• Bitiruv malakaviy ishining tarkibi va hajmi.
  • 1.1. Elektron qo`llanmalarning jamiyat taraqqiyotidagi o’rni va o’quv jarayonidagi ahamiyati.
  • Ilmiy-tadqiqot natijalarining amaliyotda qo`llanilish darajasi




    Download 6.4 Mb.
    bet7/24
    Sana07.05.2021
    Hajmi6.4 Mb.
    #14375
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
    Ilmiy-tadqiqot natijalarining amaliyotda qo`llanilish darajasi.

    Ilmiy-tadqiqot ishlar natijalari tahlil qilinib, fizika fanini o`qitish jarayonida elektron qo`llanmalar, internet materiallari va elektron qo`llanmalar texnologiyalardan quyidagi akademik litseylarda foydalanilmoqda:

    1. Buxoro Davlat Universiteti qoshidagi axborot texnologiyalari akademik litseyi.

    2. Buxoro tibbiyot instituti qoshidagi 2-sonli akademik litsey.

    3. Qorako`l ma`ishiy xizmat kasb-hunar kolleji.

    Bitiruv malakaviy ishining tarkibi va hajmi. Malakaviy bitiruv ishi 12551 so’zdan iborat bo’lib, 64 betda bayon etilgan, bunda u: kirish, 2 bob, xotima, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati, 17 ta chizmadan tashkil topgan.

    I BOB. ELEKTRON QO`LLANMALAR TEXNOLOGIYALARINING RIVOJLANISHI VA ISTIQBOLLARI TAHLILI.

    1.1. Elektron qo`llanmalarning jamiyat taraqqiyotidagi o’rni va o’quv jarayonidagi ahamiyati.

    Kelajak o’tmishda shakllanadi. Vaqtning uzviy bog’liqligini insoniyat rivojlanishda, ayniqsa fan va texnikaning rivojlanishida yaqqol tasavvur qilishi mumkin. Fizika va u bilan chambarchas bog’langan aloqa texnikasi bundan istisno emas. Axborot almashuvi, aniqroq qilib aytganda, aloqa insoniyat rivojlanishi uchun zarur asos hisoblanadi.

    Aloqa tizimlarining hozirgi kunda bizga xizmat ko’rsatayotgan namunalarining bir qismi XIX va XX asrlarda yaratilgan. Bu elektr aloqa tizimlar – telegraf, telefon, radio va komp’yuter tarmoqlaridir .

    Boshlanishda ular o’zlaricha alohida, raqobat tariqasida rivojlana boshladi. O’zaro texnikaviy raqobat, vaqt o’tishi bilan, o’zaro bog’liqlik, bir maqsadni bajarish uchun birlashishga olib keldi. Uch elektrodli lampaning yaratilishi ularga birinchi asos bo’ldi va radiotexnikani rivojlanishiga, elektron apparatlarning yangi avlodlarini paydo bo’lishiga olib keldi.

    O’tgan asrning o’rtalarida kichik o’lchamli Elektron qo`llanmalar iv yarim o’tkazgich asboblaridan biri - tranzistor kashf etilishi aloqa tizimlarida, radioeshittirish va televideniyeda ikkinchi (inqilob) revolyustiyaga, diskret yarim o’tkazgich asboblarning yaratilishi esa elektronikaning shakllanishiga olib keldi. Radiotexnika va elektronikaning asta-sekin o’zaro bog’lanishi radiosxema va elektron komponentalar o’rtasidagi chegaraning yo’qolishiga sabab bo’ldi.

    Integral sxemalarning yaratilishi va qo’llanilishi mikroelektronikaning shakllanishiga imkon berdi. Santimetr kvadratining yuzdan biri bo’laklarida tayyorlanadigan integral sxemalar bir necha o’n mingdan iborat Elektron qo`llanmalar iv va passiv elektron elementlarni o’z ichiga oldi. Natijada, integral sxemalarga asoslangan, aloqa tizimlarining uchinchi avlodlari paydo bo’ldi.

