• OʻQUVCHILAR ONGIGA TA’SIR ETUVCHI SALBIY OMILLARNING PSIXOLOGIK YECHIMLARI Jumanova Mohira Shuhratjanovna
  • Kalit so‘zlar
  • Ta’lim tizimida innovatsiya va ularning amaliy tadbiqlari: muammolar va yechimlar




    Download 12,81 Mb.
    bet26/58
    Sana19.06.2024
    Hajmi12,81 Mb.
    #264316
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   58
    Bog'liq
    “Ta’lim tizimida innovatsiya va ularning amaliy tadbiqlari muammolar va yechimlar”

    Foydalaniladigan adabiyotlar:

    1. Davletshin M.G. va boshqalar. Yosh davrlari va pedagogik texnologiya. T., 2004.

    2. Davletshin M.G. Zamonaviy maktab o‘qituvchisi psixologiya. T., 1998.

    3. Vohidov M.V. Maktabgacha tarbiya psixologiyasi. T., “O‘qituvchi”, 1970

    4. G‘oziev E. Psixologiya. T., “O‘qituvchi”, 1994

    5. Krutetskiy V.A. Pedagogik psixologiya asoslari. T., “O‘qituvchi”, 1976



    OʻQUVCHILAR ONGIGA TA’SIR ETUVCHI SALBIY OMILLARNING PSIXOLOGIK YECHIMLARI


    Jumanova Mohira Shuhratjanovna
    Qoraqalpogʻiston Respublikasi Taxiatosh tumani 6-sonli maktab
    amaliyotchi psixologi
    Narimbetova Guliston Yuldashovna
    Qoraqalpogʻiston Respublikasi Taxiatosh tumani 9-sonli maktab
    amaliyotchi psixologi


    Annotatsiya: Axborot tushunchasi bugungi kunda global ahamiyat kasb etmoqda. Chunki u tafakkurimizga turli yo‘nalishlarda ta‘sir o‘tkazuvchi, hayot va undagi minglab taqdirlarni u yoki bu tomonga burib yuboruvchi, goh salbiy, goh ijobiy mohiyat kasb etuvchi qudratli qurolga aylandi. Mazkur maqolada axborot xavfsizligi tushunchasi, uning mazmun-mohiyati yoritib berilgan.
    Kalit so‘zlar: axborot, axborot-psixologik xavfsizlik, sivilizatsiya, axborot huruji, destruktiv g‘oya, axborot sektori.


