Elektron qo`llanmalar texnologiyalariga oid muhim atama va tushunchalar




Download 6.4 Mb.
bet9/24
Sana07.05.2021
Hajmi6.4 Mb.
#14375
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
1.3. Elektron qo`llanmalar texnologiyalariga oid muhim atama va tushunchalar.

Elektron qo`llanmalar – ma’lumotlarni o’zida to’plash, saqlash, qayta ishlash, ulardan foydalanish vositalari orqali barcha sohalarda keskin rivojlanishga imkon yaratib beruvchi texnologiyalar. Bu texnologiyaning asosini axborot (informatsiya) va ularni qayta ishlash vositalari (asosan komp’yuterlar) tashkil qiladi. Bu texnologiyadan hozirgi vaqtda deyarli barcha sohalarda keng foydalanilmoqda. Shu jumladan ta’lim tarbiya jarayonida ham. Bu texnologiyadan ayniqsa, ta’lim jarayonida boshqa sohalarga nisbatan samaraliroq foydalanish imkoniyatlari mavjud va dunyo miqyosida keng tadbiq etilgan.



Komp’yuter (ingl. computer-hisoblagich, lat. computo-hisoblamoqda-man) - barcha ko’rinishdagi elektron shaklga ega turli ma’lumotlarni (yozuv, rasm, ovoz, videotasvir va h.k.) qabul qilish, yig’ish, saqlash, ularga ishlov berish, axborot uzatish, hisoblar chiqarish, belgilar bilan manipulyastiya qilish va shu kabi boshqa qobiliyatlarga ega bo’lib, o’z ishini maxsus yo’riqlar bilan ijro etadigan, ya’ni bajaradigan ishi dasturlanadigan, ushbu dastur vositasida hisoblar chiqarishning murakkab izchilligini qabul qilib, amalga oshiradigan ko’p funksional elektron uskuna [7].

Minikomp’yuterlar – o’lchami va bajaradigan amallar hajmi jihatidan juda kichik hisoblanadi. Bunday komp’yuterlar cho’ntak komp’yuterlari deb ataladi.



1.3.1-chizma. Minikomp’yuter.



Portativ komp’yuterlar (noutbuklar) – bunday turdagi komp’yuterlarning ekrani va asosiy bloki birlashgan bo’lib mobil foydalanishga juda qulay.

1.3.2-chizma. Portativ komp’yuter (noutbuk).



Shaxsiy komp’yuterlar - uyda va ish joyida turli masalalarni yechishda foydalaniladigan IBM rusumidagi komp’yuterlar. Axborotlarga ishlov berish tezligi va xotira tizimi ish faoliyatimizdagi oddiy masalalarni yechishga etarli hisoblanadi.

1.3.3-chizma. Shaxsiy komp’yuter.



Server komp’yuterlar – fan va texnikaning turli sohalariga oid masalalarni yechishga hamda tarmoqdagi komp’yuterlarga o’z resurslarini taqdim etishga mo’ljallangan komp’yuterlar. Ularning amal bajarish tezligi va xotira hajmi shaxsiy komp’yuterlarnikiga qaraganda ancha yuqori hisoblanadi.

1.3.4-chizma. Server komp’yuteri.



Superkomp’yuterlar – juda katta tezlikni talab qiladigan va katta hajmdagi masalalarni yechish uchun mo’ljallangan tizimdir. Bu komp’yuter tizimlari 1 sekundda o’n trillion amal bajaradi.

1.3.5-chizma. Superkomp’yuter.

Komp’yuter tarmoqlari – bir necha komp’yuterlarni bir-biri bilan bog’lagan holda bir vaqtning o’zida o’zaro axborot almashuvini ta’minlab beruvchi tarmoq. Tarmoq faoliyatini kommunikatsion vositalar (turli kabellar va ular orqali o’zaro bog’langan maxsus qurilmalar) ta’minlab beradi. Hozirgi vaqtda yerning sun’iy yo’ldoshlari orqali kabelsiz bog’lanish imkoniyati ham yaratilgan va keng ommalashib bormoqda. Lokal tarmoq - bir xona ichida yoki bir-biriga yakin bo’lgan bir necha binolarda joylashgan komp’yuterlarni uzaro boglab, axborot almashuvini ta’minlab beruvchi tarmoq. Global tarmoq (INTERNET) – bir-biridan ancha uzoqda joylashgan komp’yuterlarni o’zaro bog’lab, o’zaro axborot almashuvini ta’minlab beruvchi tarmoq. Bu tarmoqni INTERNET (xalqaro tarmoq) tarmog’i deb atash keng tarqalgan. Chunki bu tarmoq orqali bugungi kunda dunyoning deyarli barcha davlatlaridagi komp’yuterlar o’zaro axborot almashish imkoniyatiga ega [9].

