|
Ta’lim tizimida innovatsiya va ularning amaliy tadbiqlari: muammolar va yechimlar
|
bet | 24/58 | Sana | 19.06.2024 | Hajmi | 12,81 Mb. | | #264316 |
Bog'liq “Ta’lim tizimida innovatsiya va ularning amaliy tadbiqlari muammolar va yechimlar”Foydalanilgan adabiyotlar:
Богоявленская Д.Б., Богоявленская М.Е., Одаренность: природа и диагностика. М. ЦНПРО, 2013
Davletshin M.G. va boshqalar. Qobiliyat va uning diagnostikasi. -T.:O’qituvchi, 1997.
Do`stmuhamedova SH.A.,Nishanova Z.T. va boshqalar.Yosh davrlari va pedagogik psixologiya – Toshkent:” O`qituvchi”, 2013
Nishonova Z.T. Mustaqil ijodiy fikrlash. – Toshkent: Fan.- 2003
Ушаков Д. В. Психология интеллекта и одаренности»: Институт психологии РАН; Москва; 2011
O’QUVCHILARINI KASB-HUNARGA YOʻNALTIRISH YUZASIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA MAKTAB PSIXOLOGLARINING OʻRNI
Toshboyev Baxtiyor Abduģaniyevich Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani 12-sonli umumta'lim maktab psixologlari
Annotatsiya. Maqolada maktab o’quvchilari kasb-hunar tanlashlarida psixologik yondashish. O’quvchilarning kelajakda to’g’ri yo’l tanlashlari uchun to’g’ri yondashish metodikasi bayon etiladi.
Kalit so’zlar: o’quvchi, ta’lim-tarbiya, pedagog, amaliyotchi psixolog.
KIRISH
Kasbga yo’naltirishga yoshlarning kasbni erkin va mustaqil tanlashning ilmiy- amaliy tizimi sifatida qarash lozim. U har bir shaxsning ham shaxsiy xususiyatlarini, ham xalq xo’jaligi manfaatlari nuqtai nazaridan mеhnat rеsurslarini to’laqonli taiminlash, bozor iqtisodiyoti munosabatlari zaruriyatini hisobga olish kеrak.
Hozirgi kunda umumiy o’rta ta’lim maktablarida tashkil etilayotgan kasbga yo’naltirish ishlari o’quvchilarning jamiyatimizda o’z o’rnini topishlariga katta yordam bеradi. Bu jarayonda mintaqaviy kasblarni targ’ib qilish bilan birgalikda, o’quvchilarga kasblar to’g’risida ma’lumot bеrish, konsultatsiyalar o’tkazishga yordam bеradi. Shu bilan birgalikda kasbga yo’naltirish bo’yicha ta’lim muassasalarida psixologlarning, maktab pеdagogik jamoasining vazifalarini, kasbga yo’naltirish tadbirlarini amalga oshirishda ham katta ahamiyat o’ynaydi.
Yoshlarga ta’lim –tarbiya beruvchi o’qituvchi, ustoz, murabbiy, ta’lim xodim, mutaxassis, rahbar nafaqat bilimdon, balki eng avvalo, yuksak insoniy sifatlar sohibi bo’lishi lozim. Darhaqiqat o’quvchi yoshlarning fanga qiziqishi yoki kasb-hunar tanlashni, uni o’rnganish, malakali mutaxasis bo’lib yetishishiga talim- tarbiya beruvchilarning ma’lakali mutaxasis bo’lib yetishida ta’lim-tarbiya beruvchilarning ma’naviyasi axloqiy fazilati bilimda maxorati mehnat sevarligi fidoiyligi bir so’z bilan aytganda, ijtimoiy- madaniy kamoloti muhim ahamatga ega. Shuningdek ularning kasb madaniyati ham alohida o’rin tutadi. Zero mutaxassis xodimning maxorati yoki kasb madanyati qanchalik yuksak bo’lsa, uning faoliyati shunchalik samarali bo’ladi.
Pedagog kadrlarni kasb mahoratini oshirishni, kasb madaniyatini yuksaltirishni hayotning o’zi taqozo etmoqda. Buning uchun esa o’quv tarbiya muassasalarda o’qituvchining kasb mahorati va kasb madaniyati haqida tez-tez kengash va suhbatlar o’tkazib turish ma’ruzalar o’qish foydadan holi bo’lmaydi. O’qituvchilar zamon talablaridan kelib chiqqan holda o’z faoliyati va bilimlarini nazorat qilish va baholash, xatolarini tahlil qilish, o’ziga o’qituvchilik sifatlarini rivojlantirish, o’z-o’zini qayta tayyorlash va tarbiyalash imkoniyatlariga duch keladi. Hozirgi vaqtda ta’lim- tarbiya ishi nafaqat vatanimiz kelajagi bo’lishi yoshlar hayotida, balki har bir kishi faoliyatida, umuman jamiyat taraqqiyoti va ijtimoiy tizimda o’ta ahamiyatlidir. Ta’lim- tarbiyasiz kelajakda o’z samaralarini beruvchi islohot yo’q. Axloq va madaniyatni yuksaltiruvchi vosita ta’lim- tarbiyadir madaniyatsizlik esa illat. Ijtimoiy hayotni takomillashtirish uchun insonning o’zi axloqiy jihatdan kamol topishi lozim inson butun hayoti orqali butun umri mobaynida tarbiyalanadi.