    KIRISH.
    Umuman olganda, axborot – moddiy dunyoning organizmda yoki organizmlar jamoasida aks etgan hamda ular tomonidan atrof-muhit o‘zgarishlariga moslashish uchun foydalaniladigan moddiy dunyo obyektlarining aksidir.Qachonlardir ilohiy ma’no kasb etgan so‘z, uning qudrati bugungi kunga kelib, dunyo taqdirini hal qilishda eng asosiy rol o‘ynaydigan kuchli vosita maqomiga ko‘tarildi. Fan-texnika inqilobidan keyin kommunikatsion texnologiyalar hamda axborot infratuzilmalarining katta tezlikdagi taraqqiyoti, xususan, internetning paydo bo‘lishi hamda uning qisqa vaqt ichida ijtimoiy hayot tarziga chuqur kirib borishi axborotni eng qimmat mahsulotga aylantirdi. Darhaqiqat, globallashuv va integratsiyalashuv sharoitida oltin, platina, javohirdan ko‘ra ko‘proq qiymatga ega bo‘lgan - axborot jahon bozoridan munosib joy oldi. Kim axborotga egalik qilsa, u dunyoni boshqaradi, qabilidagi fikrlarni bot-bot esga olinayotgani ham bejizga emas. Bundan 4-5 asr oldin jahonda yetakchilik qilish uchun qo‘shin soni, qurol-yarog‘ arsenali, hatto dengizdagi kemalar, umuman, harbiy salohiyatning ahamiyati katta edi.
    Aslini olganda, axborot tushunchasi dunyoqarashni ifodalovchi barcha bilimlar sohasida qadimdan mavjud bo‘lgan. Yalpi axborotlashtirilgan global tizimning dunyoga kelishi millatlar, xalqlar va butun insoniyat taqdirini bir-biriga chambarchas bog‘ladi. O‘z navbatida, axborot olish, uni ishlash, saqlash va tarqatish texnologiyasining tasavvur qilib bo‘lmaydigan darajadagi taraqqiyoti bugun jiddiy tashvish tug‘dirayotganini ham alohida ta’kidlash joiz. Zero, eng so‘nggi avlod kompyuterlari har soniyada ikki milliardgacha vazifani bajara oladi. Axborot texnologiyasining ana shunday mo‘jizasi tufayli kishi yer yuzining xohlagan nuqtasidagi odam bilan soniyalar ichida aloqa o‘rnatishi, o‘zini qiziqtirgan savollarga bir zumda javob topishi mumkin. Ana shu holatning o‘zi inson faoliyatini, tafakkur tarzini, axloqiyu meyorlarini, olamga munosabatlarini, yaxlit olganda yangi yuz yillikdagi insoniyat hayoti va taqdirini ifoda etadi. Boshqacha qilib aytganda, XXI asr sivilizatsiyasi axborot huruji, axborot-psixologik urushi qiyofasida o‘zini namoyon etmoqda.
    Har bir fuqaro o‘z shaxsiy nuqtai nazari, qarashlari, ma‘naviy-ma‘rifiy, axloqiyruhiy imkoniyatlari doirasidagina faoliyat ko‘rsatadi. O‘z olami hududida yashaydi va tashqi olamga o‘z aqli doirasida munosabat bildiradi. Har bir individ mustaqil inson sifatida tabiiy-biologik kamolotidan va ruhiy ehtiyojidan kelib chiqib, o‘ziga mos axborotni qabul qiladi, tahlil etadi. Mushohada va tahlillar asosida shaxsiy xulosasiga ega bo‘ladi. Natijada mazkur shaxs u yoki bu tarzdagi nuqtai nazarini shakllantiradi. Demak, har qanday axborotning mazmuni, mohiyati, ta’sir etish darajasi, jamiyatga foydali yoki zararliligi, kishini ezgulikka yoki yovuzlikka da’vat etishi bilan shaxs, jamiyat, davlat mutanosibligiga ijobiy yoki salbiy ta‘sir etadi. Ana shu jihatdan qaraganda, milliy manfaatlarni asrash va rivojlantirishda informatsion-psixologik xavfsizlikni ta‘minlashning roli yana ham oshadi. Atrofimizda fan va texnika taraqqiyoti va uni insonga bo‘lgan ta'siri jamiyat va tabiatning tasiridan kuchli va ustun bo‘lib bormoqda. Insoniyat tomonidan to‘plangan va yaratilgan axborot hajmi kengaymoqda va har o‘n yillikda yanada kengayib borishi kuzatilmoqda, ammo inson miyasi va uni tashkil etadigan hujayralarning soni o‘zgarmagan, qolaversa ta’limning davomiyligi ortib bormoqda va shuning о’zi informatsion