    Kristall hajmi bo’yicha taqsimlangan Elektron qo`llanmalar iv va passiv elementlarning, alohida funkstiyani bajarishi uchun, o’zaro yuqori integrastiyali integral sxemalarning yaratilishga olib keldi. Masalan, zaryadlarni ko’chirish asbobi bo’lgan televizion kamera 3x4 mm2 sirtga ega bo’lib, milliondan ortiq Elektron qo`llanmalar iv elementlarni o’z ichiga oladi va murakkab funksiyalarni bajarishga xizmat qiladi.

    Katta integral sxemalar yaratilishi komp’yuterlarning yangi avlodini, mobil telefonlar, televizion kameralar va boshqa hozirgi zamon aloqa tizimlarini yaratilishiga asos bo’ldi.

    Hozirgi vaqtda, qattiq jism elektronikasida, o’ta yangi elektron qurilmalarni yaratish uchun yangi fizikaviy prinsiplar va hodisalarni aniqlashda izlanish ishlari olib borilmoqda. Bu fizikaviy jarayonlarning xarElektron qo`llanmalar erli xususiyati- qattiq jism hajmidagi dinamik nojinsliliklardan axborotni saqlash va qayta ishlashda foydalanishdir. Dinamik nojinsliliklarga Gann elektr domenlari, silindrik va magnit domenlar, zaryadni ko’chirish asboblaridagi paket va «cho’ntaklar», sirtqi va hajmiy akustik hamda spinli to’lqinlar kiradi. Natijada hozirgi, eng yangi elektron qurilmalarni yaratish uchun akustikaviy–magnitoelektronika, kvant elektronikasi, spinotronika va nanotexnologiya yo’nalishlari yaratilmoqda.

    Bu yangi texnologiyalar o’z navbatida insoniyat faoliyatining barcha sohalarini rivojlanishiga olib kelishi hech shubhasizdir. Yuqorida keltirilgan fan va texnikaning yutuqlari istalgan davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga xizmat ko’rsatadi.

    Hozirgi davr talabiga javob beradigan mutaxassislarni tayyorlashda, bakalavriyat bosqichidagi talabalarga fizika fani asoslarini o’rgatishdan asosiy maqsad – ularda hozirgi zamon ilmiy – texnikaviy dunyoqarashni shakllantirish, ularga zamonaviy texnika vositalari asoslarini tanishtirish va ulardan foydalanishga zamin yaratishdan iborat. Shuni unutmaslik kerakki, fizika fani oliy o’quv yurtlarida o’qitiladigan oliy matematika, informatika, axborot texnologiyalari, elektr zanjirlar nazariyasi, radioelektronika va mikroelektronika asoslari va boshqa fanlar bilan uzviy bog’langan [6].

    Fizika fani – tabiat hodisalarining oddiy va umumiy qonuniyatlarini, moddalar tuzilishi va xususiyatlarini, ularning harakat qonunlarini o’rgatuvchi fandir.

    Fizikaning qonunlari ma’lumotlarga asoslangan bo’lib, asosan tajribalarda o’rnatilgan va matematik tilda ifodalangan miqdoriy tenglamalardan iboratdir. Shu sababli, u aniq fanlar qatoriga kiradi.

    Yangi elektron qo`llanmalar texnologiyalari hozirgi vaqtda eng dolzarb mavzulardan biri bo’lib kelmoqda, sababi har bir sohani o’rganish, izlanish va tajriba orttirish uchun turli usullardan foydalanish kerak bo’ladi. Shuning uchun bog’chadan tortib to yuqori saviyadagi ishlarni o’rganishda hozir yangi elektron qo`llanmalar texnologiyalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

    Hozirgi zamon mutaxassislari, faoliyat doiralari qanday bo’lishidan qat’iy nazar, informatika bo’yicha keng ko’lamdagi bilimlarga, zamonaviy hisoblash texnikasi, informatsion aloqa va kommunikatsiya tizimlari, orgtexnika vositalari va ulardan foydalanish borasida yetarli malakalarga ega bo’lishi, hamda, yangi informatsion texnika va texnologiya asoslarini uning ertangi kuni, rivoji to’g’risidagi bilimlarni o’zida mujassamlashtirgan bo’lishi kerak. Zamonaviy hisoblash texnikalari va informatsion texnologiyaning kun sayin rivojlanib, jamiyatning esa tobora informatizatsiyalashib borishi sababli, uzluksiz ta’lim tizimining o’rta va yuqori bosqichlariga fizika, informatika, ishlab chiqarish va boshqarish jarayonlarini komp’yuterlashtirish bo’yicha bir qator o’quv fanlari kiritilgan.

