#264316
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   58
Bog'liq
“Ta’lim tizimida innovatsiya va ularning amaliy tadbiqlari muammolar va yechimlar”

MUHOKAMA VA NATIJALAR


Bugungi kunda olib borilayotgan ijodiy intellektual salohiyatni rivojlantirishga oid barcha ishlarning sifat samaradorligi talab darajasida emas. Jamiyat va davlat oldidagi talablardan kelib chiqib, yoshlarni ta’lim jarayonida intellektual ijodiy salohiyatni rivojlantirish ishlarini muvaffaqiyatli olib borish zarur. Bu esa tarbiya jarayoniga psixologik-pedagogik texnologiyalarni qo‘llashni, zamon talabi darajasida mutlaqo yangi tarbiya tizimini yaratishni talab qiladi.
Har bir o‘quvchiga, uning shaxsiy xususiyatidan kelib chiqib, uning intellektual ijodiy salohiyatini rivojlantirish maqsadida ta’lim-tarbiya jarayoniga biror psixologik yoki pedagogik uslubni qo‘llash murakkab jarayondir. Lekin bu davr talabidir.
Muayyan takomillashgan pedagogik yoki psixologik uslubni qo‘llash, uni mantiqiy-nazariy jihatdan to‘liq anglab olish va amaliyotga qo‘llashgacha bo‘lgan murakkab jarayonga qaraganda – jarayonning o‘zini loyihalashtirish eng qulay va samarador uslubdir. Ya’ni har bir o‘quvchiga individual yondoshish kerak. Agar bola barcha vazifalarni osonlik bilan bajarsa, unda mantiqiy tafakkur, kuzatuvchanlik, mustahkam xotira, barcha narsalarga qiziquvchanlik, o‘z fikrini tushuntira olish, matematik amallarni bajara olishi, dunyoqarashining kengligi - bularning barchasi unda bilish jarayonlarining yuqori darajada rivojlanganligi va kattalar tomonidan etarli darajada e’tibor berish kerakligini talab etadi.
Iqtidorli bola quyidagi xususiyatlarni ham o‘zida mujassam etadi: ijodiy, original fikrga ega; yumor, hazilni tushunadi; biror narsani bilishga nisbatan cheksiz intilish va qiziquvchanlik; boy tasavvurga ega (ijodiy, tasviriy, musiqiy faoliyatda namoyon bo‘ladi); ko‘p hollarda o‘z tengdoshlaridan mustaqilligi bilan ajralib turadi, kattalar bilan muloqotga intiladi.
Ba’zida esa ota-onalarni farzandlarining o‘z tengdoshlariga o‘xshamasligi, boladagi o‘ta qiziquvchanlik, bilishga katta ishtiyoq xavotirga soladi. Bolaning xatti-harakatlari qat’iy va noan’anaviy bo‘lsa, masalan Nimaga? Nima uchun? kabi savollarni ko‘p bersa ba’zida ota-onalar bu savollarga javob berishga qiynalsalar, ular bolalarga tanbeh berishlari, va hattoki, uni jazolashlari mumkin.
Bunday holatlarda ota-onalar boladagi ijodiy imkoniyatlarni rivojlantirish o‘rniga uni so‘ndiradilar.
Iqtidorli bolalarning ota-onalari bilan suhbatlashganda ularning farzandlarining barcha sohalarda birinchi bo‘lishi kabi hohishlarining guvohi bo‘lish mumkin. Masalan, ona - mening farzandim qobiliyatli bo‘lsa -yu, nima uchun o‘qishni hohlamaydi? degan savolni berishi mumkin. Ba’zida shunday holatlar bo‘ladiki, ota-onalar bolani haddan tashqari biror bir mashg‘ulot bilan shug‘ullanishga majbur qilishlari, bolada ana shu faoliyatga nisbatan nafratni uyg‘otishi mumkin. Agar biror muddat vaqt o‘tsa, bolaning o‘zi bunga qiziqishi, chunki ayni vaqtda bolani boshqa mashg‘ulotlar ko‘proq qiziqtirishi mumkin.
Iqtidorli bolaning o‘quv faoliyatdagi yutuqlari uning erta yoshdan o‘qishga bo‘lgan intilishida namoyon bo‘ladi. Ba’zida bolalar 3-4 yoshida, kattalarning yordamisiz mustaqil ravishda o‘qiy boshlaydi. Bola kitoblarni tomosha qilishi, rasmlar asosida hikoya tuzishi, harflarni yozishi, kattalar o‘qiyotganda uzoq vaqt sabr bilan tinglashi, o‘z yoshiga mos bo‘lmagan matematik amallarga qiziqishi, matematik belgi va ishoralarni tushunib eslab qolishi, ba’zida tabiatga, tabiiy fanlarga qiziqishini ham namoyon qilishi, turli predmetlarning kelib chiqishi va ularning vazifasi haqida savollar berishi mumkin.Badiiy faoliyat sohasida bola o‘zini ertaroq namoyon etadi:
-erta rasm chizishni boshlaydi, ko‘p vaqtini, masalan plastilindan turli narsalarni yasashga ajratadi, bunda o‘zining mohirligini namoyiy etish orqali, ranglar, kompozitsiyalarni to‘g‘ri tanlay oladi. Shuningdek, musiqaga ham erta qiziqish paydo bo‘ladi, musiqiy tovushlarni ajrata oladi.
Harakatlantiruvchi sohadagi iqtidor bolada turli harakatlarni bajarish, ya’ni yugurish, sakrash turli akrobatik mashqlarni bajarish, muvozanatni saqlay olishda namoyon bo‘ladi. Bola turli yoki bitta sohada iqtidorli bo‘lishiga qaramay, mana shu tabiat tomonidan berilgan qobiliyatni o‘z vaqtida aniqlab, uning rivojlanishiga yordam berishimiz kerak.
Yoshlarni intellektual ijodiy salohiyatini rivojlantirishda tarbiyaning ahamiyati muhim rol o‘ynaydi. Intellektual ijodiy salohiyatni oshirish uchun tarbiya jarayonining mohiyati shu jarayon uchun xarakterli bo‘lgan va muayyan qonuniyatlarda namoyon bo‘ladigan ichki aloqa va munosabatlarni aks ettiradi. YOshlarning intellektual ijodiy salohiyatini rivojlantirish jarayonida o‘quvchilarda jamiyatga naf keltiradigan, shaxsga qo‘yiladigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan xulqiy malaka va ko‘nikma hosil qilinadi. Bunga erishish uchun o‘quvchining ongiga, dunyo qarashi va irodasiga tizimli, muntazam ta’sir etib boriladi. Ijodiy salohiyatni rivojlantirish jarayonida bulardan birortasi e’tibordan chetda qolsa, ko‘zlangan maqsadga erishish qiyinlashadi. Mana shu psixologik jihatlarni e’tiborga olingandagina yoshlarning intellektual ijodiy qobiliyatlarini shakllantirib uni rivojlantrishga imkon yaratiladi.



Download 12,81 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   58




Download 12,81 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ta’lim tizimida innovatsiya va ularning amaliy tadbiqlari: muammolar va yechimlar

Download 12,81 Mb.