stress ortishi xavfini tug'diradi. Miyaning o‘z imkoniyatlari axborotni qabul qilishi keng, axborot hajmini ortishi xafli, ammo qisqa muddatda katta hajmdagi axborotni qayta ishlash zaruriyati paydo bo‘lsa bu kuchli asab zo‘rqishini olib keladi va infarmatsion stressni keltirib chiqaradi, ya’ni miyaga kirib turgan axborot hajmi va tezligi, bioiogik va ijtimoiy imkoniyatlarga to‘g’ri kelmasligi ham infarmatsion stress yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Bu yerda axborot hajmi bir omil bo‘lsa, ikkinchidan vaqt kamligi va unga shaxs motivatsiyasi ijtimoiy sabablar ham qo‘shilsa miyani o‘z o‘zini himoyalash mexanizmi ishlamay qoladi, va inson o‘zini informatsion stresslardan muxofaza qilaolmay qoladi. O‘smirlar bunday holatda eng zaif tasirchan guruh sifatida namoyon boladi.Axborot-psixologik xavfsizlik, avvalo, bevosita inson ruhiyatiga ta‘sir o‘tkazish orqali uni o‘z aqidalaridan, e‘tiqodidan ayiradigan buzg‘unchi g‘oyalardan asrashdir. Bundan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, informatsion-psixologik xavfsizligiga ehtiyoj, eng avvalo, bevosita inson va jamiyat, inson va davlat, shaxs va uning daxlsizligi, millat va milliy qadriyatlar, urf-odatlar, an‘analar, tarixiy va madaniy meros, avlodlarga ta‘sir etuvchi buzg‘unchi g‘oyalar va tajovuzkor mafkuralarning mavjudligidan kelib chiqadi. Qolaversa, axborot-psixologik xavfsizlikka rioya qilinmasa, uning ta‘sirchan choralari ko‘rilmasa, destruktiv g‘oyalar milliy xavsizlikka putur yetkazishi mumkin. Tig‘iz axborotlashgan jamiyatda axborot orqali zamonaviy ruhiy ta‘sir texnologiyalarining tobora rivojlanib borayotgani shaxs va jamiyat tafakkurining shakllanishiga u yoki bu tarzda kuchli ta‘sir o‘tkazadi.
    Axborotlashgan jamiyat kishilik jamiyati rivojlanishining hozirgi bosqichida shakllanayotgan va ijtimoiy hayotning barcha sohalarida axborot hamda informatsiontexnologiyalardan oqilona foydalanishga asoslangan sifatiy holatini tavsiflovchi tushuncha. Axborotlashgan jamiyat nazariyasi asoschilari ijtimoiy rivojlanishni “bosqichlar almashinuvi” nuqtai-nazaridan qaragan holda, uning shakllanishini qishloq xo‘jaligi, sanoat va xizmatlar iqtisodiyotidan keyin paydo bo‘lgan iqtisodiyotning to‘rtinchi - “axborot sektori” yuzaga kelishi bilan bog‘laydilar. Ularning fikriga ko‘ra, industrial jamiyatning asosi bo‘lgan kapital va mehnat axborotlashgan jamiyatda o‘z o‘rnini axborot va bilimga bo‘shatib beradi.
    O‘zbekiston sharoitida axborot almashish jarayoni xavfsizligini ta’minlash uchun o‘ylaymizki, axborot hurujlari sharoitida quyidagi vositalarga alohida e‘tibor qaratish kerak: ya‘ni axborotlashtirish vositalari faoliyatini, milliy o‘zligimiz va manfaatlarimizga zamonaviy usullar orqali muvofiqlashtirish; shaxs axborot xavfsizligiga qarshi barcha zamonaviy vositalardan foydalanish; ichki va tashqi siyosatda ro‘y berayotgan voqealarni yoritishda yangicha yondashuvlarni qo‘llash; O‘zbekistonning xalqaro aloqalarini tahlil qilish borasida tizimli yondashuvlarni ishlab chiqish, islohotlarning axborot ta‘minotini ta‘minlash ishida matbuot va elektron ommaviy axborot vositalari harakatini birlashtirishga alohida e‘tibor qaratish, barcha axboriy ta‘sirlar doirasini nazoratga olish maqsadga muvofiq bo‘ladi.



    Download 12,81 Mb.
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   58




    Download 12,81 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ta’lim tizimida innovatsiya va ularning amaliy tadbiqlari: muammolar va yechimlar

    Download 12,81 Mb.