    Yigirmanchi asr o’rtalariga kelib tezkor mashina mexanizmlardan foydalana boshlandi, murakkab texnika va texnologiyalar o’ylab topildi. Ko’pgina masalalarni hal qilish jarayonida axborot hajmi behisob bir majmuaga aylanadi, hamda bu axborotlarni yig’ish va uzatish vositalarni yaratish, ularni vaqtida qayta ishlab, boshqarish uchun zarur bo’lgan choralarni belgilab chiqish kerak bo’lib qolgan. Ko’pchilik vazifalarni bajarishda boshqarish jarayonlarini takomillashtirish, axborot tizimini joriy etish, mutaxassislarni komp’yuterda ishlashga o’rgatish muhim ahamiyatga ega.

    Elektron qo`llanmalar o’quvchilarni rag’batlantiradi va qiziqishini oshiradi. Elektron qo`llanmalar o’quvchilarni kelajakdagi faoliyatiga tayyorlashga ko’mak beradi. Hozirgi zamonda mehnat faoliyati o’quvchilar qoniqish bilan ishlatayotgan komp’yuterlar, texnologiyalar, dasturlar va qurilmalar yordamida boshqariladi. Elektron qo`llanmalar 21 asrning ta’lim berish vositasidir.

    Elektron qo`llanmalar o’rganish va o’qitishning yangi imkoniyatlarini ochib beradi. Elektron qo`llanmalar o’qituvchilarning kasbiy o’sishi uchun ularga o’z fanlari bo’yicha o’qitishning yangi usullarini kiritishga, yangi yondashuvlarni qo’llashga, g’oyalarni ro’yobga chiqarish va yangi ko’nikmalarni rivojlantirishga imkoniyat yaratadi.

    Elektron qo`llanmalar o’z resurslaridan oqilona foydalanishga imkoniyat yaratadi Elektron qo`llanmalar o’quv jarayonini oqilona boshqarish va nazorat qilish orqali vaqtni va mablag’ni tejaydi. Elektron qo`llanmalar darslarga tayyorgarlik jarayonini qisqartiradi va o’qish jarayonini o’quvchilar uchun qiziqarli hamda ko’ngilochar qiladi.

    Elektron qo`llanmalar turli yoshdagi o’quvchilar, turli darajadagi o’qituvchilar uchun moslashtirilishi mumkin, hamda ta’lim jarayonida o’qituvchilar va o’quvchilar uchun ko’mak. Axborot texnologiyalari faqat fan va texnika hodisasi bo’lmasdan, iqtisodiy rivojlanishning muhim omilga aylanmoqda. Axborot bilan qamrab olinmagan biror muhim xo’jalik sektorini (ishlab chiqarish, transport, kredit-moliya sohasi, savdo) keltirish qiyin. Ayni paytda hisoblash texnikasi va aloqa vositalari asosida axborotni to’plash, saqlash va taqdim etishning zamonaviy usullari yangi axborot texnologiyalari va xizmatlarni sotish (tarqatish) maqsadlarida ishlab chiqarish mustaqil tarmoq sifatida shakllandi va ajralib chiqdi. Shunday qilib xalq xo’jaligini axborotlashtirish kelgusiga yorib o’tish demakdir.

    Komp’yuterlarda keng qo’llanilib kelayotgan ayrim sohalarni ko’rib chiqamiz.

