• Telefon liniyasi orqali internetga ulanish.
  • TA’lim vazirligi buxoro davlat universiteti «Fizika – matematika» fakul’teti




    Download 6,4 Mb.
    bet15/24
    Sana07.05.2021
    Hajmi6,4 Mb.
    #14375
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24
    Internetga bog’lanish. Internet tarmog’iga ulanish ajratilgan aloqa kanali (optik tola, sun’iy yo’ldosh aloqasi, radiokanal, ajratilgan kommutastiyalanmaydigan telefon liniyasi) bo’yicha doimiy ulanish, shuningdek kommutastiyalanadigan, ya’ni uzib-ulanadigan ulanish (Dial-ur access, Dial-ur) ko’rinishida amalga oshiriladi.

    Telefon liniyasi orqali internetga ulanish. Internet tarmog’iga oddiy telefon tarmoqlari orqali standart modem qurilmalari yordamida ulanish mumkin. Telefon liniyasi orqali Internetga ulanishda modem qurilmasidan tashqari maxsus dasturdan (protokol) ham foydalaniladi. Bunda ushbu dastur yordamida Internetga ulanganda telefon liniyasi band qilinadi, seans tugatgandan so’ng telefon tarmog’i bo’shatiladi va unda boshqa foydalanuvchi foydalaniishi mumkin. Internetga ulanishni amalga oshiruvchi dasturning yutug’i shundaki, ular Internetga to’g’ridan to’g’ri ulanishga imkon beradi.

    Telefon liniyasi orqali «Chaqiruv» bo’yicha Internetga bog’lanish Internet xizmatlarini taqdim etuvchi provayder bilan mijoz o’rtasida amalga oshiriladi. Bunda foydalanuvchi mantiqiy nom (login) va maxfiy belgi (parol) yordamida Internetga to’g’ridan-to’g’ri ulanadi.



    Mobil aloqa vositalari yordamida internetga ulanish. Internet tarmog’iga nafaqat kabel yoki telefon liniyasi orqali simli ulanish mumkin, balki mobil aloqa vositalari yordamida simsiz ulanish ham mumkin. Internet tarmog’iga simsiz ulanish kompyuter orqali yoki mobil telefonning o’zida amalga oshiriladi. Agar kompyuter orqali Internetga simsiz ulanish kerak bo’lsa, u holda kompyuterdan tashqari Internet xizmatlarini taqdim etuvchi operator yoki provayderning simsiz ishlovchi modemi yoki xuddi shu vazifani bajaruvchi mobil telefon apparati zarur.

    Agar mobil telefonning o’zida turib Internetga bog’lanish yoki undan foydalanish kerak bo’lsa, u holda Internet xizmatlarini ko’rsatuvchi mobil operatorning mijozi bo’lishingiz va unda GPRS xizmati yoqilgan bo’lishi talab qilinadi. Mobil aloqa vositalari yordamida Internetdan foydalanilganda WAP texnologiyasi internetdan simsiz foydalanish imkonini beradi. Mobil aloqa tarmoqlarida so’rovlarni va ma’lumotlarni uzatish uchun GPRS transport xizmatidan foydalaniladi.





    Modem tushunchasi va uning vazifasi.

    Modem modulyator-demodulyator so’zlarining qisqartmasi hisoblanadi. Ushbu qurilmaning asosiy vazifasi kompyuterdan olingan raqamli signalni uzatish uchun analog shakliga aylantirish va qabul qilingan signalni analog shakldan raqamli shaklga qaytarish hamda aloqa kanallari bo’ylab uzatishdan iborat. Modem signalni (axborot) telekommunikastiya kanallar bo’ylab uzatishni ta’minlaydi. Modem yordamida internetda oddiy analog telefon tarmog’i orqali bog’lanish mumkin. Bunday modemlarning nazariy jixatdan eng yuqori foydalanish tezligi 56 Kb/sek. ni tashkil etadi.

    Modem ichki va tashqi turlarga bo’linadi va har ikkalasi ham internetga yoki telekommunikastiya tarmoqlariga ulanish uchun xizmat qiladi.









    Tashqi faksmodem

    Simsiz modem

    Ichki modem



    O’zbekiston Respublikasidagi Internet tarmog’ining rivojlanishi. Respublikamizda milliy Internet-segmentini rivojlantirish bo’yicha ishlar O’zR Vazirlar Mahkamasining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikastiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida” 2002 yil 6 iyundagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan “2002-2010 yillarda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikastiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturi”ga asosan amalga oshirilmoqda.

    Respublika telekommunikastiya tizimlarini modernizastiya qilish va rivojlantirish bo’yicha loyihalarni amalga oshirish natijasida mamlakatimiz aholisining keng qatlamlari uchun Internet xizmatlaridan foydalanish borgan-sari engil bo’lib bormoqda. Hozirgi vaqtda respublikamizda Internet foydalanuvchilarining umumiy soni 7,3 mln. kishidan ortdi, shundan 3,5 mln. kishi, ya’ni 1000ta fuqarodan 111tasi aloqa liniyalari orqali Internetga shaxsiy kompyuterlari orqali ulanadi. Mobil Internet foydalanuvchilarining soni esa hozirgi kunda 3,8 mln. kishini tashkil etadi.

    Respublikamizda AKTni rivojlantirishga bo’lgan katta e’tibor tufayli Internet tarmog’ida milliy resurslar soni yildan yilga ortmoqdan. Hozirgi kunda respublikada .UZ domen zonasida ikkinchi darajali domen nomlarini ro’yxatga olish bo’yicha 7 ta registratorlar faoliyat ko’rsatadi: Tomas, Billur.com, Arsenal-D, Sarkor Telecom, VSS, TV-Inform va Simus.

    Milliy axborot resurslarini rivojlantirish bo’yicha Hukumat qarorlari va chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish natijasida .UZ Milliy domen zonasidagi domen nomlarining soni yildan-yilga ortmoqda. Jumladan, 01.01.2011y. holatiga .UZ Milliy domen zonasidagi domen nomlarining soni 11088 tani tashkil etdi, yil boshiga nisbatan bo’lgan o’sish 16%ni tashkil etdi.

    Ma’lumotlarni uzatish, jumladan, Internet tarmog’iga ulash xizmatlarni taqdim etuvchi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning soni bugungi kunda 982tani tashkil etadi, jamoa foydalanish punktlarining umumiy soni esa 1025taga etdi.

    Provayder va operatorlarning aksariyat qismi Toshkent shahrida joylashganligiga qaramay, respublikamizning boshqa hududlari, ayniqsa Samarqand va Buxoro viloyatlarida ham provayder va operatorlar sonining barqaror o’sishi kuzatilmoqda.





    Download 6,4 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24




    Download 6,4 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    TA’lim vazirligi buxoro davlat universiteti «Fizika – matematika» fakul’teti

    Download 6,4 Mb.