TA’lim vazirligi buxoro davlat universiteti «Fizika – matematika» fakul’teti




Download 6,4 Mb.
bet10/24
Sana07.05.2021
Hajmi6,4 Mb.
#14375
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24
Sichqon (ingl. mouse) - qo’l kaftiga bemalol sig’adigan, tugmali quticha ko’rinishiga ega komp’yuter manipulyatori, ko’rsatish qurilmasi. Sichqon stol yoki shunga o’xshash boshqa yuza ustida qanday surilsa, monitor ekranidagi kursor ham xuddi shu tarzda surilib boradi. Sichqondagi tugmalari yordamida komp’yuterga komandalar beriladi.

a) b)


1.3.9-chizma. a) Sichqonchalar; b) Trekbol.

Mul’timedia vositalari - apparat vositalari va dasturiy vositalar kompleksi bo’lib, insonga, o’zi uchun tabiiy bo’lgan turli-tuman muhitlar, ya’ni: tovush, video, grafika, matn, animatsiya kabilardan foydalangan tarzda komp’yuter bilan muloqot qilish imkonini beradigan vositalardir. Multimedia vositalari bu:



    • nutqli axborotni kiritish-chiqarish qurilmalari (mikrofon, kuchaytirgichlar, tovush kolonkalari).

a) b) c)


1.3.10-chizma. Mul’timedia vositalari: a) Mikrofon; b) Kuchaytirgich (naushnik); c) Tovush kolonkalari.


    • animatsion va video ma’lumotlarni kiritish va chiqarish qurilmalari (videokameralar, videoproyektor va ekranlar).

a) b)


1.3.11-chizma. a) Videoproyektor; b) Videokamera.

    • tovushli va video ma’lumotlarni saqlovchi optik disklar.

a) b)


1.3.12-chizma. a) CD va DVD qurilmasi; b) CD va DVD disklari.

Printer - ma’lumotlarni qog’ozga chiqaruvchi qurilma. Barcha printerlar matnli ma’lumotlarni, ko’pchiligi esa rasm va grafik ma’lumotlarni rangli ko’rinishda qog’ozga chiqaradi.



a) b) c)


1.3.13-chizma. Printerlar. a) Matristali; b) Lazerli; c) Purkovchi.

Skaner - komp’yuterga matn, rasm, slayd, fotosurat ko’rinishida ifodalangan tasvirlar va boshqa grafik axborotlarni avtomatik ravishda kiritishga mo’ljallangan qurilmadir.



1.3.14-chizma. Skanerlar.

Gipermatn (hypertext) – hujjatlarni yoki ma’lumotlar bazalarini tashkillashtirish usuli. Bunda hujjatlarning yoki axborotlarning tegishli qismlari (parchalari) bir-biri bilan ishoralar (links, hyperlinks) vositasida o’zaro bog’lanadi va foydalanuvchiga, fikrlash yo’li bilan, ushbu ishoralar bo’yicha tegishli hujjatlar yoki axborotga o’tish imkonini beradi. Ishoralar matn, grafik, audio yoki video formatda havola etilishi mumkin [16].

Fayl-(file, asosan: qog’ozlarni tikib qo’yish, kartoteka hamda ma’lumotlar to’plami ma’nolarini anglatadi), ayrim yozuvlarni identifikatsiyalash uchun xizmat qiladigan tavsiflarga ega, o’zaro bog’liq, tartibga solingan yozuvlar majmui. Asosan komp’yuterning tashqi xotirasida joylashib, yuborish va ishlov berish jarayonida yaxlit holdagi narsa sifatida qabul qilinadi.





Download 6,4 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24




Download 6,4 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



TA’lim vazirligi buxoro davlat universiteti «Fizika – matematika» fakul’teti

Download 6,4 Mb.