    Robototexnika. Ma’lumki «robot» so’zi bizning tilmizga ilmiy fantastikadan kirib kelgan. Birinchi bor bu so’zni oltmish yil oldin taniqli chex fantast yozuvchisi Karel Chepek ishlatgan, ammo «mexanik odamlar» undan oldinroq ham ma’lum edi. O’rta asrlarda inson talantlariga ega bo’lgan musiqachi - qo’g’irchoq yoki rassom - qo’g’irchoqlar paydo bo’lganligi ma’lum. Komp’yuter asri boshlanishi bilan insonni og’ir va zararli mehnatdan ozod etadigan robotlar paydo bo’ldi. Ular garchi odam qiyofasida bo’lmasada, ko’plab funksiyalarni (ishlarni) bajara oladilar. Masalan O’zDAEWOO avto O’zbekiston – Koreya qo’shma avtomobil korxonasida turli ishlarni bajaradigan robotlar keng qo’llanilmoqda.

    Bugungi kunda robotlar mashinasozlik zavodlarida, po’lat quyish stexlarida, himiyaviy laboratoriyalarda, qurilishda keng qo’llanilmoqda. Robotlarni yaratish bilan shug’ullanadigan texnikaning maxsus shaxobchasi – robototexnika paydo bo’ldi.

    Robotlar orasida keng tarqalgani bu robot manipulyatorlardir. Manipulyatorlar - o’ta sezgir va kuchli mexanik qo’ldir. Robotlarni komp’yuter boshqarib turadi, ya’ni komp’yuter robotning «miyasi»dir, ular telekameralar orqali «ko’rib», mikrofonlar yordamida «eshitadilar», ya’ni axborot qabul qiladilar. Maxsus datchiklar «sezgi» organi vazifasini o’taydi.

    Ishlab chiqarish sohasi. Ishlab chiqarishning dyarli barcha sohalarida komp’yuterlar qo’llanilib kelmoqda. Komp’yuterlar ko’pgina texnologik jarayonlarni boshqarmoqda. Ular yordamida yangi mahsulotni chizmasini yaratishdan toki tayyor mahsulot bo’lib chiqqunga qadar bo’lgan barcha jarayonlarni avtomatlashtirish mumkin. Mahsulotni shaklini konstruktor komp’yuter ekranida chizib, tegishli o’zgartirishlar yasab, qog’ozga chop etishi mumkin. Mahsulotni ishlab chiqarish uchun kerakli barcha qurilmani imkoniyatlari, unga ketadigan sarf harajatlarni hisob – kitob qilishi va boshqa ishlarni bajarishda ham komp’yuter beg’araz yordamchidir. Mahsulotni ishlab chiqarishda axborot asosiy komp’yuterladan ishlab chiqarish liniyalariga yetkaziladi. U yerda axborotni qabul qilishga tayyor turgan robotlar komp’yuter uzatgan dastur asosida mahsulotni yig’a boshlaydi. Tayyor mahsulotlar esa robotlar yordamida tekshirilib, omborlarga jo’natiladi.

    Tibbiyot. Ma’lumki shifokorga borishni ko’pchilik xush ko’rmaydi. Birinchidan – demak siz bemorsiz. Sog’lom odam u yerga bormaydi. Ikkinchidan, u yerda hamma joyda navbatda turishga to’g’ri keladi. Masalan, registraturada kasallik varaqasi uchun, shifokorlar qabuliga kirish uchun va hoqazo. Uchinchidan – shifokor yozib bergan dorilarni dorixonalardan izlash kerak bo’ladi. Komp’yuterlarning shifoxonalarda va poliklinikalarda paydo bo’lishi ko’p narsalarni, jumladan yuqoridagi muammolarni ham tubdan o’zgartirib yuboradi. Endi siz to’g’ridan to’g’ri shifokor huzuriga yo’l olasiz. Uning ish stolida odatdagi tibbiyot ish qurollaridan tashqari komp’yuter ham joy olgan: uning hotirasida barcha bemorlarning kasallik tarixi yozib qo’yilgan. Birinchi bor murojoat etayotgan bo’lsangiz siz haqingizdagi barcha axborotni shu yernining o’zida shifokor komp’yuterga kiritib qo’yadi. Kasalligingiz haqidagi barcha ma’lumotlar komp’yuterga kiritilgach, sizning kasalligingiz haqida tashhis qo’yiladi va chop etish qurilmasi yordamida dorilar uchun retsept chop etib beriladi. Retseptning olib, boshqa komp’yuter yordamida ushbu dorilarni eng yaqin bo’lgan qaysi aptekalardan topish mumkinligi haqida axborot olishingiz mumkin;

