ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA




Download 12,81 Mb.
bet22/58
Sana19.06.2024
Hajmi12,81 Mb.
#264316
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   58
Bog'liq
“Ta’lim tizimida innovatsiya va ularning amaliy tadbiqlari muammolar va yechimlar”

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Tarix va ijtimoiy hayot tamoyillari shuni ko‘rsatmoqdaki, jamiyatning har tomonlama rivojlanishi va unda yuksak darajadagi hayot, turmush tarzining qaror toptirilishi, avvalo har bir faoliyat ko‘rsatuvchi shaxsdagi o‘ziga xos psixologik saloxiyatning nechog‘liq to‘la-to‘kis namoyon etilayotganligi bilan belgilanadi. Zero, har bir mamlakatning porloq kelajagini odamlardagi ijodiy, intellektual va ma’naviy taraqqiyot yo‘liga xizmat qiluvchi davlat mexanizmisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shu boisdan bo‘lsa kerak, hozirgi kunda barcha rivojlangan, rivojlanish yo‘lidan borayotgan mamlakatlar birinchi galda o‘z fuqarolarining ma’naviy, intellektual, jismoniy, ruhiy barkamolligiga va undan ijtimoiy manfaatlar uchun samarali foydalanish yo‘llarini izlashga jiddiy e’tiborni qaratmoqdalar. Shu nuqtai nazardan, har bir mamlakatda inson va uning faoliyati o‘rtasidagi uyg‘unlikni ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy- psixologik xizmat tizimining joriy etilishi ayniqsa, aloxida ahamiyat kasb etadi.
Yurtimizda yuz berayotgan ulkan o‘zgarishlar barcha sohalarga, shuningdek, ta’lim jarayoniga xam o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Ta’lim jarayonida shaxsni kamol toptirish shart-sharoitlarini yaratish ta’lim muassasalarida ishlarni to‘g‘ri tashkil etilganligi bevosita psixologik xizmatni to‘g‘ri tashkil etishga xam bog‘liqdir.
Ta’lim tizimida psixologik xizmatning tashkil etilishi tarbiyalanuvchi, o‘quvchining individual-psixologik xususiyatlarini o‘rganish asosida uning shaxsi har tomonlama kamol topishi, xam ma’naviy, xam aqliy rivojlanishi, o‘zligini anglashi va qobiliyatlarini namoyon etishi uchun tegishli ta’lim-tarbiyaviy hamda ma’naviy-ruhiy sharoitlar yaratishni nazarda tutadi.
Ma’lumki, keyingi yillarda ta’limni isloh qilishda, milliy mustaqillik prinsiplari va xalqning boy intellektual merosi, umumbashariy qadriyatlarning ustivorligi asosida ta’limning barcha darajalari va bo‘g‘inlarida ta’lim oluvchilarning ma’naviy va axloqiy fazilatlarini rivojlantirish; ta’lim olishda, shuningdek, bolalar va yoshlarni ma’naviy axloqiy intellektual va jismoniy jihatdan tarbiyalashda jamoat tashkilotlari mahallalar , xayriya va xalqaro fondlarning rolini kuchaytirish yuzasidan chora tadbirlar ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirish ishlari jadal suratlar bilan olib borildi.

Download 12,81 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   58




Download 12,81 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Download 12,81 Mb.