Zamonaviy elektron qo`llanmalari – o’rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimida




Download 6.4 Mb.
bet8/24
Sana07.05.2021
Hajmi6.4 Mb.
#14375
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
1.2. Zamonaviy elektron qo`llanmalari – o’rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimida.

Bundan 3500 yil oldin Konfutsiy «eshitganimni yodimdan chiqaraman, ko’rganimni eslab qolaman, mustaqil bajarsam tushunib etaman», degan ekan. Ta’limda informatsion hamda pedagogik texnologiyalarni qo’llaganda talaba eshitish, ko’rish, ko’rganlari asosida mustaqil fikrlash imkoniyatiga ega bo’ladilar. Ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda darslarni tashkilashtirish uchun ma’lum bir shart sharoitlar mavjud [7].

Birinchidan, axborot resurslari bo’lishi kerak.

Bularga,



  1. Shaxsiy komp’yuter;

  2. Proyektor;

  3. Mul’timedia vositalari;

  4. Skaner (murakkab sxemalar va chizmalarni, negativ plyonkadagi tasvirlarni komp’yuterga o’tkazish uchun);

  5. Raqamli fotoapparat;

  6. Video kamera (video konferensiyalar o’tkazish uchun va yana boshqa maqsadlarda);

  7. Printer, nusxa ko’chiruvchi qurilma (tarqatma materiallarni qog’ozga tushirish va ko’paytirish va yana boshqa maqsadlar uchun) va boshqa resurslar.

Ikkinchidan, maxsus dasturiy ta’minotlar hisoblanadi. Ta’lim tizimda mul’timediya elektron o’quv adabiyotlar, ma’ruzalar, virtual laboratoriya ishlari, har hil animatsion dasturlar va yana boshqa ishlarni yaratishda kerak bo’ladigan maxsus dasturlar hisoblanadi.

Bu dasturlar juda ko’p bo’lib, misol uchun: Animatsion roliklar yaratish uchun Macromedia Flash MX dasturidan foydalaniladi. Mul’tmediali taqdimot ma’ruzalarini yartishda hammamizga ma’lum bo’lgan Power Point va Macromedia Authorware dasturidan foydalaniladi. Elektron o’quv adabiyotlarni yaratish davomida keng foydalaniladigan tahrirlovchi dasturlar ham mavjud bo’lib ularga misol uchun, Adobe Photoshop dasturi orqali rasmlarni tahrirlash, sifatini oshirish uchun foydalaniladi.


Elektron qo`llanmalar dasturlariga kirish Elektron qo`llanmalarni rivojlantirish uchun ishlatiladigan turli dasturiy ta’minotlar mavjud:

Ms-Word. Bu matnlarni qayta ishlash dasturiy ta’minoti. Unda o’qituvchilar tasvirlar va matnlar joylashtirilgan hujjatlar yaratishlari mumkin.

Ms-Excel. Bu yirik formatli jadval bo’lib, undan ma’lumotlarni jadval ko’rinishida taqdim etish uchun foylanish mumkin.

Ms-Power Point. Microsoft PowerPoint – ushbu dastur yordamida yuqori darajali taqdimotni ishlab chiqish va slaydlarni namoyish qilish mumkin.

PhotoShop. Adobe Photoshop yoki oddiygina Photoshop, grafiklarni tahrir qiluvchi dastur (xuddi DPP-taqsimlangan parallel qayta ishlash, tahririy-nashriy dastur). Photoshop dasturida yuqori darajali tasvirlar yaratish imkoniyatlari mavjud.

Flash. Flash mul’timedia dasturlarini yaratishda keng qo’llaniladigan usuldir. Odatda, Flash animatsiyalar, reklamalar va veb-sahifaning turli qismlarini hamda videoni veb-sahifaga joylashtirish va Internet dasturlarini rivojlantirishda qo’llaniladi.

Movie Maker & Media Player. Qulay kameralar yordamida tabiat hodisalari, jumladan atrof-muhitni ifloslanishi va boshqalar rasmga olinadi, so’ngra Movie Maker da tahrir qilinadi. Media Player yordamida esa filmni namoyish qilsa bo’ladi. Yuqorida keltirilgan Internet resursning bir qismi axborot va tasvirlarni yig’ishda ishlatilishi mumkin.



Download 6.4 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




Download 6.4 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Zamonaviy elektron qo`llanmalari – o’rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimida

Download 6.4 Mb.