Elektron pochtaoddiy biz biladigan pochta xizmatining elektron ko’rinishi. Ya’ni biz bu pochta orqali dunyoning istagan burchagiga ma’lumot (xat) uzatishimiz yoki uni qabul qilishimiz mumkin. Farqi shundaki, bu yerda vaqt tushunchasi deyarli o’z mohiyatini yo’qotadi. Chunki dunyoning turli chekkalarida joylashgan komp’yuterlar (ularni boshqarayotgan insonlar) orasidagi axborot almashinuvi bir-necha lahzalarda bo’lib o’tadi.

Sayt - Internet tarmog’ida ma’lumotni o’zida saqlab turuvchi saxifa yoki saxifalar. Bu saxifalardagi ma’lumotlardan dunyo bo’yicha xoxlagan kishi xoxlagan vaqtida foydalanishi mumkin. Shuningdek, xoxlagan kishi o’z ma’lumotlarini kiritishi, ya’ni o’z saytini yaratishi mumkin. Ma’lumotlarni kiritganda ba’zi cheklovlar berish imkoniyati ham mavjud. Masalan, shunday qilish mumkinki, sizning ma’lumotingizni faqatgina ayrim kishilargina ko’ra oladi. Shu jumladan siz ham Intenetdagi hamma axborotlardan ham foydalana olmasligingiz mumkin. Bunday ma’lumotlardan foydalanishga ruxsat olish uchun bu ma’lumotlarning egasiga, ya’ni bu ma’lumotni Internet tarmogiga joylashtirgan kishiga murojaat qilishingizga to’g’ri keladi. Bunday harakatlar asosan moddiy ahamiyatga ega bo’lgan ma’lumotlar uchun qo’llaniladi. Shuningdek ba’zi ma’naviy-siyosiy mazmundagi ma’lumotlar ham ma’lum xizmatlar tomonidan cheklab qo’yilishi mumkin. Lekin bunda 100 foiz cheklovga erishishning iloji yo’q. Saytni oddiy kitob bilan solishtirsa bo’ladi. Ba’zi hollarda sayt juda kichik kitob, aniqrogi 1 saxifali «kitob» ko’rinishida ham bo’lishi, ya’ni sayt faqatgina bir saxifali yoki bir necha yuzlab saxifali bo’lishi ham mumkin. Saytlarning bir saxifasidan ikkinchi saxifasiga o’tish giperssilka deb nomlanuvchi maxsus yozuvlar ustiga sichqoncha ko’rsatkichini keltirish va maxsus tugmasini bosish orqali amalga oshiriladi [9].

Provayderlar -Internet tarmog’iga ulanishni ta’minlab beruvchi maxsus xizmatchilar. Korxonalar desa ham bo’ladi. Chunki u yerda bir necha o’nlab kishilar xizmat qilishadi. Ular ko’rsatgan xizmatlari uchun abonentlardan olgan daromadlari hisobidan faoliyat ko’rsatishadi. Juda ko’p (yuzlab, minglab) provayderlar mavjud. Internet tarmogiga ulanish sifati ana shu provayderlarga ko’p jihatdan bog’liq bo’ladi. Qancha sifati yaxshi bo’lsa, narxi ham shuncha yo’qori bo’ladi. Bu yerda asosiy sifat ko’rsatkichi bo’lib Internetga ulanish va undan axborotlarni olish tezligi hisoblanadi.

Elektron kutubxona tuzilishi jihatidan oddiy kutubxonadan deyarli farq qilmaydi. Lekin undagi ma’lumotlar miqdori juda cheksiz bo’lishi mumkin. Internet tarmogida minglab elektron kutubxonalar mavjud. Ayni vaqtda bu kutubxonalarning ko’pchiligi tarmoq orqali o’zaro bog’langan. Oddiy kutubxonalardagi singari bu yerda ham ba’zi ma’lumotlar to’liq bepul, ba’zilari uchun esa pul to’lashga to’g’ri keladi. Shuningdek, Internet tarmogidan tashqarida ham, ya’ni masalan, o’quv yurtlari uchun ham elektron kutubxonalar yaratish mumkin. Buning uchun kerakli ma’lumotlarni talab qilingan tartibda komp’yuterga kiritish kifoya. Bu ma’lumotlarni lokal tarmoq orqali bosh komp’yuterdan o’zaro bog’langan boshqa komp’yuterlarga uzatish mumkin. Bu kutubxonani Internet saytiga joylashtirsa, u hamma uchun foydalanish imkoniyatini beradi.