Maktab o’quvchilarida kasb-hunar tanlashga ko’malashishning asosiy maqsadi — umumiy o’rta ta’lim muassasalarida kasb-hunarga yo’naltirish ishlarini tashkil etish, o’quvchilarda kasbiy bilimlarni va motivatsiyani, ijtimoiy hayotdagi kasbiy olamga moslashuv va jamoaviy hamkorlik ko’nikmalarni shakllantirish.
Bugungi kunda har bir insonning kasblar olamida o’z-o’zini topishi,kasbiy o’zligini anglashi, jamiyatda o’z o’rnini topishga intilishi va unga qiziqishlari kun sayin ortib bormoqda. Minglab kasblar ichida qaysi birini tanlash, unga shaxs moyilligi, layoqati va qiziqishlarining mos kelishi yoki kelmasligini bilish shaxs istiqbolida muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa o’quvchi- yoshlarni kasbga yo’naltirish umumta’lim maktabi ishining tarkibiy qismidir. Ma’lumki, agar kasb to’g’ri tanlangan bo’lsa, inson uchun mehnat quvonch, ijodiy ilhom manbaiga aylanadi, bu esa inson uchun ham, jamiyat uchun ham foydalidir. Shu o’rinda psixologlarimiz ta’kidlaganidek, insonning o’zi hohlagan kasbni erkin tanlashi nihoyatda katta ahamiyatga ega. Inson sevgan ishi bilan shug’ullansa, u bu ishdan xursand bo’lishi, qanoat hosil qilishi, ko’p tashabbus ko’rsatishi, charg’imay g’ayrat bilan ishlashi mumkin.
Maktabda olib boriladigan faol o’quv faoliyati har bir o’quvchi o’z aqliy qobiliyati va eng avvalo tafakkur tiniqligini, mantiqan to’g’ri fikrlashni, tafakkurning mustaqil va original bo’lishini, topqirlikni, chuqur mulohaza qilishni, aqliy teranlik va o’ziga tanqidiy munosabatda bo’lishni rivojlantirish imkonini beradi.
Irodaviy sifatlarni, ya’ni: dadillik, qat’iyat, intizomlilik, o’ziga va o’z kuchiga ishonish, o’zini idora qila bilish, og’irvazmin bo’lish singari fazilatlarni rivojlantirishga ham harakat qilish kerak. Mana shu sifatlarning hammasi birga qo’shilib mehnatga bo’lgan qobiliyatni ta’minlaydi.
Xulosa o’rnida aytish mumkinki, kasb tanlash katta hayot yo’lidagi eng muhim qadamdir. Inson hayotda o’zini baxtli his etishi uchun albatta, atrofida mehribon, sevimli insonlar bo’lishidan tashqari, o’z qiziqishi bilan amalga oshiradigan kasb-hunarga ham ega bo’lishi zarur. Ba’zi yoshlar ko’p yillar orzu qilib yurgan mutaxassislik uchun oliy ta’lim muassasasiga hujjat topshirish damlari yaqinlashganda, «Men kelajakda shu sohaning mutaxassisi bo’la olamanmi, bunga mening bilimim va iqtidorim yetadimi?» — deb o’ylanib qoladilar. Ayrimlar o’zlarining ko’p yillik orzularidan ham voz kechib, hozirgi kunda dolzarb ahamiyatli o’rin tutayotgan sohaga qiziqib, kutilmaganda o’z fikrlarini o’zgartiradilar. Asosiysi, yoshlar to’g’ri yo’lni tanlash o’z hayotlari oldida juda katta mas’uliyatli vazifa ekanligini yaxshi bilishlari va faqatgina qiziqishlari yuqori bo’lgan kasb sirlarini egallashga intilishlari zarur.
Kasbning faqat tashqi yoki xususiy bir jihatiga qiziqishi o’quvchini ko’p muammolarga olib kеladi. Jumladan, kasb tanlash formulasiga ko’ra o’quvchida mavjud bo’lgan qobiliyat va salomatligi o’zaro mos kеlmasligi mumkin. Kasb tanlashda hal qilinishi lozim bo’lgan har qanday masalaga komplеks yondashish, muammoning barcha qirralarini o’zaro mujassam holda tasavvur qilish hamda uning talablarini har tomonlama qondiradigan yеchimni topish muhim ahamiyat kasb etadi.
O’quvchilar ba’zida o’zlari yoqtirgan, еngli o’zlashtiradigan o’quv fanini kеlajakda egallaydigan kasbi bilan uzviy davomiylikda tasavvur qiladilar. Biroq, yaxshi ma’lumki, o’quvchi har qanday kasbni egallash uchun o’zida ko’plab o’quv fanlarini mujassam etgan va bundan tashqari ta’lim jarayonining zaruriy komponеnti sifatida talab etiladigan ko’plab boshqa mashg’ulotlarni o’z ichiga oluvchi kasbiy ta’lim jarayoni o’taganidan kеyingina muayyan kasb egasi bo’lib еtishadi. Bu borada o’quvchilarni kasbiy ta’lim jarayonining mohiyati bilan to’laroq tanishtirilishi maqsadga muvofiq bo’ladi.
|
| |