    Komp’yuter tibbiyotda boshqa ishlarga ham qodir. Masalan, tomograf – ya’ni siljib harakatlanadigan rentgen apparati insonning ixtiyoriy organi haqida to’liq ma’lumot olishi, ulardagi mikroskopik defektlar, chet jinslar, (masalan buyrakdagi tosh kabi) haqida ma’lumot berishi mumkin. Tomograf uzatgan axborotni tezda qayta ishlash va ekranda ko’rsatish uchun albatta u komp’yuter bilan bog’langan bo’lishi shart.

    Komp’yuter va san’at. Komp’yuterning san’atga qanday aloqasi bor? Komp’yuterlar aniq programma asosida ishlaydi. San’at esa–bu ijod, fantaziyadir. Lekin bu sohada ham komp’yuter ijod ahliga yordam berishi mumkin. Kompozitor musiqa yaratishda komp’yuterdan unumli foydalanishi mumkin. Buning uchun kichik royal yoki elektroorgan yordamida komp’yuterga ulanib yozayotgan musiqa notalarini ekranda ko’rib turgan holda yangi asar yaratishi va shu yerning o’zida, shu onda eshitib ko’rishi ham mumkin.

    Hozirgi kunda axborot va komp’yuter texnologiyalari atamalari kundalik turmushda eng ko’p qo’llaniladigan tushunchalar desak mubolog’a bo’lmaydi. Chunki hayotning qaysi sohasini olmaylik, qanday amallarni bajarmaylik, albatta, axborotlar bilan ish ko’ramiz. Ya’ni axborotlardan foydalanish, axborot almashish, ularni uzatish, o’zlashtirish inson faoliyatining asosiy negizini tashkil etadi.

    Hozirgi kunda axborot texnologiyasi jamiyatning jadal rivojlanishiga ta’sir etuvchi eng muhim omildir. Axborot texnologiyasi insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ham mavjud bo’lgan bo’lsa-da, hozirgi zamon axborotlashgan jamiyatning o’ziga hos xususiyati shundaki, sivilizatsiya tarixida birinchi marta bilimlarga erishish va ishlab chiqarishga sarflanadigan kuch – energiya, xom – ashyo, materiallar va moddiy iste’mol buyumlariga sarflanadigan harajatlardan ustunlik qilmoqda, yani axborot texnologiyalari mavjud yangi texnologiyalar orasida yetakchi o’rinni egallamoqda.

    Axborot texnologiyalari industriyasi majmuini komp’yuter, aloqa tizimi, ma’lumotlar ombori, bilimlar ombori va u bilan bog’liq faoliyat soxalari tashkil qiladi. Axborot texnologiyalari sohasida bevosita ishlamaydigan odamlar ham kundalik ishlaridan uning imkoniyatlaridan foydalanadi. Axborot texnologiyalari turmushning barcha sohalariga borgan sari ko’proq singib borib, uning harakatlantiruvchi kuchiga aylanmoqda.

    Bugungi kunda axborot texnologiyasini shartli ravishda saqlovchi, ratsionallashtiruvchi, yaratuvchi turlarga ajratish mumkin. Birinchi turdagi texnologiyalar mehnatni, moddiy resusrlarni, vaqtni tejaydi. Ratsionallashtiruvchi axborot texnologiyalariga chiptalar buyurtma qilish, mehmonxona hisob – kitoblari tizimlari misol bo’ladi. Yaratuvchi (ijodiy) Axborot texnologiyalari axborotlarni ishlab chiqadigan, undan foydalanadigan va insonni tarkibiy qism sifatida o’z ichiga oladigan tizimlardan iborat.