Portal-ma’lum bir sohagagina tegishli bo’lgan ma’lumotlarni o’zida saqlovchi saytlarni o’zaro bog’lovchi sayt. Internet tarmog’idan juda ko’p portallar o’rin olgan. Masalan, «Referatlar» portali, «Matematika» portali, «Tibbiyot» portali va h.k. Portallarning Internetdan farqi shundaki, ular Internet tarkibiga kirishi bilan birga, ba’zi xolatlarda Internet tarmogiga ulanmasdan turib xam undagi ma’lumotlardan foydalanishimiz mumkin. Portalga ulangan komp’yuterlar tarmogini lokal va global tarmoq urtasidagi kandaydir 3-tur tarmoqka uxshatsa bo’ladi. Masalan, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta ta’lim vazirligining portali. Bu tarmoqqa Internet bo’lmagan vaqtda ham ulanishimiz mumkin. Faqat biz bu tarmoqqa ulangan bo’lishimiz kerak. Buning uchun alohida tarmoq (kabellar) tortilishi kerak. Bunday tarmoqlarga ulanish ham Internet tarmog’i singari pullik.

Internetdan ma’lumotlarni qidirish-Internet tarmog’ida ma’lumotlar miqdori shu qadar ko’pki, xatto tasavvur ham qilish qiyin. Bu ma’lumotlar orasidan o’zingizga keragini topib olish esa ancha murakkab ish bo’lib hisoblanadi. Ana shu ishni osonlashtirish maqsadida, maxsus ma’lumotlarni qidirish sistemalari yaratilgan. Bular orqali bir zumda o’zingizni qiziqtirgan ma’lumotni topib olishingiz mumkin [9].

Klaviatura(nem. klaviatur, lat. clavis – kalit), muayyan tartibda joylashtirilgan pishang-tugmalar to’plami bo’lib, komp’yuter ichiga sonli, matnli axborotni va boshqarish axborotini dastaki kiritish uchun mo’ljallangan.



1.3.6-chizma. Klaviatura.



Komp’yuter monitori (displey, display – ko’rsatmoq, tasvirlamoq) - matnli va grafik axborotlarni asosan kineskop (elektron-nurli asbob) ekranida ko’z bilan ko’rish uchun aks ettiradigan qurilma.

1.3.7-chizma. Komp’yuter monitori.


Monitorlar rangli va monoxrom bo’lib, bir-biridan o’lchamlari bilan farq qiladi. Shuningdek, rostlash va ranglarni to’g’rilash uchun mo’ljallangan turli vositalar bilan jihozlanadi. Monitorlarning axborotni tasvirlash qobiliyati (aks ettiriladigan tasvirdagi gorizontal va vertikal bo’yicha chiqariladigan nuqtalar soni) turlicha bo’ladi. Aksariyat zamonaviy stol usti komp’yuterlarida elektron-nur naylari (ENN) asosida tayyorlangan monitorlar qo’llaniladi.

Monitorlarning axborotni tasvirlash qobiliyati gorizontal va vertikal bo’yicha chiqariladigan tasvir elementlarining (piksellar) (pixel–picture element) soni bilan aniqlanadi.

Kursor (ingl.cursor – ko’rsatkich) - EHM tomonidan displey ekranida ko’rsatilib uning ish nuqtasini belgilaydigan (identifikastiyalaydigan) harakatchan belgi

Komanda - komp’yuter bajarishi kerak bo’lgan operatsiya tavsifi.

Komp’yuter tarmog’i - axborot uzatish kanali (yoki elektr aloqa kanali) orqali bog’langan komp’yuterlar, zaruriy dasturiy ta’minotlar va axborotga, uni taqsimlab ishlov berishni tashkillashtirish uchun mo’ljallangan texnik vositalar majmui. Bunday tizimdan, unga ulangan qurilmalarning har qanday biri axborot uzatish yoki qabul qilib olish uchun foydalanishi mumkin. Miqyosiga ko’ra komp’yuter tarmoqlari mahalliy va global tarmoqlarga farq qiladi

Modem (ingl. mo(dulator) va dem (odulator)) - komp’yuterlar orasida axborot almashinish uchun mo’ljallangan qurilma.



1.3.8-chizma. Modem.



Mahalliy hisoblash tarmoqlarida, modem, axborot oqimining server bilan terminallar orasidagi taqsimotini boshqaradi. Shaxsiy komp’yuterlarning modemlari aksariyat hollarda axborotni telefon aloqasi orqali yuboradi. Modemlar ichki va tashqi modemlarga farq qiladi. Ichki modemlar elektron plata ulanadi. Tashqi modemlar esa alohida qurilma ko’rinishiga ega bo’ladi.



Download 6.4 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




Download 6.4 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektron qo`llanmalar texnologiyalariga oid muhim atama va tushunchalar

Download 6.4 Mb.