    Axborot texnologiyalarining hozirgi zamon taraqqiyoti hamda yutuqlari fan va inson faoliyatining barcha sohalarini axborotlashtirish zarurligini ko’rsatmoqda, chunki aynan shu narsa butun jamiyatning axborotlashtirilishi uchun asos va muhim zamin bo’ladi.

    Jamiyatni axborotlashtirish deganda, axborotdan iqtisodni rivojlantirish, mamlakat fan – texnika taraqqiyotini, jamiyatni demokratlashtirish va intellektuallashtirish jarayonlarini jadallashtirishni ta’minlaydigan jamiyat boyligi sifatida foydalanish tushuniladi.

    Darhaqiqat jamiyatni axborotlashtirish – inson hayotining barcha jabhalarida intellectual faoliyatning rolini oshirish bilan bog’liq obyektiv jarayon hisoblanadi.

    Jamiyatni axborotlashtirish respublikamiz xalqi turmushi darajasining yaxshilanishiga, ijtimoiy ehtiyojlarning qondirilishiga, iqtisodning o’sishi hamda fan – texnika taraqqiyotining jadallashishiga xizmat qiladi.

    Jamiyatni axborotlashtirish jarayonini 5 asosiy yo’nalishga ajratish mumkin:



    1. Mehnat, texnologik va ishlab chiqarish jarayoni vositalarini kompleks avtomatlashtirish.

    2. Ilmiy tadqiqotlar, loyihalash va ishlab chiqarish jarayonlarini axborotlashtirish.

    3. Tashkiliy – iqtisodiy boshqarishni avtomatlashtirish.

    4. Aholiga xizmat ko’rsatish sohasini axbomatlashtirish.

    5. Ta’lim va kadrlar tayyorlash jarayonini axborotlashtirish.

    Har qanday fan borliqning ba’zi tushunchalarini umumlashgan, bir-biriga bog’langan holda o’rganadi. Masalan, fizika tabiatdagi voqealar, hodisalar, ularning kelib chiqish shart – sharoitlari, ulardan inson hayotida foydalanish kabilarni o’rganadi. Fizikani o’qitishda turli usul va uslublardan foydalaniladi. Fizikada bilishning asosini nazariy bilim va o’zlashtirilgan bilimni amaliyotda tekshirish tashkil etadi. Har ikkala holda ham materialni o’zlashtirishda ma’lum darajadagi axborotlar majmui o’quvchilar ongiga yetkaziladi.

    Bilim olishda, yani ma’lum turdagi axborotlarni o’zlashtishda komp’yuter tizimining yordami benihoyat kattadir. Axborot qanday ko’rinishda ifodalanishdan qat’iy nazar, uni yig’ish, saqlash, qayta ishlash va foydalanishda komp’yuter texnikasining rolini quyidagilar belgilaydi :

    Birinchidan, o’qitishda yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish standart (an’anaviy) tizimga nisbatan o’quv jarayonini jadallashtirib, o’quvchida ilmga qiziqishni oshiradi, ular ijodiy faoliyatini o’stiradi, bilim berishga differensial yondashish, olingan bilimlarni takrorlash, mustahkamlash va nazorat qilishni yengillashtiradi, o’quvchini o’quv jarayonining sub’yektiga aylantiradi.

    Ikkinchidan, yangi axborot texnologiyalaridan ta’lim – tarbiya jarayonida quyidagi shakllarda foydalanish mumkin bo’ladi:



    1. Muayyan predmetlarni o’qitishda komp’yuter darslari;

    2. Komp’yuter darslari – ko’rgazmali material sifatida;

    3. O’quvchilarning guruhli va frontal ishlarini tashkillashtirishda;

    4. O’quvchilarning ilmiy izlanishlarini tashkillashtirishda;

    5. O’quvchilarning o’qishdan bo’sh vaqtlarini to’g’ri tashkil qilish masalalarini hal etishda va h. k.



    Download 6.4 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




    Download 6.4 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ilmiy-tadqiqot natijalarining amaliyotda qo`llanilish darajasi

    Download 6.4 Mb.